h.k.) joni, ya’ni ruhi mavjud. Yer, olov, o’rmon, suv, tog’ va uy «ruh»larining kelib
chiqishi ham shundan. Daraxtga topinish ramzi sifatida «hayot daraxti»
mavzusi
O’zbekiston xalq hunarmanchiligida muhim o’rin tutadi. So’nggi bronza va temir davri
boshlarida inson ruhi o’lmaydi, balki narigi dunyoda yashashda davom etadi, degan
tasavvur vujudga keldi.
TOTEMIZM. Totemizm – hayvonlar va o’simliklarni e’tiqod obyektiga aylanishi
natijasida keng tarqalgan diniy tasavvurlarning yig’indisidir. Bu tasavvurlarga ko’ra
hayvonlar, o’simliklar
va boshqalarning bir xillari totem (hindu. – urug’chilik
tuzumining ilk davrida hayvon va o’simliklar turiga yoki
jonsiz tabiat narsalariga
topinish) deyilgan. Ibtidoiy xalqlarda o’z qabilalariga
asos solgan deb hisoblangan
hayvon yoki o’simliklarga e’tiqod qilish, topinish; totemni o’ldirish, iste’mol qilish
taqiqlangan; hayvon, o’simlik va baliq nomi bilan yuritilgan qabilalarning totem shakli
solingan ramzi bo’lgan.
FETISHIZM. Fetish (portugal, fransuz) – yasalgan tumor, sehrli narsa; jonsiz
narsalarni g’ayritabiiy xususiyatga ega deb ishonish va ularga topinish, sajda qilish.
Fetishizmning ko’rinishlaridan biri turli xil buyumlardan
yasaladigan tumor taqish
odatidir.
MAGIYA. Magiya (yunon.) – sehrgarlik; odamning o’zini g’ayritabiiy kuchlarga
ta’sir ko’rsata olish qobiliyatiga asoslangan ish amallari. Sehrgarlik (magiya) turlicha
bo’lib,
davolash, biror odamni «isitish» yo «sovitish»,
dehqonchilik,
chorvachilik
sohalari, hatto ob-havoga ta’sir ko’rsatish kabi ko’rinishlari ma’lum bo’lgan.
Ko’zminchoq, tumor yordamida yomon ko’zlardan,
balo-qazolardan asrashga oid
sehrgarlik ham shunga kiradi. Sehrgarlikning ba’zi shakllari hozir ham uchrab turadi:
Qur’oni karim oyatlari yozilgan tumor, duo matni tushirilgan ko’zminchoq va h.k.
Do'stlaringiz bilan baham: