1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozma manbalar
- O’zbekiston tarixini yaratish va o’rganishdagi asosiy manbalar
Moddiy manbalar:
1. Mehnat qurollari. 2. Harbiy qurol-yarog’lar. 3. Tanga pullar. 4. Uy-joylar, qabrlar. 5. Uy-ro’zg’or buyumlari: idish-tovoqlar va boshqalar. 6. Devoriy tasvirlar. 7. G’al’alar, shaharlar va boshqalar. Yozma manbalar: 1. Yozuv belgilari. 2. Toshga yozilgan bitiklar. 3. Teriga, qog’ozga yozilgan ma’lumotlar. 4. Xalqlar hayoti, yuz bergan voqyea va hodisalar haqida yozilgan kitoblar. 5. Davlat boshliqlarining yozma shakldagi farmonlari. 6. Yer, qimmatbaho narsalarni in’om qilish, meros qoldirish, sotib olish bo’yicha rasmiylashtirilgan hujjatlar. 7. Arxivlar. 8. Yordamchi manbalar (esdaliklar, xotiralar, kundaliklar). O’zbekiston tarixini yaratish va o’rganishdagi asosiy manbalar: 1. Arxeologik, etnografik, numizmatik manba va materiallar, yozma manbalar – «Avesto», «mixxat, fors yozuvlari, qadimgi yunon, xitoy, hind, rim va vizantiya tarixchilarining asarlari. 2. Ulug’ ajdodlarimiz – buyuk allomalar va dono mutafakkirlar, tarixchilar, shoirlar, yozuvchilar qoldirgan asarlar. 3. Turli hujjatxonalarda saqlanayotgan qo’lyozma asarlar, hujjatlar, ashyolar. 4. Kutubxonalarda saqlanayotgan yozma kitoblar, ilmiy, badiiy, memuar asarlar, darsliklar, qo’lyozmalar, risolalar, to’plamlar. 5. Muzeylarda saqlanayotgan ko’rgazma zallari hujjatlari, birinchi navbatda arxeologiyaga oid qazilma yodgorliklari. 6. Muzey-shaharlar, tarixiy obidalar, yodgorliklar. 7. Kino, fono, foto hujjatlar va hokazolar. -IV- O’zbekiston tarixi yoshlarga xalqimizning o’tmishi, tarixi haqida bilim bilan chegaralanib qolmaydi, u yoshlarni vatanparvar, ma’naviy jihatdan komil fuqaro etib tarbiyalashga xizmat qiladi. O’zbekiston tarixi fani oldida turgan asosiy vazifa quyidagilardan iboratdir: - Birinchidan, yoshlarga va bo’lajak mutaxassis kadrlarga chuqur milliy va umuminsoniy tarixiy, g’oyaviy-siyosiy, ilmiy-nazariy dunyoqarashni singdirish. - Ikkinchidan, yoshlarga milliy tafakkur, g’urur va milliy vijdon va umuminsoniy barkamollikni tarbiyalash. - Uchinchidan, yoshlarga otashin vatanparvarlik va harbiy jasoratni, millat va Vatanga sadoqatni tarbiyalash. - To’rtinchidan, yoshlarga milliy va tarixiy qadriyatlarni e’zozlash, asrab-avaylash ruhini singdirish, ularda yuksak axloqiy fazilatlarni tarbiyalash. - Beshinchidan, yoshlarni Vatan va xalq, millat, ota-ona, farzand, tabiat va jamiyat oldidagi muqaddas burchlarni chuqur his etish va ularni sadoqat ruhida tarbiyalash. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling