1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Download 497.44 Kb.
bet59/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org


dorixona savdo pulini bankka topshirish;



  • hisobot asosida — shartida pul berish;



  • ish haqini berish;



  • mukofot, stipendiya, nafaqa, pensiya berish;



  • dorivor o‘simliklar xomashyosini sotib olish;



  • garov pulini qaytarib berish;



  • transport xizmatlariga to‘lash;



  • xo‘jalik xarajatlarini qoplash.



    Dorixona savdo pulini topshirish tartibi va muddati bank tomonidan belgilanadi. Ular bankning inkassatorlik punktlariga kunduzgi yoki kechki bank kassalariga, bank hisobiga o‘tkazish uchun aloqa organlariga, bankka topshirish sharti bilan dorixona uyushma kassalariga topshirish mumkin.
    Dorixona muassasalari kassada belgilangan miqdorini ortiq naqd pulni faqatgina ish haqi berish, vaqtincha ish qobiliyatini yo‘qotganlarga nafaqa, pensiya, mukofot berish uchun saqlash
    huquqiga egadir. Inkassatorning dorixonaga kelish vaqti, kassada yirik pul mablag‘larini qoldirmaslik maqsadida, mumkin qadar uning yopilishiga moslashtiriladi. Dorixona savdo pulini topshi- rishda uch nusxada «Kuzatuv qaydnomasi» to‘lg‘azadi. Birinchi nusxa xaltaga, ikkinchisi inkassator qo‘liga va uchinchi nusxa dorixonada qoladi. Savdo puli bilan xalta belgilangan vaqtga tayyorlab qo‘yilishi lozim. Unda dorixonaning aniq va ravon bosilgan tamg‘asi bo‘lishi kerak. Kassir inkassatordan quyidagi hujjatlarni talab qilishi lozim:



    • shaxsiyatini tasdiqlovchi hujjat — guvohnoma;



    • savdo pulini qabul qilishga huquqi borligiga hujjat — ishonchnoma;



    • inkassatorlarning dorixonaga kelganligi haqida hisobvarag‘i;



    • dorixonaga biriktirilgan bo‘sh xalta.



    O‘z navbatida, u inkassatorga bank tasdiq qilgan tamg‘aning nusxasini ko‘rsatishi lozim. Kassirlar ish vaqti — smena almash- ganda tamg‘aning nusxasini qabul qiluvchi kassirga tilxat orqali
    topshirishi kerak. Kelganligi haqidagi hisobvarag‘ida, savdo pulini topshiruvchi shaxs siyoh biian aniq va tushunarli qiiib, inkassa- torning kelgan aniq vaqti, savdo puli solingan inkassator sumkasi raqami, bo‘sh kelgan xalta raqami va o‘zining imzosini qo‘yadi.
    Agarda xalta belgilangan vaqtga tayyorlanmagan bo‘lsa yoki noto‘g‘ri rasmiylashtirilgan bo‘lsa, inkassator uni qabul qilmas- likka haqqi bor. Kelganligi haqidagi hisobvarag‘ida kassir inkassa- torning kelgan vaqtini, savdo pulini topshirmaganining sababini ko‘rsatishi lozim va imzo chekishi zarur. U vaqtda dorixona mudiri yoki muovini shu kunning o‘zida bankning kechki bo‘limiga savdo pulini topshirishi darkor.
    Naqd pul hisobotini berish sharti bilan dorixona rahbari ko‘rsatmasiga asosan, kassir chiqim-kassa orderi orqali beradi. Kassadan pul quyidagi maqsadlarga berilishi mumkin:



    • xo‘jalik xarajatlari uchun ikki kunlik ehtiyojdan oshmaslik va uch kun muddatgacha beriladi. Masalan, dorivor o‘simliklar xomashyosini sotib olish, aholidan foydalanilgan shisha idishlarni
      sotib olish va boshqalar.



    Naqd pullar kassadan kassa-chiqim orderlari yoki kassa-chiqim orderlarining o‘rnini bosadigan, maxsus muhr bilan bosilgan boshqa hujjatlar (to‘lov qaydnomalari, pul berish uchun ariza, hisobvaraqlari va h.k.) asosida beriladi. Aholidan qabul qilingan idishlar maxsus qaydnomada rasmiylashtiriladi. U har kuni ikki nusxada to‘lg‘aziladi. Birinchi nusxasi moddiyjavobgar shaxsga beriladi, ikkinchisi qabul qiluvchida qoladi.
    Mayda bajariigan ish uchun to‘lanadigan haqqa qaydnoma to‘lg‘azilmaydi, tuzilgan schotning o‘zi kassa-chiqim orderi hisob- lanadi. Kassa chiqimi jarayonlariga, shuningdek, vaqtincha
    mehnat qobiliyatini yo‘qotganligiga berilgan nafaqa ham kiradi.
    Hamma kassa-kirim va chiqim orderlari ular bilan to‘plangan yoki olingandan so‘ng bir zumda kassir tomonidan imzolanadi,
    ularga ilova qilingan hujjatlar imzo yoki tamg‘a orqali «olindi», «to‘landi» so‘zlari bilan kuchini yo‘qotadi va kuni ko‘rsatiladi.
    Har bir order yoki uning o‘rnini bosuvchi hujjat bo‘yicha pul olinganidan yoki berilganidan so‘ng kassir darhol kassa bo‘yicha naqd pullar harakatini hisobga olish uchun mo‘ljal- langan KO-4 shaklli «Kassa daftari»ga qayd qiladi.
    Kassa muomalalarini olib borish tartibida kassani to‘satdan inventarizatsiya qilish ko‘zda tutilgan. Kassa har oyda taftish qilinadi.
    Sintetik hisob bo‘yicha talqin qilish: naqd pul harakati aktiv schot «Kassa» hisobga olinadi. Uning «Debet» qismida kelib tushgan, «Kredit» qismida esa xarajatlangan naqd pul ifodalanadi. Aktiv schotidagi kreditning muomalasi jurnal-orderda ifodalanadi. Ushbu schotning debeti bo‘yicha muomalasi har xil jurnal orderlarda ifodalanadi, bundan tashqari, u qaydnoma bo‘yicha am nazorat qilinadi.

    Download 497.44 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   55   56   57   58   59   60   61   62   ...   66




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling