1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Download 0.61 Mb.
bet60/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

SHIFOKORGA SHE’R
Kumush ignalarga jonga-jon ulab,
Ne-ne dardlilarga bo’ldingiz darmon.
Quyosh chehrangizdan bahra olar qalb
Sizdan shifo topib yashar bearmon.
Shuncha saxiy qalbni oldingiz qaydan?
Qaydan shuncha mehr,shuncha zukkolik?
Hayotbaxsh etdingiz insonga zotan
Shundandir muhabbat,otash buyuklik.
Qulog’ingiz tinglar o’pkam qalbimni,
Ko’zingiz mehr-la boqar ko’zimga
Yeldek sovurdingiz,og’riq-dardimni,
Qay bir xizmatingiz sig’sin so’zimga!
Faqat ayta olaman ey hayot qadri
Aziz-u buloqdek tiniq,bokira
Dilingiz xush ursine to dunyo qadar,
Barchaga baxt berib hormang sira.


23-mavzu: «Huquq va burch»
Og‘zaki nutq o‘stirish 1-mashq.
Konstitutsiya – baxtimiz qomusi



2-mashq. O‘z huquq va burchingizni bilasizmi? Mavzusida bahs-munozora tashkil qiling.


II-topshiriq. Savol va topshiriqlar:
1. Talabalarning huquq va burchlariga nimalar kiradi?
2. Davlat (Konstitutsiyaviy) huquq nimalardan iborat?
3. Oilaviy huquqqa nimalar kiradi?
4. Fuqoralarning burchlarini sanab bering?
5. Talabalar oldiga qanday burchlar quyilgan?
6. Majbriyatlar nimalarda iborat.

2-topshiriq. «Huquq va uning qanday turlari mavjud» mavzusidagi savollarga javob bering.


1. Ma’muriy huquq nimalardan iborat?
2. Davlat huquqiga qaysilar kiradi?
3. Oila huquqi qanday turlarga ajratiladi?
4. Mehnat huquqi nimalardan iborat?
5. Fuqoralik huquqini sharhlab bering.
6. Jinoyat huquqi deganda nimalarni tushunasiz?

3-mashq. 1-topshiriq. «Huquqiy demokratik davlat» matnini ifodali o‘qing. Huqukiy demokratik davlat belgilarini sharhlang.


Huquqiy-demokratik davlat
Huquqiy davlat birinchi navbatda davlat suverenligini huquqiy jihatdan asoslab beradi. Respublikamiz Prezidenti huquqiy davlatga ta’rif berib: «SHunday jamiyatgina O‘zbekiston xalqining munosib turmushini, uning huquqlari va erkinligini kafolatlashi, milliy an’analar va madaniyat qayta tiklanishini, shaxs sifatidainsonning ma’naviy-axloqiy kamol topishini ta’minlashi mumkin», - degan edi.
Huquqiy davlat o‘ziga xos belgilariga ega. Birinchidan, bu davlat hokimiyatining barcha organlari faqәt xalq irodasini ifodalaydigan qonunga bo‘ysinadi. Avvalgi yakka hokimlik tizimi o‘rniga ko‘ppartiyaviylik, g‘oyalar va fikrlar xilma-xilligi hamda qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi, sud hokimiyati vakolatlari belgilanishi qaror topadi.
Ikkinchidan, huquqiy davlatda barcha fuqoralar qonun oldida teng bo‘ladilar. Qonunning ustivorligi ta’minlanadi. Qonunni barcha fuqarolar hurmat qqilishi va unga rioya etishi zarur. Qonunning ustvorligi shuni bildiradiki, barcha ijtimoiy munosabatlar faqat qonun bilan tartibga solinadi, uning qatnashchilari esa hech bir istisnosiz huquq qonunlarini buzganligi uchun javobgar bo‘ladi.
Uchinchidan, fuqoralarning huquq va erkinliklari kafolatlanadi. Buning ma’nosi shuki, huqukiy davlatda fuqoralarning huquq va erkinliklari dahlsizdir. Fuqoralar bilan davlat o‘zaro huquqlari va burchlari orqali uzviy bog‘liqdir. O‘z navbatida fuqoralarning xatti-harakati ham boshqa fuqoralarning, davlat va jamiyatning qonuniy manfaatlariga qarshi bo‘lmasligi kerak.
To‘rtinchidan, fuqoralar davlat oldida javoblar bo‘lganidek, davlat ham fuqoralar oldida javobgar bo‘lishi ta’minlanadi. YA’ni huquqiy davlatda, O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 2-moddasida ta’kidlanganidek, «Davlat organlari va mansabdor shaxslar jamiyat va fuqoralar oldida ma’suldir». Demak, fuqarolar manfaatining ustunligi qonun bilan kafolatlangan.
Beshinchidan, huquqiy madaniyatning yuqori darajada bo‘lishi huquqiy davlatning asosiy shartlaridan biridir. Hukuqiy davlatni barpo etishda har bir insonning huquqiy jihatdan madaniyatli bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Huquqiy madaniyat burchga safoqat va burchni ongli ravishda samarali bajarishdan kelib chiqadi. Huquqiy qoidalar odamlar ongiga singan va ularni hayotga to‘g‘ri tadbiq qilingandagina ro‘yobga chikadi.
1. Quyidagicha savol-javoblar tashkil qilinadi:
1. Huquqiy demokratik davlat deganimiz nima?
2. Huquqiy davlatning asosiy shartlari nimalardan iborat.
3. Huquqiy davlatda qonun ustivorligi qanday bo‘ladi?
4. Qonun ustivorligiga erishish uchun nimalarni amalga oshirish lozim.
5. Fuqoralar manfaatining o‘stinligi nima bilan kafolatlangan.
6. Huquqiy davlatning asosiy shartlari nimalardan iborat bo‘lmag‘i kerak?
7. Huquqiy madaniyat nima?
II. YOzma nutq o‘stirish. 4-mashq. 1-topshiriq. Fuqoralarning Konstitutsiya va qonun oldidagi burichlari ilmiy matnini ifodali o‘qing va guruhlarga ajratib o‘z burchlaringizni yozma bayon qiling.
1. Burch – bu nima? Burch – bu ado etilishi, bajarilishi majburiy bo‘lgan vazifa, majburiyat demakdir.
2. Konstitutsiya va qonunlarda fuqoralar qanday burchlarni bajarishi belgilab qyayilgan?
- Konstitutsiyaning 47-moddasida: «Barcha fuqoralar Konstitutsiyada belgilab quyilgan burchlarni bajaradilar deyiladi. CHunki, barcha sadoqat, hurmat, itoatkorlik kishining huquqiy ongini, huquqiy madaniyatini belgilaydi.
3. 1-guruh: Talabalar oldida qanday burchlar qo‘yilganligini «Talabalar ustavi»da ko‘rsatilganidek yozing va tushuntiring.
4. 2-guruh: Maktab va Oliy o‘quv yurtlarida o‘qituvchi va talabalar orasidagi burchlarni sanab ko‘rsating.
5. 3-guruh: Oilada ota-ona va farzand o‘rtasida qanday burchlar belgilab quyilgan?
6. 4-guruh: Oliy o‘quv yurtlarida «Ustoz-shogird» o‘rtasida qanday munosabatlar bo‘lishi lozim va h.o.

2-topshiriq. O‘zbekiston xalqining tarixiy, ma’daniy, ma’naviy, merosini asrash burchlariga nimalar kiradi? Quyidagi savollarga yozma javob qaytaring.


1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 49-moddasida tarixiy merosimizni avaylab asrash bo‘yicha qanday fuqoralik burchlari belgilab qo‘yilgan?


2. Ma’naviy merosimiz ya’ni xalqimizning urf-odatlari, udumlari, bayramlari, edgorliklarini avaylab-asrash bo‘yicha qanday ishlar amalga oshirilmoqda.
3. Tabiat va uning boyliklarini avaylab-asrash bo‘yicha Respublikamizda qanday salbiy harakatlar amalga oshirilayotganligini yozma ravishda sharhlang.
5-mashq. Konstitutsiyaning 52-moddasida: «O‘xbekiston Respublikasini himoya qilish – O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi ilmiy ommabop uslubda yoziladi. Ilmiy matnlarda muayyan sohaga oid muammolar ya’ni bir soha va bir yo‘nalishdagi muammolar tahlil qilinadi. SHu bois ham bu uslubda tildan foydalanish imkoniyatlari chegaralangan bo‘ladi. Ilmiy ommabop uslub asosan, fikriy aniqlik, mantiqiy izchillik, ob’ektivlik, ixchamlik, qisqalik,kitobiylik, mukammallik, individuallik kabilarni talab qiladi. SHuningdek har bir sohaning o‘ziga xos ilmiy ommabop so‘z va terminlariga ega bo‘ladi. Ayniqsa, ixtisoslikka oid leksika ajralib turadi. Ixtisoslikka oid so‘zlarni nutqda to‘g‘ri tanlash va qo‘lllash ham nutq madaniyatining, ham kasbiy bilimdonlikning muhim shartlaridan biridir. Ixtisoslik leksikasini egallashning muhim tomonlaridan biri shu sohoga oid so‘z va atamalarni chuqur egallashdan iborat.
Ilmiy-ommabop uslubda bayon etilayotgan matnning sintaktik qurilishi fikriy tugallikka, mantiqiy izchillikka xizmat qiladi. Gaplar darak mazmunida bo‘lib, tuzilishiga ko‘ra odatdagi tartibda qo‘llanadi. Undov va atov gaplar qo‘llanmaydi, nutq monologik xarakatlarda bo‘ladi.
Ilmiy uslubda ot-kesimlar, qaratqich-qaralmishli birikmalar ko‘p qo‘llaniladi. Kesim gap markazi bo‘lib, u tasdiq, inkor, zamon, mayl, shaxs-son ma’nolarini, hukumni ifodalab keladi, gapning boshqa bo‘laklarini o‘z atrofida birlashtiradi.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   56   57   58   59   60   61   62   63   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling