1-mavzu: O’zbekiston yagona vatan
Frazeologiya. Turg’un so’z birikmalari
Download 0.61 Mb.
|
Узбек тили
Frazeologiya. Turg’un so’z birikmalari
Iboralar Ikki yoki undan ortiq so`zning turg’un birikma hosil qilib ko`chma ma’noda qo`llanilishiga ibora (frazeologik birikma – turg’un so`z birikmasi) deyiladi. Iboralar tilshunoslikning frazeologiya bo`limida o`rganiladi. Iboralarning lug’aviy ma’nosi odatda bitta so`zga teng bo`ladi va so`zlar kabi lug’aviy birlik hisoblanadi. Masalan: Ko`zi tushdi (ko`rdi); yog’ tushsa yalagudek (toza); dumini tugib qo`ymoq; xafsalasi pir bo`lmoq. Tasviriy ifodalar Biror narsani o`z nomi bilan atamasdan obrazli tarzda ifodalashga tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifodalar, asosan, badiiy va publisistik uslublarda keng qo`llaniladi. Masalan: dala malikasi (makkajo`xori); oq oltin (paxta); o`rmon malikasi (archa); dehqonning qanoti (texnika). Ba’zi tasviriy ifodalar ikki narsani nomini bildirsa, ba’zi narsalar ikkita tasviriy vosita bilan ifodalanadi: aql gimnastikasi (matematika; shaxmat); qora oltin (neft; toshko`mir); zangori ekran - oynai jahon (televizor); Quyidagi iboralar ishtirokida gaplar tuzing va ma’nosini izohlang. Bevaqt qishqirgan xo’rozday- Egasizitgao’ngkelgantoshotadi- Og’rimagan boshni og’ritish- Tilning suyagi bo’lmaydi- Ilm olish igna bilan quduq qazish- Hech bir istagi yerda qolmadi- Na qulog’iga gap kiradi, na ko’ziga odam ko’rinadi- Suvda baliqday suzmoq. Tirnoqdan kir izlamoq Dunyonisuvbosib, o’tolsahamegriningegriligiochiladi. Oldidan o’tmoq. Yo’lida qurbon bo’lmoq. O’lim changalidan olmoq. Unga-bunga nazar salmoq. Boshi osmonga yetmoq. Yuragiga qil sig’maslik. Uyqu tutqich bermaslik. Odam daryoday oqmoq. Ko’zning yog’ini emoq. Miridan sirigacha bilmoq. Sirkasi suv ko’tarmaydigan. Pichoq borib suyakka qadalmoq. Jondan to’yib ketmoq. Rosa po’stagini qoqmoq. Jonni fido qilmoq. 26.Ko’ngil chigilini yozmoq. 27. Nog’orasiga o’ynatmoq. 28. Oshig’i olchi bo’lmoq. 29. Jilovini qo’lida tutmoq. 30. Oyningo’nbeshiqorong’u, o’nbeshiyorug’. Savollar: 1. Frazeologiyadeganimiznima? 2. Iboralargamisolayting. 3. Tasviriyifodadeganimiznima? 4. Tasviriyifodalargamisolayting. Topshiriq: M.Ulug’bekmavzusidainshoyozish Download 0.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling