1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Download 0.61 Mb.
bet32/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

9-MAVZU:TABIAT VA INSON

2007-yil 16-oktabr kuni O’zbekiston musulmonlari idorasi majlislar zalida «Islom madaniyatida tabiat va inson, poklik va salomatlik masalalari» mavzuida xalqaro konferentsiya bo’lib o’tdi. Ushbu konferentsiya «EKOSAN» xalqaro tashkiloti, O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari bo’yicha qo’mita, O’zbekiston musulmonlari idorasi hamda Toshkent Islom universiteti hamkorligida tashkil etildi.


Konferentsiya ishida O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati a’zolari va Qonunchilik palatasi deputatlari, Vazirlar Mahkamasi vakillari, O’zbekiston musulmonlari idorasi rahbariyati, jamoat tashkilotlari, ilmiy muassasalar vakillari, qator xorijiy mamlakatlarning O’zbekistondagi elchixonalari hamda Xalqaro tashkilotlarning rahbar va vakillari, Toshkent shahrining diniy ulamolari ishtirok etdilar.
Tadbirda Islom ta’limotining tabiat va inson, poklik va salomatlik masalalaridagi ajdodlarimizning boy ijtimoiy-falsafiy merosidan keng foydalangan holda uning insonparvarlik va ma’rifatparvarlik tamoyillari, aholi o’rtasida tabiat boyliklarini oqilona tasarruf etish, har xil kasalliklarning oldini olish, sanitariya va gigiyena, sog’lom turmush tarzi g’oyalarini targ’ib qilish, kishilar o’rtasida ekologik ong va tafakkurni shakllantirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda so’zga chiqqan O’zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Usmonxon Alemov konferentsiya ishtirokchilarini mazkur konferentsiyaga tashrifi uchun samimiy minnatdorchilik izhor etib, ushbu anjumanni o’tkazish g’oyasini tashkillashtirgan «EKOSAN» xalqaro tashkiloti rahbarlarini qo’llab quvvatlab, bugungi kunda ekologik muammo biror bir tashkilot yoki idoralarga tegishli muammo emas, balki u umuminsoniy, xalqaro muammo bo’lib, uni faqat kuchlarni birlashtirib, hamjihatlikda hal qilish mumkinligini aytdi. Xalqimizning ekologik madaniyatini oshirish, yoshlarimizda atrof muhitga bo’lgan ijobiy munosabatni shakllantirishda muqaddas Islom dinimiz qadriyatlaridan samarali foydalanish kerakligini ta’kidladi. Zero Islom dini ta’limotida borliqdagi har bir yaratilgan narsaga nisbatan yaxshi munosabatda bo’lish, ularni avaylab asrash, ortiqcha isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik alohida ta’kidlangandir. Dinda barcha ne’matlar olloh tamonidan yaratilganligi va ularning hisob kitobi borligi va har bir ne’mat haqida odam farzandidan so’ralishi kabi mas’uliyatlar inson zimmasiga yuklanadi.
Bu haqda muqaddas Qur’oni Karim va Payg’ambar alayhis-salom hadislarida ko’plab ko’rsatma va tavsiyalar berilgan. Chunki borliqdagi biror bir narsa cheksiz emas. Balki yaratilgan har bir narsaning o’lchovi va me’yori bordir. Bunga ushbu oyat ham dalil bo’la oladi: «Odamlar orasida shunday kimsa ham borki... (Oldingizdan) ketganida yerda fitna-fasod, ekin va naslni halok qilish ishlari bilan yuradi. Olloh esa fitna-fasodni (buzg’unchilikni) yoqtirmaydi» (Baqara, 204-205 oyatlar).
Shuningdek muftiy hazratlari olloh bergan ne’matlarni o’z o’rnida to’g’ri va tejab foydalanish, isrofgarchilikka yo’l qo’ymaslik muqaddas dinimizning bosh g’oyalaridan ekanligani ta’kidlab o’tdi.
Tadbir davomida so’zga chiqqanlar joylardagi aholini ekalogik madaniyatini oshirish, tozalik, poklik va salomatlikni kundalik hayotimizning uzviy bir qismiga aylantirib, ona zaminga, suvga va boshqa jonli va jonsiz mavjudotlarga munosabatni yanada yaxshilash va atrof muhitni pokiza tutish kerak ekanligini ta’kidlab o’tdilar.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling