1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Farmatsevtika bozorida asosiy iqtisodiy qonunlarning o‘ziga xosligi va iste’molchilar fe’l-atvoriga ta’siri


Download 497.44 Kb.
bet51/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Farmatsevtika bozorida asosiy iqtisodiy qonunlarning o‘ziga xosligi va iste’molchilar fe’l-atvoriga ta’siri
Bozor — bozor iqtisodiyotining bir kategoriyasidir. Yunon olimi tomonidan kiritilgan «Iqtisodiyot» so‘zi «uy xo‘jaliginiboshqarish san’ati» ma’nosini anglatar ekan.
Hozirgi vaqtda iqtisodiyot — shunday xo‘jalik tizi^iki, u zarur hayotiy ne’matlarni yaratish yo‘li bilan insonlar vajamiyat ehtiyojlarining qondirilishini ta’minlaydi.
Iqtisodiyotga oid adabiyotlarda ikkita bir-biriga o‘xshash «economy» va «economics» tushunchalar mavjud bo‘lib, «economy» tushunchasida davlatning iqtisodiy hayotga oid korxonalar, yo‘llar, do‘konlar, tovarlar va shu tovarlarni ishlab chiqaruvchi hamda iste’mol qiluvchi insonlar haqida fikr yuritiladi. ««Economics» tushunchasi esa birinchi tushunchani o‘rganish bilan shug‘ullanuvchi lan hisoblanadi.
Bu ikki tushuncha ham o‘zbek tilida bir xil — «iqtisodiyot» deb tarjima qilinadi. « — insonlar cheklangan resurs- larga ega bo‘la turib, hozir va kelgusida o‘z ehtiyojlarini qondirish uchun turli tovarlar ishlab chiqarish hamda qanday xizmat ko‘rsatishni o‘rgatadigan fandir.
O‘zbekiston xalq xo‘jaligi ko‘p tarmoqli iqtisodiyotga o‘tib bormoqda. Mulkchilikning va xo‘jalik yuritishning muqobil shakllari tarkib topyapti, erkin tovar ishlab chiqaruvchilar paydo bo‘layotir. Xo‘jalik aloqalarida ma’muriy-buyruqbozlik o‘rnini o‘zaro manfaatli shartnomaviy munosabatlar va o‘zaro tenglik asosida qurilgan aloqalar egallamoqda.
Bozor iqtisodiyotining hayotiyligini, samaradorligini va uning alzalligini jahondagi rivojlanib borayotgan barcha mamlakatlar tajribasi ko‘rsatmoqda. Bozor munosabatlariga asoslangan iqti-sodiy tizimga o‘tish iqtisodiyotimizni jahon xo‘jaligi bilan uzviy bog‘lashga, fuqarolarimizmngjahon ma’rifatining barchayutuqlaridan bahramand bo‘lishlarini ta’minlashga imkon beradi.
Bozor iqtisodiyotiga o ‘tish — hozirgi davrda iqtisodiyotni rivojlantirishning yagona yo‘li hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti deb, erkin, tovar, pul munosabatlariga asoslangan, iqtisodiy monopolizmni inkor etuvchi qonunlar orqali boshqarib turila- digan iqtisodiyotga aytiladi. Shuningdek, bozor iqtisodiyotida mehnat, moddiy va moliyaviy resurslarning taqsimot tizimini iste’molchilar va ishlab chiqaruvchilarning o‘zlari belgilaydilar.
Bozor iqtisodiyoti o‘z kategoriya va qonunlariga ega. Bozor iqtisodiyotining kategoriyalari quyidagilar: bozor, talab, taklif, baho, raqobat va boshqalar. Bozor iqtisodiyotining asosiy qonunlari esa, bu — talab va taklif qonuni, qiymat qonuni hamda raqobat qonunlaridir.
Jahondagi rivojlangan mamlakatlarning barchasida bozor iqti- sodiyoti asosida ish yuritilyapti. Respublikamizda bozor iqtiso- diyotiga o‘tish jarayoni bosqichma-bosqich amalga oshirilmoqda.
Respublikamizda ijtimoiy yo‘naltirilgan, aholini ijtimoiy himoya qilish ustuvor masala deb qabul qilingan bozor iqtisodiyotiga o‘tishning besh tamoyiliga amal qilinmoqda, ya’ni:



  1. Iqtisodiyotning siyosatdan ustunligi.



  2. Davlat — bosh islohotchi.



  3. Konstitutsiya va qonunlarning ustuvorligi.



  4. Kuchli ijtimoiy siyosat yurgizish.



  5. Bozor iqtisodiyotiga bosqichma-bosqich o‘tish.



Respublikamizda bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida, davlat —
bosh islohotchilik faoliyatini konstitutsiyaviy negizda amalga oshirmoqda, ya’ni O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 53-moddasiga muvofiq, davlat «Iste’molchining huquqiy ustunligini hisobga olib, iqtisodiy faoliyat, tadbirkorlik va mehnat qilish erkinligini, barcha mulk shakllarining teng huquqliligini hamda huquqiy jihatdan barobar muhofaza etilishini kafolatlaydi».
Respublikamizda davlat — bosh islohotchi sifatida iqtisodiyotni boshqarishni qayta tashkil etish, bozor infratuzilmasini yaratish hamda jahon iqtisodiyotiga qo‘shilish bilan bog‘liq vazifalar amalga oshirilmoqda. Bozor iqtisodiyotining afzalligi, eng avvalo, shundaki, unga shaxsni iqtisodiy rag‘batlantirish, insonning o‘z mehnati, sifati va unumli bo‘lishidan manfaatdorligini rag‘batlantirish xosdir.
Bozor kategoriyasi o‘zini o‘zi boshqaradigan tizim bo‘lib, u oldindan belgilab qo‘yilgan reja, tashqaridan beriladigan buyruq- lar bilan chiqisha olmaydi. Bozorning o‘zi iqtisodiy munosa- batlarni boshqaradi, xaridorlarning ehtiyojlarini aniqlaydi va hisobga oladi. Tovarning yuqori sifatli bo‘lishini ta’minlaydi, uning miqdori va narxini belgilaydi, shu tariqa iste’molchilarning manfaatlarini himoya qiladi. Barcha ijtimoiy tizimlarga o‘xshab bozor ham aslo mukammal emas, uning afzallikjihatlari salbiy tomonlari bilan chirmashib ketadi. Uni takomillashtirishga jamiyatning ta’sir ko‘rsatishi ijtimoiy ehtiyojni keltirib chiqaradi.
Sivilizatsiyaviy bozorga uzoq muddatli tarixiy rivojlanish natijasida erishish mumkinligini hozirgi kundagi rivojlangan mamlakatlar bosib o‘tgan tarixiy yo‘lidan ko‘rish mumkin. Asosan, shunda ham sivilizatsiyali bozor sharoitida, ham uni muntazam takomillashtirib borishga, ishsizlik, birovlarning boyib ketishi, boshqalarning esa xonavayron bo‘lishi va qashshoqlashuvi bilan bog‘liq jamiyatning keskin tabaqalanishi kabi salbiy hodisalarni yengishga har qanday jamiyat majburdir.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling