1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Iqtisodiy ko ‘rsatkichlarni rejalashtirish usullari
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Iqtisodiy ko ‘rsatkichlarni rejalashtirish usullari
Dorixonalar faoliyatining erishilgan natijalari haqida axbo- rotni olish, tahlilni o‘tkazish va shu ko‘rsatkichlami istiqbollash kattaliklarini aniqlashda quyidagi usullar qo‘llaniladi: Balans usuli — resurslar va ularning taqsimlanishini ko‘rsatadi. Balanslar tabiiy, pulli va mehnat resurslariga bo‘linadi. Tovar balansi formulasi quyidagicha: On+P=R+Ok, bu yerda, On — davr boshidagi qoldiq; Ok — davr oxiridagi qoldiq; P — kirim; R — chiqim, shu jumladan, realizatsiya. Texnik-iqtisodiy hisoblash usullari — moddiy resurslarni belgilangan me’yorlar va sarflash me’yorlari ishlatilishiga asos- langan. Bu usul spirt, giyohvand va maxsus dori vositalariga bo‘lgan ehtiyojni aniqlashda, shtatlar miqdorini hisoblashda, tarmoqni kengaytirishda va boshqalarda qo‘llaniladi. Iqtisodiy-matematik usullar — ko‘rsatkichlar orasidagi miqdoriy bog‘liqligini ko‘rsatuvchi matematik modelni tuzishga asos- langan. Dorixona tizimida regression model keng qo‘llanilmoqda. Iqtisodiy-tahliliy (statistik) usullar. Bunda guruhlash, ko‘rsat- kichlarni taqqoslash usullari qo‘llaniladi. Shu usullarni qo‘llashda hisob va hisobotning statistik ma’lumotlaridan foydalaniladi. Iqtisodiy samaradorlik usullari. Bu usul rejani tuzishda yechimini ko‘p variantlarda bajarishdan iboratdir. Ular ichida eng qulay yechim tanlab olinadi. Bunday rejalashtirish usullaridan biri PERT (Project evoluation and review technique) — rejalarni baholash va qayta ko‘rib chiqish usuli. Bu usul asosida rejalashtirish o‘z ichiga quyidagilarni oladi: Haqiqiy ma’lumotlar yig‘ish, kutilayotgan ma’lumotlarni aniqlash. Ko‘rsatkichning dinamik yoki lahzalar qatorlarini, grafik, diagrammalarni tuzish va tahlil qilish. Nisbiy ko‘rsatkichlarni hisoblash: o‘sish sur’atini yoki o‘sish tezligini. Nisbiy ko‘rsatkichning g‘oyalarini aniqlash yoki o‘rtacha yillik o‘sish sur’ati yoki o‘sish tezligini hisoblash. Kutilayotgan yilning ma’lumotlari asosida nisbiy ko‘rsat- kichni yoki yillik sur’atining aniqlangan g‘oyalarni hisobga olgan holda reja ko‘rsatkichini aniqlash. Joriy rejalarni tuzishda quyidagi ma’lumotlardan foydalaniladi: haqiqiy — o‘tgan davr uchun ma’lumotlar hisob hujjat- laridan olinadi; kutilayotgan — reja yilidan oldingi yilning ma’lumotlari. Ularni 3-chorak oxiri, 4-chorak boshida tahlil qilishga kirishiladi, bunda dorixona hali bir yillik hisobot ma’lumotlariga ega bo‘l- maganligi uchun u yoki bu ko‘rsatkichning qanday bo‘lishi taxminan kutiladi; rejali — rejalashtirishning u yoki bu usuli qo‘llanilishi natijasida kelgusi davrdagi ma’lumotlar. Har qanday ko‘rsatkichni rejalashtirish tartibi quyidagi bos- qichlardan iborat: Ma’lumotlarni yig‘ish va izlanishlar uchun iqtisodiy ko‘rsat- kichning erishilgan darajasini muayyan vaqt mobaynida tahlilini o‘tkazish. Joriy davrda kutilayotgan ko‘rsatkichning hisobi. Kelgusi davrga ko‘rsatkichning o‘zgarish imkoniyatlarini tahlili, uning kelajakdagi o‘zgarishlariga ta’sir etuvchi omillarini aniqlash. Ko‘rsatkichning kattaligiga ta’sir etadigan dorixona laoliya- tining xususiyatlarini o‘rganish. Ko‘rsatkichning o‘tmish tahlilida va kelajagini hisoblashda qo‘llanilishi mumkin bo‘lgan (balansli, normativ, PERT usuli, o‘tgan yillaming o‘zgarishlari va boshq.) uslubiy yondashishni asoslash. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling