1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Ulgurji farmasevtik tashkilotlar faoliyati. Dorixona omborxonalarida tovarlar harakatini tashkil qilish
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Ulgurji farmasevtik tashkilotlar faoliyati. Dorixona omborxonalarida tovarlar harakatini tashkil qilish
Dorixona tovarlarini tarqatish tizimida ulgurji vositachilarning asosiy vakili ulgurji savdo tashkilotlari hisoblanadi. Yevropa Hamjamiyati komissiya kengashining 1992-yil 31-mart-dagi direktivasi «Inson uchun dori vositalarini ulgurji sotish qoidalari»da dori vositalarini aholiga berishdan tashqari, sotib olish, saqlash, ta’minlash va eksport qilish bilan bog‘liq bo‘lgan jarayonlarning barchasi dori vositalarining ulgmji savdosini belgi- laydi. Ulgurji sotuvchilar ma’lum geografik ko‘lam aholisining talablarini qondirish uchun kerakli dori vositalari assorti- mentining mavjudligi bilan hamda izohlanganjoyga qisqa muddatda talab qilingan dori vositalarini yetkazishga kafolat berishi kerak. Hozirgi vaqtda qator rivojlangan mamlakatlarda ulgurji sotish amaliyotining qoidalari (GDP — Good Distribution Practice) mavjud. Ushbu hujjatda tovar harakatining har bir bosqichida dori vositalari sifatini, qayd qilinishini, saqlash talablarini bajara oladigan, yetkazib berish kafolatini va boshqalarni ta’minlab beradigan tegishli ulguji savdoning asosiy negizlari belgilangan. Ushbu hujjat dori vositalarining ulgurji savdosi bilan shug‘ulla- nuvchi xodimning bilim darajasi va tajribasiga qo‘yilgan talablarni ham o‘z ichiga olgan. Ulguiji sotish jarayonida zarur bo‘lgan asosiy hujjatlar sanab o‘tilgan bo‘lib, ular dori vositalarining harakatini aks ettiruvchi, turli xil logistik jarayonlarini izohlay- digan buyurtmalar, yo‘riqnomalardir. O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2002-yil 16-dekabrdagi 547-buyrug‘i bilan tasdiqlangan ulgurji standart (O‘St TST 42-03:2002)ga binoan, dori vositalari ulgurji savdo korxonalariga O‘zbekiston Respublikasining «Dori vositalari va farmatsevtika faoliyati to‘g‘risida»gi Qonuni talablari asosida dori vositalari ulgurji savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlar kiradi. Tovar harakatining kanallari (logistik kanallar)ning asosiy qismini ulgurji savdo tashkilotlari tashkil etadi. Ulgurji savdoni amalga oshirishda quyidagi vazifalar ko‘zda tutilib, rejalashtiriladi: tovar zaxiralarini ko‘paytirish va saqlash; dori vositalari ishlab chiqaruvchilaridan keladigan moddiy oqimni oxirgi iste’molchilar uchun tovar oqimiga qaytadan tuzish; dori vositalarining yuklash hajmini yiriklashtirish; servis sifatini yaxshilash. Ulgurji savdo korxona-tashkilotlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish litsenziyasiga ega bo‘lgan ishlab chiqaruvchilardan, boshqa ulgurji savdo korxona va tashki- lotlaridan hamda o‘rnatilgan tartib asosida ro‘yxatga olingan chet el firmalaridan yetkazib beriladigan dori vositalarini sotib olish huquqiga ega. Ulgurji savdo korxonalari xususiy farmatsevtika amaliyoti bilan shug‘ullanish litsenziyasiga ega bo‘lgan boshqa ulgurji savdo korxonalariga, ishlab chiqarish maqsadi uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarga, dorixona muassasalariga dori vositala- rini sotishi mumkin. Faqat o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olingan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiyena ashyolari O‘zbekiston Respublikasi hududida sotilishi mumkin. Dori vositalari bilan ulgmji savdoni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan o‘rnatilgan tartibga ko‘ra, ma’lum faoliyat turiga berilgan litsenziya asosida amalga oshirish mumkin. Litsenziya, uni bergan organ haqidagi ma’lumot tanishib chiqishga qulay joyda o‘rnatilgan bo‘lishi kerak. Ulgurji savdo korxonasi tovar harakatining asosiy vazifasini, mustaqil ravishda yoki distributerning bo‘linmalari sifatida faoliyat ko‘rsatadigan dorixona omborlari bajaradi. Omborxonalar kelib tushgan tovarlarni qabul qilish, joylashtirish va saqlash qoidalariga rioya qilgan holda iste’molchilarga berish uchun mo‘ljallangan bo‘ladi. Dorixona omborining asosiy vazifasiga: dorixona, davolash- profilaktika muassasalari va boshqa tashkilotlarga sifati va amaldagi qonunchilikning hamma talablariga javob beradigan dori vositalari, tibbiy buyumlar, dorixona jihozlari hamda inventarlarni qabul qilish, saqlash va berish kiradi. Dorixona ombori asosiy vazifalariga muvofiq, quyidagi funk- siyalarni bajaradi: ta’minotchilar bilan shartnomalarni tuzish; dorixona assortimentiga mos tovarlar va tibbiyot buyumlarini sotib olish; da’vo va izlanish ishlarini olib borish; iste’molchilar tomonidan shartnoma majburiyatlari bajarilishini nazorat qilish; dori vositalari va tibbiyot buyumlarini ishlab chiqaruvchilardan sifati, miqdori va qiymati bo‘yicha qabul qilishni amalga oshirish; dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fizik-kimyoviy xusu- siyatlari hamda DF talablarini hisobga olgan holda ularning saqlanishini tashkil qilish; farmatsevtik, parafarmatsevtik va boshqa tovarlarni hisobga olish hamda berish tartibiga qat’iyan rioya qilishni tashkil qiladi. Dorixona omboriga qo‘yilgan farmatsevtik talablar tegishli tarmoq standartida belgilangan. Dorixona ombori bajarilayotgan ish hajmiga, sanitariya- gigiyena qoidalariga, yong‘inga qarshi, boyliklarni saqlash talab- larigajavob beradigan sharoitda joylanishi kerak. Omborxona alohida turadigan binoda (bino tizimining ijara huquqida yoki boshqa huquqlar asosida qonunchilikka zid keltirmagan holda) joylashishi mumkin. U yerda suv bilan ta’minlanish, oqova tarmog‘iga ulanish, issiqlik, havoni tortib ketadigan ventilatsiya qurilmalari mavjud bo‘lishi shart. Tashqarida tashkiliy-huquqiy shakli, korxona nomi,joylashgan o‘rni (yuridik manzili) va ish tartibi yozilishi kerak. Dorixona ombori dori vositalari va tibbiyot buyumlarini fizik- kimyoviy, farmakologik, toksikologik xususiyatlariga asosan saqlash hamda tegishli butligini hamda dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifatini standart talablarini hisobga olgan holda ta’minlab beruvchi ajratilgan va maxsus jihozlangan binolarga ega bo‘lishi kerak. Omborxonada alohida kirish yo‘li, tovarlarni qabul qilish uchun ajratilgan joy bo‘lishi kerak. Agar omborxona ko‘p qavatli uylarda joylashgan bo‘lsa, tovarni ortish yoki tushirish xonadonlarning derazasi tagida amalga oshirishga ruxsat etilmaydi. Tibbiyot yoki dorixona sifatida xizmat qiluvchi binolarda mayda ulgurji ombor joylashganda ma’muriy-maishiy xonalar umumiy bo‘lishi mumkin. Omborxona xonalari bajariladigan funksiyalariga qarab, uzviy qabul qilish, saqlash, buyurtmalarni jamlash va tovarlarni berish ishlari funksional bog‘liq bo‘lishi lozim. Omborxona xonalarining maydoni, saqlanishi ko‘zda tutilgan tovarlar hajmiga mos kelishi lozim bo‘lib, 150 m2.dan kam bo‘lmasligi lozim: tovarlarni qabul qilishjoyi; tibbiyotda ishlatiladigan tovarlar va dori vositalarini saqlash joyi; maxsus saqlash sharoitini talab qiluvchi dori vositalarini saqlash xonalari; ekspeditsiya (jo‘natish)joyi. Ma’muriy-maishiy xonalarning umumiy maydoni xodimlar- ning soniga bog‘liq, lekin amaldagi me’yorlar va qoidalarga binoan, 34 m2.dan kam bo‘lmasligi kerak. Dorixona ombori baja- radigan funksiyalaridan kelib chiqib, tegishli jihoz va inven- tarlar bilan ta’minlanishi lozim. Dorixona omborida bo‘lishi lozim bo‘lgan jihozlarning tax- miniy ro‘yxati: stellajlar, tagliklar, tovar tagliklari, tovarosti moslama- lari; sovitgich kameralari; yukni yuklash-tushirish mexanizatsiya vositalari; havo ko‘rsatkichlarini rasmiylashtiruvchi asboblar; yog‘och va metall shkaflar (seyflar); ishchi stol va stullar; maxsus va ustki kiyim-bosh hamda poyabzal saqlovchi alohida shkaflar; sanitar holatni saqlash uchun inventar va dezinfeksiyalovchi vositalar. Saqlash xonalarining soni alohida xonalarda saqlashni talab qiluvchi dori vositalari guruhlariga qarab belgilanadi. Odatda, omborxonaning ish hajmi qancha bo‘lishidan qat’i nazar, quyidagi saqlash bo‘limlari bo‘lishi ko‘zda tutiladi: quruq dori vositalari, suyuq dori vositalari, tayyor dori vositalari, sanita- riya-gigiyena tovarlari, bog‘lov materiallari, zaharli va giyohvand dori vositalari (agar ularni saqlash uchun alohida litsenziya bo‘lsa). Bundan tashqari, dorixona omborida dori vositalarini qadoqlash va o‘rabjoylash, yordamchi bo‘limlari, transport bo‘limi va h.k. tashkil qilinishi mumkin. Moliyaviy ishlarni bajarish uchun buxgalteriya, iqtisodiy rejalashtirish bo‘limi ham ko‘zda tutiladi. Dorixona omborlarida boshqa soha omborlaridan farqli ravishda, asosan, oliy farmatsevtik va o‘rta maxsus ma’lumotli malakali xodimlar ishlashi talab etiladi. Dorixona ombori xodimlarining soni ular bajaradigan ish hajmi (savdo hajmi)ga asosan belgilanadi. Dorixona omborida tovarlar harakati quyidagi logistic jarayonlardan iborat: tovar qabul qilish, sifat nazorati, saqlash joylarigajoylashtirish, saqlash bo‘limlaridan tovarlarni berish. Omborxonada tovarlarni saqlash ishlari amaldagi tarmoq standarti va boshqa me’yoriy-texnik hujjatlar asosida olib boriladi. Qabul qilish bo‘limi boshqa xonalardan alohida bo‘lishi, lekin asosiy dori vositalari saqlash xonalari bilan uzviy bog‘liq bo‘lishi lozim. Dorixona omborida kelib tushgan tovarlarni qabul qilish va tegishli bo‘limlarga berishni amalga oshirish maqsadida kamida uch kishidan iborat qabul hay’ati tashkil etiladi. Qabul hay’ati raisi qabul bo‘limi boshlig‘i, kichik ish hajmiga ega omborlarda esa dorixona ombori mudiri hisoblanadi. Qabul qilish hay^ati tarkibiga bo‘lim mudirlari, tovar qabul qilishga tegishli boshqa shaxslar ham kirishi mumkin. Ba’zi hollarda hay’at tarkibiga mutaxassis-ekspertlar yoki betaraf tashkilot vakillari kiritilishi mumkin. Qabul qilishda ishtirok etuvchi shaxslar dori vositalarining son va sifat jihatdan qabul qilish qoidalarini, tibbiyotda ishla- tiladigan tovarlarni yuborishning asosiy hamda alohida sharoit- larini, dori vositalari fizik-kimyoviy xossalarini, dori turlarini ishlab chiqarish shakllarini, narx-navo va boshqalarni yaxshi bilishi majburiydir. Dorixona omboriga zaharli yoki giyohvandlik vositalari kelishi bilan darhol zaharli va giyohvand dori vositalari saqlash bo‘limiga topshiriladi. Ularning son jihatidan va kuzatuv hujjatlariga mosligi omborxona mudiri tomonidan tekshiriladi. Qabul qilish bo‘limida tovarlar qaysi bo‘limga tegishli bo‘lsa, shu bo‘lim mudir (o‘rinbosar)lari ishtirokida ochib ko‘riladi, lozim bo‘lgan taqdirda betaraf tashkilot vakili yukni qabul qilishda ishtirok etish huquqini beruvchi hujjat asosida qatnashadi. Tovarlarni yetkazib berish shartnoma asosida amalga oshiriladi. Dori vositalarini amaldagi reglamentlari asosida ulgurji va chakana dorixona tarmoqlari orqali sotishda quyidagi hujjjatlar bo‘lishi talab etiladi: muvofiqlik sertifikati yoki muvofiqlik bo‘yicha deklaratsiya; muvofiqlik sertifikatining asl nusxasi egasi tomonidan, notarius yoki sertifikat bergan tovarlarni sertifikatlashtirish idorasi tomonidan tasdiqlangan ko‘chirma nusxasi; tovar-kuzatuv hujjatlari (hisob-faktura) ishlab chiqaruvchi yoki ta’minotchi (sotuvchi) tomonidan rasmiylashtirilgan bo‘lib hamda har bir tovar nomi bo‘yicha o‘rnatilgan talablarga ular muvofiqligi haqida ma’lumotlar; muvofiqlik sertifikati raqami va uning amal qilish mud- dati; sertifikat bergan idora yoki muvofiqlik bo‘yicha deklaratsiya qayd qilingan raqami va uning amal qilish muddati; deklaratsiyani qabul qilgan ishlab chiqaruvchi yoki ta’mi- notchi (sotuvchi)ning nomi va qayd qilgan idora. Barcha hujjat nusxasi ishlab chiqaruvchi (ta’minotchi, sotuv- chi)ning imzo va muhri bilan manzili hamda telefonlari ko‘rsa- tilgan holda tasdiqlangan bo‘lishi lozim. Dori vositalarini qabul qilishdan oldin ularning yaroqlilik muddatiga e’tibor berish lozim. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling