1-mavzu. O‘zbekiston tarixini davrlashtirish masalalari. (2 soat) Reja


Download 67.11 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/3
Sana03.12.2023
Hajmi67.11 Kb.
#1800201
1   2   3
Bog'liq
1-maruza

hukmronligi davri. Xronoligik jihatdan XIX asrning o‘rtalaridan 1991 yilgacha 
bo‘lgan davrni o‘z ichiga olgan bu davr mustamlakachilik davri va sovet davri 
bosqichlariga bo‘linadi. Birinchi bosqichda chorizm bosqinchiligi tufayli O‘rta 
Osiyo Rossiyaning xom-ashyo bazasiga aylanib, bu hududlarga rus kapitali jadallik 
bilan kirib keldi, mahalliy ishlab chiqarish va hunarmandchilikka putur yetdi, milliy-
madaniy qadriyatlarga e’tibor berilmadi, natijada milliy ozodlik haraklari avj olib 
jadid namoyondalari rahnamoligida milliy ma’rifparvarlik g‘oyalari yoyildi. 
Ikkinchi bosqichda, dastavval milliy mustaqilliq uchun qurolli va g‘oyaviy kurashlar 
avj olgan bo‘lsa-da, ular beayov bostirilib, jamiyat taraqqiyoti kommunistik 
mafkuraga bo‘ysundirildi, mulkchilikda davlat monopoliyasi ustunlik qildi, “o‘z 
taqdirini o‘zi belgilaydigan xalqlar” va sovet respublikalari amalda “markaz” 
manfaatlariga bo‘ysundirildi. 
5. O‘zbekistonning mustaqillik va milliy istiqlol davri. Respublikamiz 
Birinchi Prezidenti Islom Karimov mustaqillik davrida mamlakatimiz hayotining 
barcha sohalarida amalga oshirilgan ulkan o‘zgarishlarni, respublika aholisining 
serg‘ayrat va fidokorona mehnati tufayli qo‘oga kiritilgan katta yutuq va natijalarni, 
ularning mohiyati va ahamiyatini hisobga olib mustaqil taraqqiyot ikki bosqichga 
bo‘linishini ilmiy-nazariy jihatdan asoslab berdi. Birinchi bosqich 1991-2000 


yillarni o‘z ichiga olib, bu davrda mustaqillikning mustahkam poydevori bunyod 
etilib, “o‘zbek modeli” asosida ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyot sari yo‘l tutildi, 
O‘zbekiston jahon hamjamiyati tomonidan tan olindi, milliy istiqlol mafkurasi 
jamiyat hayotida keng kirib bordi.
2001-2007 yillarni o‘z ichiga olgan ikkinchi bosqich, I.Karimov ta’biri bilan 
aytganda, “fan demokratik yangilanishlar va mamlakatni modernizatsiya qilish davri 
esa iqtisodiyotimizni barqaror rivojlantirish, siyosiy hayotimizni, qonunchilik, sud-
huquq tizimi va ijtimoiy gumanitar sohalarni izchil isloh qilishni ta’minlashda 
g‘oyat muhim rol o‘ynagan davr bo‘ldi”. 2007 yildan keyingi davr esa davlat 
hokimiyati va boshqaruvini demokratlashtirish, sud huquqi va axborot sohalarini 
isloh qilish, saylov huquqi erkinligini ta’minlash, fuqarolik institutlarini 
rivojlantirish, bozor islohotlarini va iqtisodiyotni liberallashtirishni yanada 
chuqurlashtirish davri bo‘lib qoldi.
Ta’kidlash lozimki, taklif etilayotgan ushbu davrlashtirish bu mavzuni 
yakunlamaydi. Tarix fanini o‘qitish borasida dolzarb bo‘lib turgan davrlashtirish 
masalalari hali jiddiy bahs-munozaralarga sabab bo‘lishi tabiiydir. Ammo, bu 
yo‘nalishda aniq konsepsiya ishlab chiqilib, o‘quv jarayoniga joriy etilishi davr 
talabidir. 

Download 67.11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling