1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Sogiiqni saqlash va farmatsevtika faoliyati xizmatini boshqaruvchi tashkilotlarning
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Sogiiqni saqlash va farmatsevtika faoliyati xizmatini boshqaruvchi tashkilotlarning
asosiy vazifalari va funksiyalari O‘zbekiston Respublikasi SSV va farmatsevtika faoliyatini amalga oshirish ishlari o‘zining ma’lum tartibdagi o‘ziga xos boshqarish tizimiga ega bo‘lib, bu tizim aholiga tibbiy yordam ko‘rsatishda va dori vositalari bilan tegishli tartibda ta’minlashda muhim o‘rinni egallaydi. Respublikada sog‘liqni saqlash tizimiga rahbarlik qilish Sog‘liqni saqlash vazirligiga yuklatilgan bo‘lib, vazirlik, asosan, quyidagi masalalarni hal etadi: aholining sog‘lig‘i va unga bog‘liq ravishda xalq xo‘jaligini va uning mudofaa faoliyatlarini yaxshilash hamda sog‘liqni saqlash ishlarini rivojlantirish; aholiga yuqori malakali va aholining hamma qatlami uchun muqobil tibbiy yordamni tashkil etish; aholining sog‘lig‘ini muhofaza qilishda, kasalliklaming oldini olish chora-tadbirlarini rivojlantirish; onalik va bolalikni muhofaza qilish; respublikada sanitariya-epidemiologiya holatining yaxshi bo‘lishini ta’minlash; aholini va davolash-profilaktika muassasalarini dori vosita- lari, virusga qarshi hamda tashxis vositalari va boshqa tibbiyotda ishlatiladigan buyumlar bilan ta’minlash; davlat rejalariga asoslanib, davolash-profilaktika muassasalari va dorixona tizimini rivojlantirish chora-tadbirlarini ko‘rish; tibbiyot va farmatsiya sohasidagi ilmiy izlanishlarni rivoj- lantirib, ularning samaradorligini oshirib, ularning sog‘liqni saqlash va farmatsiya amaliyotiga qo‘llash chora-tadbirlarini ko‘rish; tibbiyot va farmatsevt kadrlar tayyorlashni, ularning malakasini oshirish borasidagi nazariy hamda amaliyjihatdan bilimlarini yuqori saviyaga ko‘tarish; mehnatni ilmiy asosda tashkil etish, boshqarish asosida sog‘liqni saqlash muassasalarini tegishli yuqori malakali kadrlar bilan ta’minlab, aholining sog‘lig‘ini tiklashda yuqori natijalarga erishish; hukumat tomonidan sog‘liqni saqlash ishlariga ajratilgan budjet mablag‘laridan samarali foydalanib, sog‘liqni saqlash binolarini ta’mirlash va yangidan quriladiganlarini o‘z vaqtida ishga tushirish ishlarini amalga oshirish. Bu ishlarni amalga oshirish uchun ma’lum bir boshqaruv tizimi shakllangan bo‘lib, ular ma’lum boshqarma, bo‘lim va tashkilotlar orqali amalga oshiriladi. Vazirlik qoshida hayNt tashkil etilgan bo‘lib, unga sog‘liqni saqlash tizimidagi dolzarb muammolarni, vazirlikning hay’at a’zolari bilan birgalikda hal qilish vazifasi yuklatilgan. Ilmiy, amaliy, klinik va epidemiologik muammolarni muhokama qilish, ularni reja asosida amalga oshirish, tibbiyot hamda farmatsiyadagi ilmiy va amaliy ish natijalarini respublika tibbiyotiga qo‘llash hamda shu yo‘l bilan sog‘liqni saqlash sohasidagi amaliy va ilmiy yo‘nalishlarni rivojlantirish uchun vazirlik qoshida Olimlar tibbiyot ilmiy kengashi tashkil qilingan. Olimlar tibbiyot ilmiy kengashi tarkibiga jamoatchilik asosida respublikaning ko‘zga ko‘ringan yirik olimlari kiritilgan bo‘lib, ular tibbiyot va farmatsiyaga oid ilmiy yo‘nalishni rivojlantirish bilan birga, ularni sog‘liqni saqlash va farmatsiya amaliyotiga qo‘llash ishlari bilan shug‘ullanadilar. Bundan tashqari, Davolash-prolilaktika yordami ko‘rsatish bosh boshqarmasi, Onalik va bolalikni muhofaza qilish bosh boshqarmasi, Davlat sanitariya-epidemiologiya nazorati depar- tamenti, Iqtisodiyot va mablag‘ bilan ta’minlash bosh boshqar- masi, Kadrlar va o‘quv yurtlari bosh boshqarmasi, Ma’muriy xo‘jalik boshqarmasi, Nazorat inspeksiyasi, Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi, Dori vositalari siyosati markazi va boshqa bo‘limlar sog‘liqni saqlash ishlarini respublika miqyosida boshqarishda muhim vazifalarni bajaradilar. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1995-yil 25-maydagi 181-qaroriga va O‘zbekiston Respublikasi SSVning 1995-yil 2-iyundagi 250-buyrug‘iga asosan, vazirlik qoshida Dori vositalari hamda tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi tashkil etildi. SSVning Dori vositalarini va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasida Dori vositalari ekspertizasi hamda standartlash davlat markazi, farmakopeya, farmakologiya, yangi tibbiy texnikalar kabi qo‘mitalarga, giyohvandlar nazorati qo‘mitasiga, dori vositalari va tibbiy texnikani qayd etish bo‘limi hamda nazorat qilish bo‘yicha farmatsevtik inspeksiyasi mavjuddir. Dori vositalari ekspertizasi va standartlash davlat markazi qoshida: vaksina, zardob vositalari va mikrobiologik tadqiqotlar o‘tkazish laboratoriyasi; dori vositalarining sifatini nazorat qilish va standartlash laboratoriyasi; tibbiy texnika sifatini nazorat qilish laboratoriyasi; farmako-toksikologik tadqiqotlar laboratoriyasi; ilmiy-uslubiy va axborot bo‘limi tashkil etilgan. Bosh boshqarmaning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: O‘zbekiston Respublikasi korxonalarida ishlab chiqarilayotgan va import qilingan dori vositalarining sifatini nazorat qiladi; iste’molchilar va ta’minotchilar o‘rtasida dori vositalarining sifati masalasida anglashilmovchilik, kelishmovchilik va bahs bo‘lib qolgan taqdirda, dori vositalarining sifatini arbitraj tahlili o‘tkazib, oxirgi yakunlovchi xulosa beradi; O‘zbekiston Respublikasiga chet eldan sotib olib keltirila- yotgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarini Davlat ro‘yxa- tidan o‘tkazishdan avval ularning sifatini har taraflama nazorat qiladi; yangi dori vositalariga ishlab chiqilgan me’yoriy texnik hujjatlar loyihasiga xulosalar beradi; dori vositalari sifatini nazorat qilishning amalda qo‘llanilayotgan usullarini takomillashtiradi va yangi usulni ishlab chiqish bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi; yangi dori vositalarini yaratish bo‘yicha ilmiy ishlar bilan shug‘ullanadi; O‘zbekiston Respublikasi hududida ishlab chiqarilayotgan, saqlanayotgan, qo‘llanilayotgan dori vositalari va tibbiyot buyumlarining sifatini dastlabki davlat nazoratidan o‘tkazadi; eskirib qolgan dori vositalarini Davlat reyestridan chiqarish to‘g‘risida tavsiyanomalar tayyorlaydi. Bosh boshqarmaga yuklatilgan vazifalarni amalga oshirish uchun unda ekspertlar kengashi tashkil qilingan. O ‘zbekiston farmatsevtika sanoati davlat aksiyadorlik («O ‘zfarmsanoat») konserni Respublika aholisining dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojini yaxshiroq qondirish va farmatsevtika sanoatini yanada rivojlantirish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 1993-yil 2-iyundagi PF 290-sonli Farmoni asosida «O‘zfarmsanoat» Davlat aksiyadorlik konserni tashkil etilib, uning tarkibiga birqator ilmiy tekshirish institutlari va «O‘zkimyofarm» ishlab chiqarish birlashmasi kiritilishiga qaror qilindi. «O‘zfarmsanoat» konsernining asosiy vazifalari quyidagi-lardan iborat: dori vositalari yaratish va ularni ishlab chiqarishni tashkil etish, aholining davolash-profilaktika muassasalarining dori vositalariga, biologik faol moddalarga, boshqa tibbiy va sanitariya-gigiyena tovarlariga bo‘lgan ehtiyojini qondirishga oid tadbirlarniamalga oshirish; larmatsevtika sanoatini kompleks rivojlantirish, ushbu tarmoq korxonalarini hududiy jihatdan joylashtirishni takomillashtirish, tabiatni muhofaza qilish siyosatini o‘tkazish masalalari yuzasidan davlat hokimiyati va boshqaruvining respublika hamda mahalliy organlari bilan hamkorlikda ishlash; dori vositalari va ularning ishlab chiqarish texnologiyalarini yaratish sohasida O‘zbekiston Respublikasida Sog‘liqni saqlash vazirligi boshqa vazirlik va idoralar bilan birgalikda yagona ilmiy-texnika siyosatini o‘tkazish; respublikada dori vositalari ishlab chiqarishni ko‘paytirish, xorijiy sheriklar bilan ilmiy-texnikaviy va iqtisodiy hamkorlikni takomillashtirish hamda kengaytirish hisobiga ularni chetdan xarid qilishni qisqartirish dasturini ishlab chiqish va izchil amalga oshirish masalasi bilan shug‘ullanish qayd etiladi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling