1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Tovar-moddiy boyliklar hisobi haqida tushuncha


Download 497.44 Kb.
bet53/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Tovar-moddiy boyliklar hisobi haqida tushuncha
Mulkchilik shakliga ko‘ra, dorixonaga kelib tushgan tovar- moddiy boyliklarning asosiy ta’minotchilari — ishlab chiqaruvchi korxonalar yoki dorixona omborxonalari hisoblanadi. Ba’zi alohida guruh tovar-moddiy boyliklar, tibbiy texnika, kimyoviy reaktivlar esa, sanoat tovarlari sotish tarmoqlari orqali keltiriladi. Idishlar, dorivor o‘simlik xomashyosi va boshqa xo‘jalik buyumlari aholidan yoki savdo korxonalaridan sotib olinishi mumkin.

Tovarlar dorixona omborining o‘zida qabul qilinadigan bo‘lsa, ularni qabul qiluvchi shaxs tovarlar nomini, miqdorini va narxini kuzatish hujjati bilan solishtirib ko‘rishi shart. Omborda tovarlarni qabul qilishda tovar birligida va massa-netto holda tekshirib olish imkoni bo‘lmasa, dorixona xodimi tovarlarni o‘rinlar soni va massa-brutto ko‘rinishda qabul qilib oladi. Bu haqida kuzatish hujjatiga belgilab qo‘yiladi. Dorixona omboridan tovarlarni olish uchun 15 kunlik muddatga ega bo‘lgan bir martalik ishonchnoma rasmiylashtiriladi.
Dorixona uzoq muddatli shartnoma asosida doimiy ta’minot- chilardan tovar oladigan bo‘lsa, ta’minot bilan shug‘ullanuvchi shaxsga bir yil muddatdagi ishonchnoma berilishi mumkin. Giyohvandlik, psixotrop va prekursor dori vositalarini olish uchun, bir martalik ishonchnoma rasmiylashtiriladi.
Dorixonaga tovarlar ombor transporti orqali yetkazib berilsa, ekspeditor ularni moddiy javobgar shaxsga kuzatish hujjatlari bilan birga, o‘rinlar soni bo‘yicha va massa-brutto holda top- shiradi. Bunday hollarda tovarlarni qabul qilib olgan shaxs ekspeditorga qaytariladigan barcha hujjat nusxalariga imzo chekadi.
Tovar-moddiy boyliklarning haqiqatda qabul qilib olinganligi ishonchnoma orqali va omborga qaytariladigan yukxatiga moddiy javobgar shaxs imzosi hamda dorixona muhri va dastxat bilan tasdiqlanadi. Tovar yukxatining dorixonada qoldiriladigan nusxasiga moddiyjavobgar shaxs quyidagi mazmundagi shtamp bosadi:
Shu hujjatda keltirilgan moddiy boyliklar: jami so‘m
qabul qilib olingan va u mening (bizning)javobgarligimiz ostida.
Tovar-moddiy boyliklarni qabul qilishning asosiy qoidasi — bu ularni son, sifat va narxi bo‘yicha tekshirish. Dorixona moddiyjavobgar shaxsi tovarlarni qabul qilib olishda, har bir nomdagi tovarning soni, miqdori va narxi bo‘yicha tekshiradi va tovar-transport yukxatidagi ma’lumotlar bilan solishtiradi.
Bundan tashqari, dorixonaga kelib tushadigan barcha tovarlar quyidagi ko‘rsatkichlari bo‘yicha tekshiriladi:



  • ishlab chiqaruvchi korxonani ko‘rsatuvchi markirovka;



  • preparat nomi;



  • seriya raqami, tahlil raqami, saqlash muddati va boshqa me’yoriy-tahliliy hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilgan ma’lumotlar.



Agar tovarlar qabul qilishda kuzatuv hujjatlarida ko‘rsatilgan ma’lumotlar bilan son va sifatjihatdan tafovut bo‘lsa, ta’mi- notchi bu tafovutni qabul qilmasa, dorixonada qabul qilish hay’ati tuziladi. Qabul hay’atiga dorixona rahbari, moddiy javobgar shaxs, boshqa farmatsevtlar hamda bitta manfaatdor bo‘lmagan shaxs kiradi. Qabul qilish hay^ati «Moddiy boyliklarning sifat yoki sonjihatidan qabul qilish dalolatnomasi»ni tuzadi. Zarurat bo‘lsa, o‘rtacha namuna olinib, nazorat-tahliliy labora- toriyaga yuboriladi. Farmatsevtik omborga da’vo xati to‘latiladi. Xatga «Moddiy boyliklarning sifat yoki sonjihatidan tafovuti dalolatnomasi», o‘rtacha namuna olish dalolatnomasi va muvofiqlik sertifikati ilova qilinadi.
Qabul qilingan moddiy boyliklarning kuzatuv hujjatlari quyi- dagi qayd qilish hujjatlarida rasmiylashtiriladi:



  • tovar-moddiy boyliklarni kirim qilish daftari. Bu daftar Tovar hisobotining «Kirim» qismini tuzishda asos bo‘lib hisoblanadi;



  • zaharli, giyohvand, psixotrop preparatlar va etil spirtini qayd qilish daftari;



  • yaroqlilik muddati chegaralangan dori vositalarini qayd qilish daftari. Unda yaroqlilik muddati chegaralangan dori vositalarining miqdori ko‘rsatilgan bo‘ladi. Bu ishning qilinishiga sabab, mutaxassislarni va moddiy javobgar shaxslarni bo‘lishi mumkin bo‘lgan yo‘qotishlardan ogoh etib turadi;



  • «Moddiyjavobgar shaxslarning tovar hisoboti»ning «Kirim» qismi. Bu keltirilgan tovar-moddiy boyliklarning hisobini summa ko‘rinishda olib borishda muhim hisoblanadi. Bu bo‘limni rasmiylashtirishda tovar-transport yukxatidagi ma’lumotlar asosiydir. Shu narsani ta’kidlash kerakki, keltirilgan farma- tsevtika tovarlari to‘liq qiymati bo‘yicha rasmiylashtiriladi. Hattoki, qabul qilish vaqtida miqdori va sifatjihatidan tafovut topilgan bo‘lib, bu haqda tegishli hujjatlar rasmiylashtiriladi. Bu haqda tovar hisobotining boshqa bo‘limida rasmiylashtiriladi.



Tovar hisobotiga farmatsevtika tovarlarini qabul qilish natija- laridan tashqari, dorixona farmatsevtik tovarlari zaxirasini oshiruvchi barchajarayon natijalari kiritiladi.
Bu quyidagi jadvalda keltirilgan:


Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   49   50   51   52   53   54   55   56   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling