1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Download 0.61 Mb.
bet30/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

QARINDOSHLAR DAVRASIDA
Qarindoshlar davrasida o’tirish naqadar maroqli,odam qarindoshlari davrasida o’zini erkin his qiladi. Mening qarindoshlarim tog’olarim, amakilarim, ammalarim, xolalarim va eng asosiysi bular mening bobom va bibimlardir. “Qarisi bor uyning parisi bor” deb bekorga aytilmaydi.Qari odamlarning duosi olamni asraydi.Qarindoshlarimiz bizning qondoshlarimiz ular bilan barcha bayramlarni, tug’ilgan kunlarni turli xil shodiyonalarini birga o’tkazamiz. Masalan tug’ilgan kun uchun yozilgan katta dasturxonda ya’ni dasturxon atrofida hammamiz birga o’tiramiz uyning to’rida qariyalar bobolarimiz, buvilarimiz ular yonida amakilarimiz, tog’olarimiz, xola-ammalarimiz keyin esa nabiralar yoshlar o’tiradi. Dasturxonda esa turli nozu-ne’matlar bo’ladi.Odam yolg’izlikda o’zini naqadar yomon his etadi.Og’ir kunlarida unga tayanch bo’luvchi yordam beruvchi insonlar bu qarindoshlarimizdir.Har doim nimadirni boshlamoqchi bo’lsak albatta ular bilan maslahatlashib ulardan to’g’ri maslahatlar olamiz.Ota,onamiz bizning eng yaqin qarindoshlarimizdir. Ularning qarindoshlari ham bizning qarindoshlarimiz.Biz ularni yaxshi ko’ramiz va ular bilan faxrlanamiz.
1.Qarindoshlarimiz orasida eng ulug’lari kimlar?
2.Mening eng yaqin qarindoshlarim…
Ota-ona ikki so’z
Biri qoshu biri ko’z
Bib-biridan himmatli
Mehri daryo ummatli
Ular o’zini o’ylamas
Farzandi sog’ bo’lsa bas!
Bozorga tushdim, arzon bo’ladimi?
Q:Oyijon,bugun dam olish kuni,o’zingiz aytgan edingizku,dam olish kuni bozorga tushib ul-bul xarid qilamiz deb. Boramizmi?
O:Ha,qizim hozir sumkamni olay ketamiz.
Q:Oyi mana bu yerdan kartoshka sotib olaylik
O:Xo’p qizim olaman, kartoshkangiz qancha turadi?
S:900 so’m
O:Arzonroq qilmaysizmi?
S:Necha kilo sotib olasiz?
O:4kg olaman,kelishtirib bering.
S:Xo’p,opajon 800 so’mdan beraman,bundan arzon qilolmayman.
O:Xo’p bera qoling.
Shu payt qiz onasiga aytdi!
Q:Oyijon bozorga odamni uyatga qo’yib,sotuvchi bilan bahs qilasiz,nima 100so’m uchun shunchami?
O: Yo’q, qizim, sen adashyapsan gap pulida emas. Eskidan qolgan gap, bozorga tushganda har bir odam narsani savdolashib olsang, barakali bo’ladi, agar savdolashmasang olgan narsang barakasiz bo’ladi.
Q: Ha, endi tushundim! Endi men ham qachon nima xarid qilsam ham savdolashib barakali narsani xarid qilaman!
Q-qizi
O-oyisi
S-sotuvchi

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling