1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOG‘LIQNI SAQLASH ISHLARI VA FARMATS EVTIKA XIZMATINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI


Download 497.44 Kb.
bet2/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

. O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASIDA SOG‘LIQNI SAQLASH ISHLARI VA FARMATS EVTIKA XIZMATINI RIVOJLANTIRISH ASOSLARI
1991-yilda O‘zbekiston mustaqillikka erishgandan so‘ng, bozor iqtisodiyotiga o‘tish jarayonida, barcha sohalar kabi farmatsevtika tizimida ham tubdan o‘zgarishlar amalga oshirildi va dorixona tizimi isloh qilindi. Bunday ulkan ishlarni ro‘yobga chiqarishda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 1994-yil 11- martdagi «O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining dorixona muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to‘g‘risida»gi 132-qarori asos bo‘lib xizmat qildi. Dorixonalar tarmoqlari davlat tasarrufidan chiqarilib, xususiylashtirish amalga oshirilishi natijasida mulkchilik shakllari turlicha bo‘lgan, ya’ni aksiyadorjamoaviy va xususiy dorixonalar tashkil qilindi.

Shu yillarda xususiy dorixonalar, dorixonalar shoxobchalari, shifoxona dorixonalari ko‘plab tashkil qilinib, aholi va davolash- profilaktika muassasalarining, dori-darmonlar va tibbiyot buyum-lariga bo‘lgan talabi qondirila boshlandi.


Dorixonalar soni ko‘payishi farmatsevtik ma’lumotga ega bo‘lgan mutaxassislarga talabni vujudga keltirib, kadrlar tayyorlash masalasiga e’tibor kuchaytirildi. Dorixonalarni bilim saviyasi yuqori bo‘lgan farmatsevt mutaxassislar bilan ta’minlash maqsadida hozirgi kunda respublikamizda 20 dan ortiq tibbiyot kasb-hunar kollejlarida o‘quvchilar ta’lim olmoqda. Shunisi e’tiborga loyiqki, bunday kasb-hunar kollejlari nafaqat yirik shaharlarda, balki Marg‘ilon, Angren, To‘rtko‘l, Do‘stlik kabi shaharlarda ham tashkil qilingan.
Ta’kidlash lozimki, respublikada farmatsevtika faoliyatini muvofiqlashtirishda Vazirlar Mahkamasiniug 1994-yil 11-martdagi 132-qarori muhim rol o‘ynadi. Shu qarorga asosan, Respublika Davlat mulkini boshqarish va tadbirkorlikni qo‘llab-quvvatlash davlat qo‘mitasi tomonidan respublika «Farmatsiya» ishlab chiqarish birlashmasi «Dori-darmon» davlat aksiyadorlik uyushmasiga aylantirildi. Kompaniya faoliyatini muvofiqlash- tirish O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi
zimmasida saqlab qolindi.
Uyushma o‘zining ishlab chiqarish-xo‘jalik va moliyaviy faoliyati istiqbolini mustaqil belgilaydi, bozor konyunkturasini tashkil etgan holda marketing xizmatini ko‘rsatadi, davlat va boshqa organlarda o‘z ta’sischilarining manfaatlarini ifodalaydi.
Dorixonalarni dori-darmon va tibbiyot buyumlari bilan ta’minlash rivojlana boshladi, ko‘plab mulkchilik shaklining rivoj- lanishi, turli xil dorixonalar soni ortib borishi, ularda raqobat- chilik paydo bo‘lishi, «Dori-darmon» DAU faoliyatini takomil- lashtirish maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2005-yil 20-maydagi 131-qarori bilan «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasiga
aylantirildi.
Davlatimiz tomonidan amalga oshirilayotgan bu ishlar oxir- oqibatda, aholi va davolash-profilaktika muassasalari hamda boshqa tashkilotlarning uzluksiz ravishda dori vositalari hamda tibbiyot buyumlari bilan ta’minlanishi rivojlanayotgan davlatlar ko‘rsat- kichlariga yetib olib, yanada o‘sish darajasi davom etmoqda.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling