1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Download 497.44 Kb.
bet1/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org


1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi. O‘zbekiston respublikasida sog‘liqni saqlash ishlari va farmats evtika xizmatini rivojlantirish asoslar

1-mavzu. O‘ZBEKISTONDA FARMATSEVTIKA RIVOJLANISHINING QISQACHA TARIXI . O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOG‘LIQNI SAQLASH ISHLARI VA FARMATS EVTIKA XIZMATINI RIVOJLANTIRISH ASOSLAR

Qadimgi tibbiyot adabiyotlariga ko‘ra, davolash muassa-salarida dorilarni tayyorlash bo‘yicha maxsus laboratoriya (dori- xonalar) mavjud bo‘lganligi azaldan ma’lum. Ular Qadimgi Misr, Xitoy va Hindistonda davolash muassasalarida eramizdan bir necha asr ilgari tahlil ishlarini olib borishgan.


Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, birinchi mustaqil davlat tomo-nidan cheklangan dorixona 754-yili Bag‘dod shahrida ochilgan. Bunday dorixonalar keyinchalik boshqa davlatlarda ham paydo bo‘la boshladi, jumladan, XI asrda Ispaniyaning Kordova va Toledo shaharlarida, XIII—XIV asrlarda esa Puza va Tallin shaharlarida bunday dorixonalar ochildi. Hozirgi O‘zbekiston hududida va umuman, O‘rta Osiyoda qadimdan tibbiyot muassasalarida, dorixona-laboratoriyalarida bemorlar uchun dorilar tayyorlanganligi ma’lum. Bular to‘g‘ri- sida qadimiy qo‘lyozmalarda ma’lumotlar bor va arxeologik qazilmalar materiallari ham buni to‘liq tasdiqlaydi. Alohida ta’kidlash lozimki, G‘azna (X asr), Samarqand (XI asr), Hirot (XV asr), Buxoro (XVII asr) shaharlaridagi shifoxonalarda dorixonalar bo‘lganligi yozib qoldirilgan.
O‘z davrining taniqli tabiblaridan bo‘lgan Abu Hamid an- Naxshabiy Hirot shifoxonasida ishlab, dori moddalarining ta’sirini chuqur va har tomonlama o‘rgangan. U o‘z ma’lumotlarini umumlashtirib, Abu Rayhon Beruniy bilan mingdan ortiq dorivor o‘simliklar va mineral moddalar xossalarini aks ettirgan «Kitob as-Saydana fit tib» kitobini yaratdi. 1670-yili Buxoro xoni Subhonqulixon «Dor ush-shifo» shifo- xonasini qurdirgan. Xonning o‘zi tez-tez u yerga kelib, bemor- larni ko‘rgan holda ularga davolashni belgilardi. U yoz paytlarida uchraydigan oshqozon-ichak kasalliklarining oldini olish uchun kunjut (kundut) ishlatishni tatbiq etdi. Demak, bu yerda labo- ratoriya yoki dorixona bo‘lgan va dorilar tayyorlab, dori vosita- larini saqlashgan.
Bekobod shahri atrofidagi Munchoqtepa qo‘rg‘oni tekshiril- ganda, o‘z tarkibida simob saqlovchi yarimsuyuq holatdagi malham solingan shisha idish topilgan. Ma’lumki, sharq taboba- tida turli malhamlar keng qo‘llanilgan.
1983-yili O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Buxoro arxeologik ekspeditsiyasi olimlari guruhi shahardan 50 km uzoqda joylashgan Paykend qadimiy qal’a xarobalarida XIII asrga mansub bo‘lgan bir imoratni topadilarki, u hamma ko‘rsatkichlari bo‘yicha o‘sha paytdagi dorixonani eslatadi. Bu markaziy xona va ikki laboratoriyadan iborat bo‘lib, u yerdan turli shisha, sopol idishlar, mumli shisha idishlar, dumaloq tubli idishlar, qaysiki, yonida yana teshik naylar chiqqan, sferakon idishlar va boshqalar topilgan.
Tibbiyot ravnaqiga Aristotel, Gippokrat, Galen va o‘z davri- ning mashhur olim va tabiblari qatori, jahon fani, xususan, tabobat ilmi taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shgan Markaziy Osiyo tuprog‘idan yetishib chiqqan, vatandosh allomalarimizdan biri Abu Ali ibn Sinodir.
Ibn Sinoning tabobatdagi xizmatlari buyuk- dir. U o‘z asarlarida eng qadimgi fanlardan biri bo‘lgan tib- biyotning o‘zidan oldingi ming yillik taraqqiyotiga yakun yasabgina qolmay, uni yangi, yuqori bosqichga ko‘tardi, o‘z kuzatuvlari bilan boyitdi, hatto bu fanning keyingi asrlarda erishgan bir qancha yutuqlarini oldindan ko‘ra bildi. Ibn Sinoning tabobat va dorishunoslikka oid eng yirik shohasari
«Tib qonunlari» kitobi hisoblanadi. Uzoq vaqt mobaynida tibbiyot fanining mufassal qomusi hisoblangan bu asarda inson sog‘lig‘i va kasalliklariga oid barcha masalalar mantiqiy tartibda to‘la bayon qilingan.«Tib qonunlari» asari anatomiya, fiziologiya, patologiya, terapiya, farmatsiya, gigiyena va boshqa masalalarni o‘z ichiga oladi. Besh jiidli bu kitobning ikkitasi oddiy va murakkab dorilar to‘g‘risida bo‘lib, Ibn Sino 758 ta o‘simliklar, hayvonotlar va minerallardan dori vositalari tayyorlash, saqlash va ishlatilishini to‘liq va batalsil bayon qilgan. Ibn Sinoning bu asari Yevropada5 asr mobaynida, har bir shifokorning ish joyida, ularningmehnat faoliyati uchun zarur va kerakli bo‘lgan o‘quv-amaliyot quroli bo‘lib xizmat
qilgan.
Ibn Sinoning fikriga ko‘ra, har bir dorida o‘zining ta’sir etish xususiyati bo‘lib, bu xususiyat odam organizmida o‘zgarishga uchraydi. Bunda Ibn Sino o‘sha zamondagi dorilar haqidagi nazariy tushunchaga asoslangan. O‘rta asrlarda dorilarning xususiyati va ta’siri nazariy jihatdan quyidagicha tushunilgan: har bir dori qabul qilingandan so‘ng inson tanasida undagi tug‘ma harorat ta’sirida faollashadi. Undagi quvvat potensiali holatidan kinetic holatga o‘tadi. Shundan keyingina Ibn Sino dori ta’sirini sinab ko‘rish kerakligini ta’kidlaydi. Ibn Sino zamonida dorilar o‘simliklar va hayvon a’zolaridan olingan. Uning o‘zi ham, asosan, shu uch manbani ko‘rsatgan. U o‘simliklardan olinadigan dorilarga ko‘proq ahamiyat bergan. Ularni qay vaqtda yig‘ish, qanday sharoitda quritish, saqlash va ishlatish usullarini to‘liq bayon qilgan. X asrning oxiri — XI asrning boshlarida Xorazmdagi siyosiy barqarorlik, iqtisodiy va ijtimoiy yuksalish, ilm ahliga hurmat- e’tibor, mehr-muruvvat o‘sha davrning eng mashhur va ko‘zga ko‘ringan olimlarini Gurganchda to‘pladi.
Abul Abbos Ma’mun ibn Ma’mun taxtga o‘tirgach, Xorazm shohlar saroyidagi ilmiy an’analarni davom ettirib, olimlarga alohida e’tibor bilan qaradi va ilmiy tadqiqotlar olib boorish uchun keng imkoniyatlar yaratib berdi. Manbalarda Ma’mun saroyida olimlarning katta guruhi to‘planganligi va Xorazmshoh ularga homiylik qilgani e’tirof etilgan.
Shu tariqa 1004-yildan boshlab, Gurganchda «Dor ul-hikma va maorif» (ba’zi bir manbalarda «Majlisi ulamo») nomini olgan ilmiy muassasa to‘la shakllangan va bu ilmiy muassasada xuddi Afinadagi «Platon», Bag‘doddagi «Bayt ul-hikmat» akademiyasi faoliyatiga o‘xshab, ilmning barcha sohalarida tadqiqot va izlanishlar olib borilgan va juda ko‘p manbalar to‘plangan, tarjimonlik ishlari bajarilgan, Al-Xorazmiy, Al-Farg‘oniylarning o‘lmas asarlari ilmiy ishlaridan foydalanilgan holda tadqiq qilingan. XVIII—XX asrlarning tarixchi olimlari tomonidan ilmiy muas- sasa har tomonlama o‘rganilgan va faoliyati nuqtayi nazaridan, bu dargoh o‘z davrining akademiyasi bo‘lganligi isbotlangan va unga «Ma’mun akademiyasi» deb nom berilgan.
Bu akademiyaning asosini quyidagi olimlar tashkil etgan: Abu Nasr Mansur ibn Ali ibn Iroq al-Jadiy, Abu Rayhon Beruniy, Abu Ali ibn Sino, Ahmad ibn Muhammad as- Sahriy, Abu Abdulloh Mahammad ibn Hamid al-Xorazmiy va boshqalar. Ma’mun akademiyasida lalakiyot, matematika, tabobat, kimyo, dorishunoslik,jug‘roliya, mineralogiya kabi fanlar bilan birga, ijtimoiy fanlar ham rivojlangani yaxshi ma’lum.
Xorazmshoh saroyidagi olimlar shuhrati o‘z davrida uzoq o‘lkalarga tarqalgan. Bu esa Mahmud G‘aznaviyning g‘ashiga tekkan. U uyushtugan suiqasd natijasida 1017-yilning bahorida Ma’mun o‘ldirilgan va u Xorazmga bostirib kirgan. Katta qiig‘m va talon-tarojliklar natijasida Xorazm Ma’mun akademiyasi faoliyati ham tugatilib, o‘lkaning rivojlanishi yana eski holatiga qaytadi.
Bu akademiyaning ishlarini faqat respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng yana tiklanib, rivojlantirish imkoniyati tug‘ildi. Davlatimizning birinchi Prezidenti insoniyat tarixida ilk akademiya- lardan biri — Ma’mun akademiyasini qaytadan tashkil etish taklifini e’lon qildi. Hozirgi kunda akademiya Xorazm vohasi uchun muhim sanalgan yer-suv resurslaridan oqilona va samarali foydalanish usullariga, ekologiya holatini yaxshilashga qaratilgan ilmiy tavsiyalar, ishlanmalar yaratish va boshqa yo‘nalishlar bo‘yicha keng ilmiy ishlarni amalga oshirmoqda. 2006-yilda jahon ahli Ma’mun akademiyasining nufuzli xalqaro tashkilot UNESKO tomonidan 1000 yilligi keng ko‘lamda nishonladi.
Revolutsiyaga qadar, Turkiston o‘lkasida tibbiyot xodimlari dorixona va davolash muassasalari yo‘q bo‘lgani uchun davolash ishlari bilan, asosan, tabiblar, kinnachilar, folbinlar va boshqalar shug‘ullanar yoki kichik jarrohlik muolajalari — qonni chiqarib yuborish, tishlarni sug‘urish, singan, chiqqan oyoq-qo‘llarni davolash vajoyiga tushirish kabilar amalga oshirilar edi. Eng tajribali tabiblarda kichkina dori qutisi yoki sandig‘i bo‘lib, undan bemorlarga dorivor o‘simliklardan o‘zlari tayyorlagan damlamalarni sotardilar. Masalan, Buxoro madrasasidagi Dor- ush-shifo o‘sha zamondagi tibbiyot ilmining markazi hisoblanib, unda, asosan, tabiblar o‘qitilar edi. Hakimlar sulfat va azot kislotalarini o‘zlari tayyorlab, efir moylarini atirguldan, yalpiz- dan va shivitdan haydab olardilar. Ular turli qaynatma va dam- lamalar tayyorlab, uni bemorlaiga tavsiya qilishar, undan tashqari, ular hab dori (pilula), malham va plastirlar tayyorlashni ham bilar edilar.XIX asrning 70-yillarida Turkiston Rossiya qaramog‘iga o‘tgan- dan so‘ng, bu yerlarda harbiy lazaretlar ochilib, undagi shifo- korlar mahalliy aholiga ham tibbiy yordam ko‘rsata boshladi.
1868-yilda Toshkentda harbiy lazaret (shifoxona) ochilib, u 1870-yilda 415 o‘rinli harbiy gospitalga aylantirildi. Shu vaqtda xuddi shunday gospitallar Samarqand, Farg‘ona, Andijon, Namangan shaharlarida ham ochildi. Bu gospitallar qoshida dorixonalar ham bo‘lib, ular o‘sha yerda yashovchi aholiga ham erkin ravishda dori-darmon sota boshladi.
1874-yilning mayida Toshkent shahar hokimiyati tomonidan shahar dorixonasi ochiladi. Dorixonada kambag‘al mahalliy va rus aholisiga dori-darmonlar bepul berilar edi.
1880-yili Toshkent shahrining ruslar yashaydigan qismida Turkiston o‘lkasida birinchi bo‘lib aholiga erkin holda dori sotiladigan dorixona provizor I.I. Krauze tomonidan tashkil qilindi. 1901-yilda provizor G.F. Qoplon tomonidan Toshkentda, ya’ni ruslar yashaydigan qismida erkin savdo qiluvchi dorixona ochildi. 1903-yilda esa eski shaharda uning shoxobchasi (filiali) qilib yana bir dorixona ochildi. Xuddi shu yillarda Samarqand, Qo‘qon, Buxoro, Kogon shaharlarida ham erkin savdo qiluvchi dorixonalar ochildi.
Shunday qilib, Toshkentning ruslar yashaydigan hududida 70 minglik aholiga 11 dorixona xizmat qilsa, mahalliy xalq yashaydigan hududdagi 170000 aholiga 1 ta ham erkin dorixona yo‘q edi, faqatgina 1913-yilda eski shaharda birinchi erkin savdo qiluvchi dorixona ochildi. 1917-yilga kelib, O‘zbekistonda 46 dorixona bor bo‘lib, ulardan 29 tasi shaharda va 17 tasi qishloqda faoliyat ko‘rsatgan.
Oktabr to‘ntarishidan keyin respublikamizda dorixonalar ishi asta-sekinlik bilan rivojlana bordi. 1922-yil 1-avgustda Toshkent shahrida Sog‘liqni saqlash komissariati qoshida dorixona boshqarmasi tashkil qilindi. Bu chora-tadbirlar natijasida shahar va qishloqlarda dorixonalar soni asta-sekin ko‘payib, aholini dori-darmonlar, tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash ishlari yaxshilana boshlandi.
Bu davrdagi eng dolzarb va muhim masalalardan biri — bu oliy va o‘rta farmatsevt mutaxassislarning yetishmasligidir. Shuning uchun joylarda farmatsevtlar yo‘qligi sababli, dorixonalarda feldsherlar ishlar va shunga ko‘ra, dorixonalar soni kam edi. Bu muammolarni hal qilish uchun O‘zbekistonda o‘tgan asrning 20-yillarida tibbiy ta’lim va mahalliy kadrlarni tayyorlashga asos solindi. 1918-yili Toshkentda birinchi o‘rta tibbiy bilim yurti ochildi va u O‘lka musulmonlar tibbiy maktabi deb nomlandi.
1927-yili «Farmatsevtika», «Tish texnigi» bo‘limlari, 1929-yili «Akusherlik», keyinroq «Sanitar-feldsherlik» (1935-yil), «Feldsher- laborant» (1951-yil), «Tibbiy hamshira» (1968-yil), «Hamshira ishi mutaxassisi» (1997-yil) kabi bo‘limlar ochilgan. Bu o‘quv dargohida 1927—1940-yillari 632 nafar mutaxassis tayyorlandi. Undan tashqari, 1938—1940-yillarda 112 nafar farmatsevt, ya’ni o‘rta ma’lumotli mutaxassislar tayyorlandi.
Shuningdek, oliy farmatsevtlar tayyorlash maqsadida 1937-yil 16-iyulda O‘zbekiston sog‘liqni saqlash komissariatining 155-buyrug‘i bilan Toshkent farmatsevtika instituti tashkil etildi. Urushdan keyingi yillarda respublikamizda dorixonalar tarmoqlari tez sur’atlar bilan rivojlana boshladi.
Dorixonalarni farmatsevt mutaxassislar bilan ta’minlashni yaxshilash maqsadida barcha viloyatlarda tibbiyot texnikumlari tashkil qilindi. Natijada shahar va qishloq dorixonalari yuqori malakali farmatsevt kadrlar bilan ta’minlandi. Respublika viloyatlarida, tuman va qishloqlarida yangi dorixonalar, markaziy tuman dorixonalari, shifoxonalararo dorixonalar, shifoxona qoshi- dagi dorixonalar soni ortib borib, aholi va davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari hamda tibbiy-texnika asbob- uskunalari, bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan buyumlar bilan ta’minlash ishlari yaxshi yo‘lga qo‘yildi.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling