1-mavzu: O’zbekiston tarixi fanining predmeti, uni o’rganishning nazariy-metodologik asoslari
Download 4.8 Kb. Pdf ko'rish
|
7vwar-04dm8
Chust, Amirobod yodgorliklaridir.
Bronza davrining xo’jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri qadimgi dehqonchilikning keng yoyilishi va m.a. 2 ming yillikda dehqonchilikdan chorvachilikning ajralib chiqishidir. Bu tarixiy jarayon kishilik jamiyati taraqqiyotidagi birinchi yirik mehnat taqsimoti edi. Bu davrda ishlab chiqarishda hukmronlik qilish erkaklar qo’liga o’tadi va ona urug’i tizimi o’rnini m.a. 3 ming yillik o’rtalariga kelib ota urug’i – patriarxat davri boshlanadi. Patriarxat – insoniyat rivojining shunday bosqichidirki, unda erkak kishi jamiyat hayotida yetakchi mavqyega ega bo’lib, qarindoshlik munosabatlari ham ota tomonga qarab belgilangan. Bronza davriga kelib, odamlar kulolchilik charxi va g’ildirakni kashf etdi. Shu tariqa harakatlanish vositalari ham vujudga keldi. Bu davrda jamiyat hayotidagi sodir bo’lgan turli taraqqiyot jarayonlari – kishilik tarixida muhim bosqich bo’lgan davlatchilikning paydo bo’lishi va rivojlanishi uchun ulkan ahamiyat kasb etdi. 6) TEMIR DAVRI – m.a. 1-ming yillikning avvalidan boshlanadi. Temirdan birinchi bo’lib Kichik Osiyodagi xettlar foydalana boshlaganlar (m.a. XIV-XIII asrlar), keyinroq ularga qo’shni bo’lgan ikki daryo oralig’i, Eron, Kavkazorti mamlakatlarining aholisi ham foydalanganlar. M.a. 1-minginchi yillarning boshlari (IX-VIII asrlar)da ajdodlarimiz temirdan mehnat qurollari, qurol-yarog’lar, bezakli buyumlar yasashni o’zlashtirganlar va temirdan foydalanish keng tarqaldi. O’rta Osiyoda ko’chmanchi chorvador qabilalarning ajralib chiqishi yuz berdi. Temirning kashf qilinishi hunarmandchilikni yanada yuqori pog’onaga ko’tardi. Ikkinchi yirik mehnat taqsimoti amalga oshdi, ya’ni hunarmandchilik dehqonchilik va chorvachilikdan ajralib chiqdi. Temir davrida kulolchilik charxi, naqsh bilan bezatilgan sopol buyumlar keng tarqaldi, metallga ishlov berish rivojlandi. Xonadonlarda ip yigirish va matolar to’qish, kiyim tikish tobora kengayib bordi. Uy-joy qurilish birmuncha yaxshilandi. 10-20 tadan xonasi bo’lgan katta maydonli uylar qurilishi bilan birga, g’ishtdan, sinchdan alohida bir oilaga mo’ljallangan uylar qurish keng tarqaldi. -IV- Ajdodlarimiz hayotidagi dastlabki diniy e’tiqodlar va marosimlar urug’chilik jamiyatida paydo bo’lgan. O’zbekiston insonlarda ilk bor diniy tasavvurlar va aqidalar paydo bo’lgan eng qadimgi o’lkalardan biri hisoblanadi. Neolit davrining oxirlariga kelib animizm, totemizm, fetishizm, sehrgarlik (magiya) va shamanizm singari ibtidoiy din shakllari tarqaldi. Download 4.8 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling