Tovar-moddiy boyliklar sarfining hisobi.
Savdo hajmi
Savdo hajmining ahamiyati, turlari va tuzilishi
Farmatsevtika korxonalarining bozordagi tadbirkorlik fao- liyati — bu dori vositalari va boshqa farmatsevtika tovarlarini sotishdir. Bujarayon iqtisodiy jihatdan tovar aylanmasida o‘z aksini topadi. Savdo hajmi — ma’lum vaqt oralig‘ida dori vositalari va boshqa tibbiyot tovarlarini sotishdir.
Davlatning iqtisodiy va ijtimoiy siyosatida barcha farmatsevtika korxonalarining qaysi mulk egasi ekanligidan va tashkiliy-huquqiy laoliyat turidan qat’i nazar, tovar aylanmasiga katta ahamiyat beriladi. Tovar aylanmasi larmatsevtika korxonasining bozordagi o‘rni va mavqeyini belgilaydi, uning iqtisodiy o‘sishini va imkoniyatlarini ta’minlaydi.
Savdo hajmi farmatsevtika korxonalarining rivojlanish tavsifi- ning ko‘rsatkichlarida quyidagi vazifaga ega:
farmatsevtika korxonalarining faoliyat hajmini belgilovchi asosiy ko‘rsatkich bo‘lib xizmat qiladi;
farmatsevtika korxonalari potensial resurslari (moddiy, mo- liyaviy va mehnat)ni belgilovchi ko‘rsatkich.
Savdo hajmi turlari:
chakana savdo hajmi — aholiga yoki boshqa iste’molchilarga naqd pulga yoki pul o‘tkazish yo‘li bilan farmatsevtika tovarlarini sotishdan va shu yo‘l bilan bozorda tovar aylanuvchanligini ta’minlashdan hosil bo‘ladigan jarayondir;
ulgurji savdo hajmi — farmatsevtika tovarlarini turli ulgurji xaridorlarga sotishdan hosil bo‘lgan savdo hajmi bo‘lib, bunda farmatsevtik tovar ma’lum texnologik jarayonlardan: transportirovka, omborda saqlash, dozalarga ajratish kabilardan o‘tgan bo‘ladi.
Chakana va ulgurji savdo hajmi yig‘indisi umumiy savdo hajmini tashkil qiladi.
Savdo hajmi ko‘rsatkichining dorixonaning boshqamoliyaviy ko‘rsatkichlari bilan aloqasi
Savdo hajmi dorixomning boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlariga bog‘liqdir. Bu quyidagi ko‘rsatkichlardir:
tovar aylanmasi tarkibiy qismlarining dorixona potensial resurslari va ulardan samarali foydalanish bilan bog‘liqligi;
savdo hajmining dorixona boshqa moliyaviy ko‘rsatkichlari bilan bog‘liqligi, mutlaq va solishtirma ko‘rsatkichlarda ifoda- lanadi.
Savdo hajmi tarkibiy qismi bilan bog‘liqligi savdo balansi asosida quyidagicha ifodalanadi:
On+P=R+ Ok,
bu yerda, On, Ok—boshlang‘ich va oxirgi qoldiq; R—savdo hajmi, ma’lum vaqt ichida; P—kelib tushgan farmatsevtika tovari hajmi.
Do'stlaringiz bilan baham: |