1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan


Ki bu sur erur olam afro`z ham


Download 0.61 Mb.
bet73/90
Sana21.04.2023
Hajmi0.61 Mb.
#1368343
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90
Bog'liq
Узбек тили

Ki bu sur erur olam afro`z ham,
Xususan erur fasli Navro`z ham…
Bu bayram qanchalik qadimiy qadriyatlarimizdan biri bo`lgani haqida taniqli jurnalist Shomuhiddin Mansurov “Siyovush” sarlavhali maqolasida shunday yozadi: “Islom dini xayolda bo`lmagan, Budda hali “tug`ilmagan” davrlarda Ko`histon deb atalgan hozirgi Markaziy Osiyo hududida mavjud bo`lgan bitiklar – “Bundaxishi”da uning nomi Siyovaxsh, “Avesto”da esa Siyovarshan shaklida keltiriladi”. Muallif bu ma`lumotlar Buxoroning Narshax qishlog`ida tug`ilgan Abu Bakr Muhammad ibn Ja`far ibn Zakariyo ibn Xattob ibn Sharik an-Narshaxiyning 943-944 yillarda arab tilida yozilgan “Buxoro tarixi” kitobidan olinganini ta`kidlar ekan, Siyovush bundan to`rt ming yillar ilgari yashab o`tganligini, demak xalqimiz Navro`zni to`rt ming yildan buyon nishonlayotganini asoslaydi. “Xalq Siyovushni mangulikka, mangulikni esa Navro`zga qiyos qiladi,– deb yozadi muallif.– Navro`z xalq sevgan qahramonlarni mangu yodda qoldirgan bo`lsa, o`z navbatida, xalq qahramonlari Navro`zni mangulikka daxldor bayramga aylantirdilar”.
Kezi kelganda taassuf bilan aytish joizki, sobiq mustabid tuzum davrida ko`plab toptalgan qadriyatlarimiz qatori Navro`z ham ta`qiqlangani hali ko`pchilikning yodidan chiqqani yo`q. Shunday og`ir damlarda davlatimiz rahbari Islom Karimov tashabbusi va qat`iy sa`y-harakatlari bilan 1990 yil 2 mayda “Navro`z xalq bayramini o`tkazish yakunlari to`g`risida“gi tarixiy hujjat imzolandi. Unda avvalo Navro`zning tiklangani, buni yurtimizning butun aholisi mamnuniyat bilan ma`qullab, ko`tarinki ruhda kutib olgani bayon qilingan. Shundan buyon mamlakatimizda har yili 21 mart – Navro`z bayrami sifatida keng nishonlanmoqda. Demakki, Navro`z bayrami ham yurtimizda istiqlol quyoshi porlagan onlardayoq qaytadan chiroy ochdi. U bugun hayotga muhabbat ramzi sifatida ardoqlanadi. Bahor chechaklarini qanotida olib kelgan Humo qushi misol yurt kezganida olam o`zgacha munavvar bo`lganini dildan his etmagan kishi topilmasa kerak.
O`zbekiston milliy entsiklopediyasida ham bu kun haqida keng yoritilgan. Ya`ni, Navro`z bahorning teng kunligi – quyoshning hamal burjiga kirishiga to`g`ri keladi. Uni bayram qilish dastlab o`troq dehqonlarda rasm bo`lgan, keyinchalik ular orqali yarim o`troq va ko`chmanchi turkiy xalqlarning ham urf-odatlariga aylangan. Sobiq sovet tuzumi Navro`zni diniy marosimlar qatorida ta`qiqlagan bo`lsa-da, u xalqimiz ma`naviy hayotidan oziqlanib, boyib, mukammallashib boraverdi.
Navro`z bayrami butun yurtimizda keng nishonlanishi boqiy an`anaga aylanib qoldi. Navro`z bayramiga payvasta xalq marosimlari, urf-odat va an`analari milliy tuyg`ularimizni yanada jo`sh urdiradi. Navro`z bayrami kuni shaharu qishloqlarimizda xalq sayilga chiqishini kuzatsangiz dilingiz yayraydi. Shundoq dorilomon kunlarga yetkazgani uchun yaratganga shukronalar aytasiz.
Har yili Navro`z bayrami oldidan tevarak-atrofimizni hashar yo`li bilan obodonlashtirish va ko`kalamzorlashtirish ham o`ziga xos an`anaga aylangan. Bu yil ham ana shunday umumxalq hashari o`ziga xos ko`tarinki ruhda o`tdi. Ayniqsa, poytaxt shahrimiz ko`cha va xiyobonlari, maydonlari, istirohat bog`lariga bahor nasimi kelgani ayon bilindi. Minglab tup gul, mevali va manzarali daraxt ko`chatlari ekildi.
Bugun qaysiki mahalla ko`chasiga qadam ranjida qilmang, gulga burkangan dov-daraxtlarni ko`rib dilingiz yayraydi. Ular ertangi farovonlik, fayzli-barakali hayotdan darak berayotganga o`xshaydi. Mamlakatimizda barkamol avlod kamolga yetgan sayin orzu daraxtlari ham ulg`ayib borayotganini his etasiz. Zotan, bu qutlug` bayram oliy o`quv yurtlarida qanchalik shodiyonalar bilan nishonlanishini ta`riflashga til ojiz. Go`yo shu lahzalarda Navro`z aynan barkamol avlodni ma`nan kamolga yetkazuvchi bayramga aylangandek!
Bayramlar eng qadimiy davrlardan boshlab inson hayotining eng muhim va tarkibiy qismiga aylangan. Ularsiz insoniyat hayotini mutlaqo tasavvur qilib bo’lmaydi.Bayramlar xalq hayotining eng yaxshi va go’zal tomonlarini aks ettiruvchi ko’zgudir. Bayramlar insoniyat hayotida shu qadar mustahkam o’rin egallaganki, ularni nishonlamaydigan hech bir shaxs, oila, jamoa topilmaydi. Shuningdek, har bir millat va elat, xalqning o’z taraqqiyot tarixi jarayonida shakllangan bayramlari mavjud. O’rta Osiyo xalqlari, jumladan, o’zbek xalqining ham eng qadimiy davrlardan shakllana boshlagan, asrlar bo’yi avloddan avlodga o’tib, kamol topib, bebaho merosga aylangan bayramlari ko’p. Bu bayramlarning ma’lum qismi turli sabablar tufayli yo’qotilgan, ayrim bayramlar esa qarama-qarshiliklarni yengib, ko’pgina fazilatlardan ajralsada, butunlay yo’qolib ketmagan, yana boshqalari esa xalq hayotida mustahkam o’rin olib, bizning zamonamizgacha yetib kelgan. O’zbek xalqining bayramlari qon-qardosh xalqlarning tarixiy - madaniy aloqalari jarayonida shakllangan va rivoj topgan, boshqa xalqlar bayramlariga ta’sir etgan va o’z navbatida qarama-qarshiliklar, to’siqlarni yengib, boshqa xalqlar tajribasi bilan boyib kelgan uzoq tarixga ega.
Inson tabiatning tarkibiy qismi va farzandi sifatida vujudga kelgan va rivojlangan. Shu sababli insoniyatning eng qadimiy an'analari va bayramlari bevosita tabiat, undagi o’zgarishlar, yil fasllari va mehnat jarayoni bilan uzviy bog’liq bo’lgan. Hozirgi davrda ham insonlarda tabiatga oid bayramlarga tobora qiziqish yanada oshayotganligini sezish mumkin. Tabiat qonunlariga ko’ra, unda muntazam o’zgarish, yangilanish bo’lib turadi: nimadir vujudga keladi, nimadir rivojlanadi va o’z vazifasini o’tab bo’lgan hodisalar asta-sekin yo’qola boshlaydi. Bu qonuniyat barcha xalqlar bayramlariga ham tegishlidir.
Xalq og`zaki badiiy ijodini o`rganuvchi fan fol’klorshunoslik yoki fol’kloristika deb yuritiladi.
Fol’klorni o`rganish tarixi unga nisbatan faqat ilmiy maqsadlarda yondoshilganlikni kuzatish bilan cheklanmaydi, balki insoniyat tafakkuri taraqqiyotida unga turlicha munosabatda bo`lgan ilm-fan va madaniyat arboblarining adabiy qiziqishlarini ham hisobga olishni taqozo etadi. Shu ma`noda fol’klorshunoslik asoslari qadimgi dunyo estetik tafakkuriga borib taqaladi. Qadimgi dunyo sayyohlari va tarixchilarining afsona va rivoyatlar, turli urf-odat va marosimlar haqidagi qaydlari, yozuvchi va bastakorlarning fol’klor to`g`risidagi ilk fikrlari fol’klorshunoslik uchun muhimdir. Fol’klor namunalarini yozib olishdagi birinchi tajribalar XI asrdan boshlab ko`zga tashlanadi. Mashhur Qoshg`ariyning «Devonu lug`atu-turk» asaridagi fol’klor namunalari bunga misoldir.



Download 0.61 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   69   70   71   72   73   74   75   76   ...   90




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling