1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari


Download 4.8 Kb.
Pdf ko'rish
bet8/163
Sana20.11.2023
Hajmi4.8 Kb.
#1789355
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163
Bog'liq
7vwar-04dm8

O’rta paleolit
 
   – m.a. 100-40 ming yilliklar. Bu davr qadimgi tosh asrining
muhim va ajralmas qismi hisoblanadi. Mamlakatimiz hududida o’rta paleolit davri,
avvalo, odamlar qiyofasining o’zgarishi, neandertallarning vujudga kelishi bilan
farqlanadi. Ularning peshonasi va jaq tishlari bo’rtib chiqmagan, miyasi kattaroq
bo’lgan, tik yura olgan. Bu davrga oid dastlabki yodgorlik Boysun tog’idagi
Teshiktosh (Surxondaryo) g’or makoni 1938 yilda A.Okladnikov tomonidan ochilgan
edi. Teshiktosh g’or makonining topilmalari nafaqat O’zbekiston, balki butun dunyo
arxeologiya fanida mashhurdir. Bu g’or makondan 3000 ga yaqin tosh qurollar
topilgan. Teshiktosh g’or makonining yuqori qatlamlaridan 9 yashar bolaning skelet
suyaklari topilgan.
O’rta Osiyo hududlarida tadqiqotchilar tomonidan olib borilgan bir qancha
izlanishlar natijasida o’rta paleolit davriga doir ko’plab makonlar aniqlandi. Jumladan,
Omonqo’ton, Qo’tirbuloq va Zirabuloq (Samarqand viloyati), Qorabura (Vaxsh
vohasi), Jarqo’rg’on va Og’zokichik (Tojikiston), Qo’lbuloq, Obirahmat va
Xo’jakent (Toshkent viloyati), Tossor va Qopchig’ay (Qirg’iziston) kabi ko’plab
makonlar o’rta paleolit davriga oid bo’lib, ularning jami 300 ga yaqinlashib qoladi.
O’rta paleolit davri odamlari ishqalash orqali sun’iy olov chiqarishni kashf
etganlar, gulxanda pishirilgan mazali va to’yimli go’sht iste’mol qilishga, yirtqich
hayvonlarni olov bilan qo’rqitishga erishganlar. Olovni bilib olish odamlar hayotida,
ularning hayvonlar ustidan hukmronlik qilishida katta ahamiyatga ega bo’lgan. G’or va
ung’urlarni o’zlashtirish, o’choq yasab uning atrofida to’planish va nihoyat jamoa
bo’lib ov qilish uslublari paydo bo’ladi.
So’nggi paleolit – m.a. 40-12 ming yilliklar. Bu davr yodgorliklari o’rta paleolit
yodgorliklariga nisbatan kamroq o’rganilgan. Hozirgi kunga qadar O’rta Osiyoda bu
davrga oid 30 dan ziyod makonlar ochilgan. Samarqand (shaharning o’zida),

Download 4.8 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   163




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling