1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Farmatsevtik bozor tizimini tartibga solishda vaboshqarishdagi davlat siyosati


Download 497.44 Kb.
bet52/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Farmatsevtik bozor tizimini tartibga solishda vaboshqarishdagi davlat siyosati
Dori vositalarining inson salomatligi uchun muhim aha- miyatga ega ekanligini hisobga olgan holda ularni chetdan sotib olish, ishlab chiqarish, taqsimlash, sotish va ishlatilishini bosh- qarishga har qanday davlat mas’ul ekanligini Jahon Sog‘liqniSaqlash Tashkiloti hamisha ta’kidlab kelmoqda.
Dori vositalari sohasidagi milliy siyosat har bir davlat tomo- nidan farmatsevtika sohasini rivojlantirish va boshqarish uchun aniqlangan maqsadlar majmuasi hisoblanib, ushbu maqsadlarni amalga oshirishning asosiy strategiyasi va yo‘llari ko‘rsatilgan dastur hisoblanadi. Ushbu dori vositalari sohasidagi siyosat, far- matsevtik sektordagi barcha qatnashchilarning, ya’ni davlat, xususiy, nodavlat, donor tashkilotlar va boshqa manfaatdor tomonlar faoliyatini tizimli muvofiqlashtirish imkoniyatini beradi.
Jahondagi ko‘pgina davlatlarda hozirgacha aholining kata qismi uchun dori vositalaridan to‘liq foydalanish muammosi hal qilinmagan. Bunday ahvolning yuzaga kelishiga faqat moliyaviy va budjet tanqisligi emas, balki ichki bozorning o‘ziga xos xususiyatlari, har bir davlatdagi ta’minlovchi, taqsimlovchi tash- kilotlar, iste’molchilar va farmatsevtik sanoatning ushbu sohaga munosabatlari va tegishli amaliy harakatlari sabab bo‘ladi.
Jahon tajribasidan ma’lumki, har bir davlat dori vositalari sohasidagi barcha faoliyat turlarini, ya’ni yuqori sifatli, bezarar va foydali dori vositalarini qulay narxlarda va ularni oqilona, samarali ishlatishni ta’minlovchi milliy siyosatni ishlab chiqishi, qabul qilishi va hayotga tatbiq etishi lozim.
Farmatsevtika bozori tizimini yaratishda va boshqarishdagi davlat siyosati hozirgi kunda quyidagilar:


  • tegishli qonun va qonunosti hujjatlarini tayyorlash;



  • farmatsevtika faoliyatini litsenziyalash;



  • dori vositalarini davlat ro‘yxatidan o‘tkazish va ekspertiza qilish;



  • dori vositalari narxlarini belgilashni nazorat qilish va monitoringini olib borish;



  • dori vositalari reklamasini boshqarish;



  • asosiy dori vositalarining ro‘yxatini tuzish va boshqalarga bog‘liq.



Shuningdek, bozor iqtisodiyotiga o‘tish uchun zarur bo‘lgan, mavjud muammolarning qonuniy hamda amaliy yechimini hukumatga taklif etuvchi, dorixona xizmatchilari huquqini himoya qiluvchi, ularga amaliy, uslubiy yordam beruvchi, nodavlat notijorat professional dorishunoslar uyushmasini tashkil etish, hozirgi kunda dori vositalari va farmatsevtik faoliyatni tartibga solish sohasidagi davlat milliy siyosatining negizi hisoblangan ko‘mak- lashuvni yo‘lga qo‘yish lozim. Bunda ushbu uyushma farmatsev- tika faoliyatini barcha, ya’ni ilmiy izlanish, ishlab chiqarish, ulgurji va chakana savdo, o‘qitish sohalarini boshqaruv, nazariya- chilarni va amaliyotchilarni birlashtiruvchi bo‘lishi lozim.
O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidagi fuqarolarning malakaviy tibbiyot xizmatini olish huquqi to‘g‘risidagi va unga amal qilib, fuqarolar salomatligini, ishlash qobiliyatini saqlash va tiklashda dori vositalarining ahamiyatini tan olib, dori vositalari xavfsizligi va sifatini ta’minlash zarurligini hisobga olib, ularni yaratish, ishlab chiqarish, tayyorlash, qadoqlash, ro‘yxatga olish, sifati va narxini, xomashyo zaxiralarini nazorat qilish, transportda tashish, saqlash, sotish, eksport, import, reklama qilish va qo‘l- lashni nazorat etishni huquqiy ta’minlash farmatsevtika bozori tizimini boshqarishdagi davlat siyosatining asosiy vazifasi hisoblanadi.
Dorixona iqtisodiyotining o ‘ziga xos xususiyatlari
Dorixona iqtisodiyotining o‘ziga xos xususiyatlariga quyida- gilarni misol qilib keltirish mumkin:



  • dorixona faqat savdo muassasasi bo‘lmasdan, avvalo, tibbiyot muassasasidir;



  • dori vositalarining asosiy qismini shifokor ko‘rsatmasi, ya’ni retseptga asosan sotilishiga bo‘lgan talabning mavjudligi;



  • shifokor retsepti bilan sotiladigan dori vositalarini xaridor- lar o‘ziga o‘zi xizmat qiladigan bo‘limlarda, avtomatlar orqali va dorixona muassasalaridan tashqarida sotish taqiqlanishi;



  • retsept bilan sotiladigan dorilarni aholiga reklama qilish mumkin emasligi;



  • ayrim dori vositalarining mavsumiy xarakterga ega ekanligi;



  • ayrim dori vositalari, masalan, giyohvand va vaksina, zar- doblarning zarur zaxiralarini saqlash majburiyligi;



  • dorixonalarning keng miqdorda dori vositalari turlarini va shakllarini saqlash siyosatini amalga oshirishga majburligi;



  • shifokorlarning to‘liq tanishishga yoki o‘z amaliyotiga kiri- tishga ulgurmagan yangi dori vositalarining mavjudligi;



  • ehtiyojni noto‘g‘ri aniqlash natijasida ortiqcha miqdordagi dori vositalarining dorixonalarda yig‘ilib qolishi;



  • iqtisodiy tahlilsiz ehtiyoji yo‘q bir qator dorixonalarning yonma-yon ochilishi;



  • imtiyozli retseptlarga asosan, berilgan dori vositalari uchun tibbiy muassasalarning o‘z vaqtida va to‘liq mablag‘larni o‘tkazib bermasliklari;



  • dorixona muassasalarida maxsus oliy va o‘rta farmatsevtik ma’lumotli shaxslar egallashi mumkin bo‘lgan lavozimlarda, belgilangan tartibda farmatsevtika faoliyati bilan shug‘ullanish huquqini beruvchi attestatsiyadan o‘tish va sertifikatli mutaxas- sislar ishlashi mumkinligi.



Buning uchun dorixonalarda yetarli darajada shart-sharoitlar mavjud bo‘lishi va dorixona xodimlarining yuqori malakalari, ko‘nikmalari va bilimlari bo‘lishi zarur. Bozor iqtisodiyotiga o‘tish davrida dorixonalar savdoga ijobiy va salbiy ta’sir etuvchi obyektiv va subyektiv ta’sir etuvchi omillar mavjudligi bilan boshqa savdo tashkilotlaridan keskin farq qiladi.
Dorixonalar mulkchilik turidan qat’i nazar, bozor iqtiso- diyoti sharoitida faoliyat ko‘rsatish uchun yana:banklarda tegishli, ya’ni so‘mlik, erkin muomaladagi valutali hisob raqamlariga ega bo‘lishi;



  • bank, inkassatsiya xizmatlari, chakana savdo litsenziyasi, elektr energiyasi, gaz, suv, chiqindilami tashish, dorixonani qo‘riqlash uchun tegishli shartnomalar tuzish va boshqalar dorixonalar iqtisodiyotining asosiy qismini tashkil etadi.



. 12-mavzu. Dorixonada tovarlarni hisobga olish. Farmatsevtika maxsulotlarini sarfi.





Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   48   49   50   51   52   53   54   55   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling