1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
« 3-mavzu. Dorixona muassasalarining nomlanishi, turlari va ularni joylashtirish tartiblari
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
«
3-mavzu. Dorixona muassasalarining nomlanishi, turlari va ularni joylashtirish tartiblari O‘zbekiston Respublikasida dorixonalar dori vositalarini tay-yorlash, qadoqlash, ularning sifatini nazorat qilish, shuningdek, davolash hamda kasallikning oldini olishga mo‘ljallangan dori vositalari, tibbiy buyumlarni, sanitariya va gigiyena ashyolarini, shifobaxsh oziq-ovqatlarni, ma’danli suvlarni, davolash-kos- metika tovarlarini xarid qilish, saqlash va sotishni amalga oshi- ruvchi tibbiyot muassasasidir. Dorixona muassasalari tarkibiga dorixonalar va ularning shoxobchalari, davolash hamda kasallikning oldini olish muassasalarining dorixonalari kiradi. Dorixona shoxobchalari, qishloq shifokorlik punktlari qoshidagi dorixo- nalar, shuningdek, shifoxonalararo dorixonalar ham shu dori- xona muassasalari tarkibiga kiradi. Ayrim holatlarda dorixonalar maxsuslashtirilgan bo‘ladi, chunki maxsuslashtirilgan dorixonalar, aholini va DPMlarini yuqori sifatli faoliyatini ta’minlash xizmatiga ega bo‘ladi, max- suslashtirilgan dorixonalar quyidagi sifat ko‘rsatkichlari bilan farq qiladi:
tayyor dori vositalarining oldi-sotdi savdosi bilan shug‘ul- lanadigan maxsus tayyor dorilar bilan savdo qiluvchi dori-xonalar; ta’minoti, faoliyati, xususiyati bilan farq qiladigan mayda ulgurji savdo va shifoxonalararo dorixonalar; alohida kontingentli bemorlarga xizmat qiladigan bolalar va yoshi ulug‘ qariyalarga xizmat qiladigan geriartrik dorixonalar; sotilayotgan dorilarning maxsus guruhlariga xos dori vosi talari, dorivor o‘simliklar bilan savdo qiladigan dorixonalar,gomeopatik dorixonalar va maxsus kasallarni davolashga ixtisos lashtirilgan (teri-tanosil, ruhiy va diabet kasallar uchun) dori- xonalar; shuningdek, o‘quv ishlab chiqarish dorixonalari bo‘lishi mumkin. Aksiyadorik dorixonalari esa o‘z faoliyatlarini ko‘rsatishda tuman, shahar va qishloq hududida joylashib, aholiga dori vositalari hamda boshqa tibbiyot buyumlari savdosi bilan xizmat qiladi. Tayyor dori vositalari savdosi bilan xizmat qiladigan dori- xonalar, asosan, shahar, qishloq, poliklinikalar qoshida va boshqa joylarda tashkil qilinib, ular aholini retsept asosida yoki retseptsiz berishga ruxsat etilgan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiyena buyumlari, bog‘lov materiallari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan ashyolar bilan uzluksiz ta’minlab turadi. Bolalarga xizmat qiladigan maxsus dorixonalar, asosan, kata shaharlarda yoki viloyat markazlarida tashkil etilib, bolalar uchun ishlab chiqarilgan kichik dozada tayyorlangan dori vositalari yoki ekstemporal ravishda retsept asosida tayyorlanadigan dori vositalari bilan savdoni amalga oshiradi. Dorixonada dori tayyorlash uchun zarur dori xomashyolari (substansiyalar) va yordamchi materiallar zaxirasi bo‘lishi zarur. Shuningdek, bola- lar uchun tayyorlanadigan dori vositalari boshqa tayyorlanadigan dori vositalaridan ta’mi, rangi va tashqi ko‘rinishi bilan farq qilishi ko‘zda tutiladi. Geriatrik dorixonalar, asosan, yoshi ulug‘ insonlarga xizmat qilish uchun maxsuslashtirilgan bo‘lib, ushbu dorixonalar qariyalarni yoshi, ruhiy-fiziologik holatini e’tiborga olib, tegishli tartibda shifokorlar tomonidan yozib berilgan retseptlar asosida dori vositalari berishlari ko‘zda tutilgan. Shuningdek, ushbu dorixonalar dorilarni saqlash, ichish tartib-qoidalarini ularga aniq tushuntirib berishlari va qariyalarga dori vositalari qabul qilish bo‘yicha maslahat beruvchi markaz hisoblanadi. Geriatrik dorixonalar shu toifadagi aholini dori vositasi bilan ta’minlanayotganligini har taraflama tahlil qilib, ular uchun zarur dori vositalari va tibbiy buyumlar ehtiyojini doimo o‘rganib boradi va ularning dorixonada uzluksiz ravishda bo‘lishini ta’minlaydi. Dorivor o‘simliklar dorixonasi, odatda, yirik shaharlar va viloyat markazlarida aholini dorivor o‘simliklardan tayyor- langan dori vositalari: damlama, qaynatma holida, shifokorlar retsepti bilan va retseptsiz, har xil choylar holida, sharbatlar shaklida fitobarlarda tayyorlanib, aholi uchun foydali va nisbatan bezarar bo‘lgan dori vositalari bilan ta’minlash uchun tashkil qilinadi. Bu dorixonalar retsepturasining o‘ziga xos murakkablik tomon- lari ham mavjud, chunki ayrim yig‘malarning tarkibiga o‘nlab dorivor o‘simliklar xomashyosi kiritiladi, shuning uchun bu yig‘malarni tayyorlash belgilangan tartib asosida amalga oshirilib, farmatsevtdan o‘ziga xos bilim va mahorat talab etadi. Dorivor o‘simliklardan tayyorlangan dori vositalariga bo‘lgan aholining ehtiyojini qondirish uchun ayrim hollarda farmatsevtlar a shifokorlar hamkorligida dori vositasi choy, qaynatma, damlama yoki kokteyl shaklida dorixonaning alohida bo‘limlari va fitobarlarda tashkil qilinishi ham mumkin. Hozirgi kunda esa respublika SSV qoshidagi litsenziya hay’ati tomonidan bunday dorixona yoki bo‘limlar ochishga ruxsatnoma berilib bormoqda, chunki bunday dorixonalarning bo‘lishi aholi uchun foydali va iqtisodiy tomondan esa arzon dori shakli bo‘lib, aholi ehtiyojining dori vositalariga bo‘lgan talabini qondirishdamuhim rol o‘ynaydi. Gomeopatik vositalar muomalasini amalga oshiruvchi dori- xonalar ham maxsuslashtirilgan dorixonalar turkumiga kirib, ular ham ma’lum darajada aholini o‘ziga xos gomeopatik retseptlar asosida tayyorlangan dori vositalari bilan ta’minlashga yordam beradi. Ushbu dorixonalarni iloji boricha, geriatric bemorlarni davolash uchun tashkil qilingan maxsus davolash va davolash-profilaktika muassasalari yaqinida bo‘lishi maqsadga muvofiqdir. Gomeopatik dorixonalarda dori vositalari, asosan, tayyor dori vositalari shaklida beriladi, lekin bu xildagi dorixonalarda ham ekstremporal holda ayrim dori vositalarini tayyorlash ishlarini yo‘lga qo‘yish mumkin. Hozirgi kunda alohida maqomga ega bo‘lgan gomeopatik dorixonalar respublikamizda tashkil etilgan emas, lekin ma’lum dorixonalarda alohida gomeopatiya bo‘limi sifatida tashkil qilingan. Ta’kidlash lozimki, Toshkent farmatsevtika institutining dori turlari texnologiyasi kafedrasida ko‘plab gomeopatik dori shakllari texnologiyasi, ayniqsa, respublikamizda mavjud bo‘lgan xomashyolardan asos sifatida foydalanib, amaliyotda qo‘llash uchun tayyorlab qo‘yilgan texno-logikjarayonlar yaratilgan. O‘quv-ishlab chiqarish dorixonalari, asosan, yosh mutaxas sislarni yoki yuqori kurs talabalarini ishlab chiqarish yoki magistratura amaliyoti mashg‘ulotlarini o‘tkazish yoki farma- tsevtlarning malakasini oshirish uchun baza sifatida tashkil qilinib, shu bilan birga, aholini va DPMlarini dori vositalari va boshqa tibbiy ashyolar bilan ta’minlab turish ishlarini ham amalga oshiradi. Ushbu dorixonalarda o‘quv va amaliy mashg‘ulotlarni o‘t- kazish uchun qo‘shimcha xonalar bo‘lib, bu xonalar esa o‘quv va amaliy mashg‘ulotlar uchun zarur bo‘lgan asbob, uskuna va boshqa anjomlar bilan jihozlanadi. O‘quv-kompyuter xonalari, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga oid masofali o‘qitishga mo‘ljallangan texnika vositalari, o‘quv adabiyotlari va tegishli me’yoriy hujjatlar bilan ta’minlanishi maqsadga muvofiq. O‘quv-ishlab chiqarish dorixonalari ilmiy izlanishlar yoki ularning samarasini dorixona amaliyotiga tatbiq etishga mo‘ljal-langan holda tashkil etiladi. Shuningdek, ular talabalar va magis- trantlarning malakaviy bitiruv (diplom) ishlarini bajarish uchun ham baza bo‘lishi mumkin. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling