1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Download 497.44 Kb.
bet66/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

DALOLATNOMASI(tashkilot, ombor, sex, bo‘lim nomi)
20 -yil « » da inventarizatsiya o‘tkazilgan.
Hay'at tarkibi:
Rais
(lavozimi, F.I.Sh.)
Tekshirish o‘tkazildi
(lavozimi, F.I.Sh.)
Aniqlandi:
Inventarizatsiya ro‘yxati
Mulk summasi
Tekshirish natijalari

T/r

Tekshiruvga
qo‘yiladi-
gan moddiy
boyliklar

Inventarizatsiya


ro‘yxati bo‘yicha

Tekshiruvda


haqiqiy borligi

Tekshiruv


natijalari

soni

baho-
si

sum-
ma


soni

baho-
si

sum-
ma


soni

baho-
si

sum-
ma


1

2

3

4

5

6

7

8

9

10

11





































































Imzolar:
Nazorat tekshiruvi o‘tkazuvchi
Inventarizatsiya hay’ati raisi
Inventarizatsiya hay’ati a’zolari


MODDIY BOYLIKLAR INVENTARIZATSIYASI RO‘YXATI


Toshkent xos raqam


tashkilot tuzilish kodlar
Inventarizatsiya o‘tkazish asosi: OKUD bo‘yicha
(buyruq, qaror, ko‘rsatma) II shakl
OKNO OKONX OKPO
Inventarizatsiya boshlanishi sanasi
Inventarizatsiya tugashi sanasi
Asosiy vositalar
Joylashgan o‘rni


TILXAT

Inventarizatsiya boshlanishidan oldin hamma kirim va chiqim hujjatlari tovar hisobotiga kiritilgan va hisob bo‘limiga topshirilgan. Mening (bizning) javobgarligimiz ostida keltirilgan hamma tovar va moddiy boyliklar rasmiylashtirilgan, safdan chiqqanlari xarajat hisobiga o‘tkazilgan.


(lavozim) (imzo) (F.I.Sh.)
(lavozim) (imzo) (F.I.Sh.)

T/r

Tovar-moddiy
boyliklari

O‘lchov
birligi


Baho,
summa


Haqiqatda


bori

Buxgalteriya


hisobi ko‘r-
satkichlari
bo‘yicha

nomi,
turi, nav


guruhi

nomen-
klatura


raqami

nom-
la-


nishi

kodi

soni

sum-
masi


soni

sum-
masi

1

2

3

4

5

6

7

8

9



10






















Jami
Ro‘yxat bo‘yicha jami: tartib raqamlari soni
(imzo)
Haqiqatda bor sonlarning yig‘indisi Summa, haqiqiy so‘mlik
(imzo)
(imzo)
15-mavzu. Inventarizatsiya o‘tkazishning asosiy qoidalari
Hisobot yilidagi inventarizatsiyalar miqdori, ularni o‘tkazish sanasi, xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tomonidan belgilanadi.
Inventarizatsiyani o‘tkazish uchun xo‘jalik yurituvchi sub- yektlar tarkibida:



  • xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari yoki uning o‘rinbosari (hayfat raisi);



  • bosh buxgalter;



  • mutaxassislar — muhandislar, iqtisodchilardan iborat bo‘l- gan doimiy ishlaydigan inventarizatsiya hay’ati tuziladi.



Inventarizatsiya hay^ati tarkibiga xo‘jalik yurituvchi subyekt- ning ichki audit vakillari kiritilishi mumkin.
Ishlar hajmi katta bo‘lganda mol-mulk va moliyaviy majbu- riyatlar inventarizatsiyani bir vaqtda o‘tkazish uchun quyidagi tarkibda:



  • inventarizatsiyani tayinlagan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining vakili (hay’at raisi);



  • mutaxassislar — tovarshunos, muhandis, texnolog, mexanik, ish yurituvchi, iqtisodchi, buxgalteriya xodimi bo‘lgan ishchi inventarizatsiya hay’ati tuziladi.



Hay’at tarkibiga inventarizatsiya qilinayotgan boyliklar, narxlar va birlamchi hisobni yaxshi biladigan tajribali xodimlar kiritilishi kerak. Moddiy javobgar shaxslarni ketma-ket ikki marta ishchi inventarizatsiya hay’ati a’zosi qilib tayinlash taqiqlanadi.
Doimiy ishlaydigan va ishchi inventarizatsiya hay’atlarining shaxsiy tarkibini xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbari tasdiqlaydi. Inventarizatsiyani o‘tkazish vaqtida hay’atning aqalli bitta a’zosi yo‘q bo‘lsa, bu hol inventarizatsiya natijalarini haqiqiy emas, deb topish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Doimiy ishlaydigan inventarizatsiya hay’atlari:



  • boyliklar saqlanishini ta’minlashga doir prolilaktika ishlarini o‘tkazadi, zarurat bo‘lganda o‘z majlislarida boyliklarning saq- lanishi masalalari bo‘yicha sex, bo‘lim, sho‘ba rahbarlarining axborotlarini tinglaydi;



  • inventarizatsiya o‘tkazilishini tashkil etadi va ishchi inven- tarizatsiya hay’atlari a’zolariga yo‘l-yo‘riq beradi;



  • inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshiruvlarni amalga oshiradi, shuningdek, inventarizatsiyalar orasidagi davrda saqlash va qayta ishlashjoylarida tovar-moddiy boyliklarini tanlab, inventarizatsiyadan o‘tkazadi;



  • inventarizatsiya natijalari to‘g‘ri chiqarilganini, omborxonalar va boshqa saqlashjoylarida boyliklarni qayta asosiy vositalarga ajratish bo‘yicha takliflar asosli ekanligini tekshiradi;



  • zarur hollarda inventarizatsiyani o‘tkazish qoidalari jiddiy buzilganligi aniqlangan xo‘jalik yurituvchi subyekt rahbarining topshirig‘iga binoan, takroriy yalpi inventarizatsiyalar o‘tkazadi.



Mol-mulkning mavjudligini tekshirishni boshlashdan oldin inventarizatsiya hay’ati eng so‘nggi kirim-chiqim hujjatlarini, moddiy vositalar va pul mablag‘lari harakati to‘g‘risidagi hisobotlarni olishi kerak.
Inventarizatsiya hay’atining raisi hisobotlarga ilova qilingan barcha kirim-chiqim hujjatlariga «inventarizatsiyagacha ... (sana)» deb ko‘rsatgan holda topshiriq beradi, bu esa, buxgalteriyaga hisob ma’lumotlari bo‘yicha inventarizatsiyani boshlash paytida mol-mulk qoldiqlarini aniqlash uchun asos bo‘lib xizmat qilishi kerak.
Moddiy javobgar shaxslar inventarizatsiya boshlanishiga qadar, mol-mulkka doir barcha kirim-chiqim hujjatlarini buxgalteriya yoki hay’atga topshirilgani va ularjavobgarligiga kelib tushgan barcha boyliklar kirim qilingani, chiqib ketganlari esa chiqimga hisobdan o‘chirilgani to‘g‘risida tilxat beradilar. Mol-mulkni sotib olishga hisobot beriladigan summalari yoki uni olish uchun ishonchnomalari bo‘lgan shaxslar ham shunday tilxat beradilar.
Inventarizatsiyani o‘tkazish oldidan ishchi inventarizatsiya hay’atlari a’zolariga buyruq, hay^at raisiga esa muhrlagich topshi riladi, inventarizatsiya hay’ati ishlaydigan butun ish vaqtida muhrlagich hay’at raisida saqlanadi. Buyruqda inventarizatsiyani o‘tkazishga doir ishni boshlash va tugatish muddatlari belgilanadi.
Agar mol-mulk inventarizatsiyasi bir necha kun mobaynida o‘tkazilsa, moddiy boyliklar saqlanayotgan xona inventarizatsiya hay^ati ketayotganida muhrlanishi kerak. Inventarizatsiya hay^atlari ishida tanaflus bo‘lganda (tushlik vaqti) ro‘yxatlar inventarizatsiya o‘tkazilayotgan yopiq xonadagi temir quti (seyfda) saqlanadi. Buyruqlarni buxgalteriya inventarizatsiya o‘tkazish to‘g‘risidagi buyruqlar bajarilishini nazorat qilish daftarida ro‘yxatga oladi.
Asosiy vositalar, xomashyo, materiallar, tayyor tovar, tovarlar, pul mablag‘lari va boshqa boyliklarning inventarizatsiyasi ularning har bir joylashgan yeri va shu boyliklarni saqlayotgan javobgar shaxs bo‘yicha o‘tkaziladi. Haqiqiy qoldiqlarni tekshirish moddiy javobgar shaxslarning ishtirok etishi bilan amalga oshiriladi.
Yetkazib beruvchining ochilmagan o‘ramida saqlanayotgan materiallari va tovarlar bo‘yicha ushbu boyliklar miqdori, istisno tariqasida hujjatlar asosida, ushbu boyliklar bir qismini tanlab olib tekshirish bilan aniqlanishi mumkin. Qoplanmagan tovarlar og‘irligini o‘lchash va texnik hisob-kitoblar asosida aniqlashga yo‘l qo‘yiladi; dalolatnomalar va hisob-kitoblar ro‘yxatga ilova qilinadi. Inventarizatsiya qilingan boyliklar va obyektlarning nomlari va ularning miqdori ro‘yxatlarda nomenklatura bo‘yicha hamda hisobda qabul qilingan o‘lchov birliklarida ko‘rsatiladi.
Ro‘yxatlarga ishchi inventarizatsiya hay’atining barcha a’zolari va moddiyjavobgar shaxslar imzo chekadilar. Ro‘yxat oxirida moddiyjavobgar shaxslar boyliklarni ularning hozirligida tek- shirgani, hay^at a’zolariga nisbatan hech qanday da’volar yo‘qligi va ro‘yxatda sanalgan boyliklar mas’uliyatli saqlashga qabul qilinganini tasdiqlaydigan tilxatga imzo chekadilar.
Inventarizatsiya tugaganidan so‘ng inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshirishlar o‘tkazilishi mumkin. Ularni inventarizatsiya hay^at a’zolari va moddiy javobgar shaxslar ishtirokida inventarizatsiya o‘tkazilgan omborxona, sho‘ba va h.k. ochilishiga qadar o‘tkazish kerak. Inventarizatsiyalar to‘g‘ri o‘tkazilganini nazorat tariqasida tekshirish natijalari dalolatnoma bilan rasmiylashtiriladi va inventarizatsiya to‘g‘ri o‘tkazilganligini nazorat tariqasida tekshirishlami hisobga olish daltarida ro‘yxatga olinadi.
Pul mablag‘lari, boyliklar va qat’iy hisobdagi blanklar inventarizatsiyasi
Kassa inventarizatsiya qilinganda, pul mablag‘lari va kassada bo‘lgan boshqa boyliklarning haqiqatda mavjudligi tekshiriladi. Qat’iy hisobdagi blanklar ham tekshiruvdan o‘tkaziladi. Kassada pul mablag‘larining haqiqatda mavjudligi hisob-kitob qilinganda pul belgilari, pochta markalari va davlat boji markalari hisobiga qabul qilinadi.
Hech qanday hujjatlar yoki tilxatlar kassadagi naqd pul qoldig‘iga kiritilmaydi. Kassirning kassada mazkur xo‘jalik yuri- tuvchi subyektga tegishli bo‘lmagan pul mablag‘lari va boshqa boyliklar borligi to‘g‘risidagi bayonotlari e’tiborga olinmaydi. Naqd pul mablag‘larini inventarizatsiya dalolatnomasida boy- liklar qoldig‘i inventarizatsiya kunida naturada va hisob ma’lu- motlari bo‘yicha ko‘rsatiladi hamda inventarizatsiya natijasi belgilanadi.
Qat’iy hisobdagi blanklarning haqiqatda mavjudligini tek- shirish blank turlari bo‘yicha u yoki bu blanklarning bosh- lang‘ich va oxirgi raqamlarini hisobga olgan holda amalga oshiriladi. Mazkur tekshirish natijalari maxsus ro‘yxat bilan rasmiylashtiriladi.
Yo‘ldagi pul mablag‘larining inventarizatsiyasi buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida qayd etilgan summalarni bank muas- sasalari, pochta bo‘limi va h.k.larning kvitansiyalari ma’lu- motlari bilan solishtirish vositasida amalga oshiriladi.
Bankda hisob-kitob va joriy hisobvaraqlar, akkreditivlar, max- sus, alohida va boshqa hisobvaraqlarda bo‘lgan pul mablag‘larini inventarizatsiya qilish xo‘jalik yurituvchi subyekt buxgalte- riyasining ma’lumotlari bo‘yicha tegishli hisobvaraqlarda qayd etilgan summalar qoldig‘ini bank ko‘chirmasidagi ma’lumotlar bilan solishtirish orqali amalga oshiriladi.
http://fayllar.org

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling