1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Ekologiya, tabiat muhofazasi va inson salomatligi


Download 0.61 Mb.
bet33/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

Ekologiya, tabiat muhofazasi va inson salomatligi
Bizning mamlakatimizda tabiatni muhofaza qilish va uning boyliklaridan oqilona foydalanish borasida 1992-yil 9-dekabrda Oliy Kengash sessiyasida "Tabiatni muhofaza qilish to’g’risida"gi Qonun qabul qilindi va O’zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida alohida qayd etildi.
Ma’lumki, Oliy Majlisning beshinchi sessiyasida atrof-muhitni va tabiatni muhofaza qilish qo’mitasi taqdim etgan O’zbekiston Respublikasi tabiatni muhofaza qilish qo’mitasining Nizomi tasdiqlandi. Ushbu hujjatda bozor iqtisodiyotiga o’tilayotgan hamda Orol dengizining qurishi va hamma yerda havo, tuproq, suvning ifloslanishi sababli atrof-muhit va aholi salomatligi uchun nihoyatda xatarli vaziyat vujudga kelgan bugungi kunda tabiatni muhofaza qilishga oid faoliyatning asosiy tamoyillari belgilab berilgan.
Olimlarimizning ta’kidlashicha, inson ham tabiatning bir qismi bo’lib, kishilar bilan tabiat orasida o’zaro uzviy bog’liqlik mavjud. Ularning fikricha, tabiatga bo’layotgan tashqi ta’sirning ham o’z chegarasi va normasi bo’lishi kerak. Agar tabiatga bo’lgan ta’sir uzluksiz va ortiqcha bo’lsa, tabiat bilan inson orasidagi mavjud muvozanat buziladi, bu esa qator salbiy holatlarga olib keladi. Ma’lumki, tabiat boyliklari cheksiz va behisob emas. Bu narsa ulardan o’rinli va bir me’yorda foydalanishni taqozo etadi. Masalan, Orol dengizining qurishi, noto’g’ri, noo’rin qo’llanilgan gerbitsid, pestitsidlarning va boshqa zaharli kimyoviy moddalar, biosferaning asosiy qismlari bo’lgan havo, tuproq va suvlarning yomonlashib va ifloslanib borishi xo’jalikka, o’simliklar, hayvonot, insonlar salomatligiga zararlidir.
Keyingi yillarda Bo’stonliq, Zomin, Baxmal, Shohimardon, Boysun, Parkent va boshqa mintaqalardagi dam olish maskanlari, ko’l va daryolar havzalaridagi oromgohlar, mehnatkashlar salomatligini tiklaydigan joylarda ham ekologik ahvol ancha yomonlashdi, dam oladigan o’rmon, milliy park va sohillar payhon qilinib, suv, nabotot, hayvonot olamiga putur yetkazildi va yetkazilmoqda.

Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling