1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


-mavzu. PUL MABLAG‘LARI VA HISOB-KITOB JARAYONLARINI HISOBGA OLISH


Download 497.44 Kb.
bet57/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

13-mavzu. PUL MABLAG‘LARI VA HISOB-KITOB JARAYONLARINI HISOBGA OLISH



Pul mablagiarini hisobga olish

Dorixona muassasalarida pul munosabatlari tizimi, aholiga naqd pulga sotilgan tovarlar, ishchi va xodimlaiga oylik maosh hisobi, ta’minotchilar, xaridorlar bilan pul o‘tkazish bo‘yicha hisoblar, davlat budjeti, banklar bilan turli xildagi xizmatlar bo‘yicha hisoblardan tashkil topadi.Pul mablagTarini hisobga olish xodimlari oldida quyidagi vazifalar turadi:dorixona muassasasi kassasida pul mablag‘lari bo‘lishi va harakatdagi doimiy muomalasining nazoratini ta’minlash;pul mablaglarmi vaqtida va to‘liq kirim qilish va bankka topshirish;bank kreditlaridan unumli foydalanish va ulardan o‘z vaqtida uzilish.

Kassa jarayonlarini hisobga olish
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining 2015-yil 22-iyundagi 2687-qaroriga binoan «Yuridik shaxslar tomonidan kassa jarayonlarini amalga oshirish qoidalari»ga muvofiq, barcha dorixona muassasalari pul mablag‘larini bankdagi hisob raqamida saqlashlari kerak. Kredit tashkilotlaridan olinayotgan naqd pullar dorixona tomonidan qat’iy belgilangan maqsadda ishlatilishi lozim. Dorixonalar o‘z kassalarida belgilangan miqdorda naqd pul saqlashlari mumkin va yuqori tashkilotlar bilan kelishilgan holda Markaziy bank tomonidan har yili belgilangan me’yorlar chegarasida pul tushumining bir qismini ishlatishlari mumkin. ,Dorixonalarda pul tushumidan naqd pullar belgilangan me’yor- lardan tashqari quyidagi maqsadlarga xarajat qilinishi mumkin: tasdiqlangan ish haqi fondi doirasida — ishchilarga ish haqini berishga;dorixona bo‘yicha tasdiqlangan rejaga asosan aholidan xili va miqdori bo‘yicha qabul qilinadigan dorivor o‘simlik xom- ashyosini sotib olishga;olidan dorixonaga idishlar sotib olishga va boshqalar.Kassadagi qoldiq me’yori har bir dorixona bo‘yicha alohida,yuqori tashkilot tomonidan taqdim etilgan hisob bo‘yicha, bank tomonidan belgilanadi. To‘langan ish haqi, mukofot puli, stipen- diyalar, nafaqalar, sotib olingan idishlar va dorivor o‘srmliklar xomashyosi bu hisobga qo‘shilmaydi.Dorixona o‘zining mayda xo‘jalik hisoblari uchun mo‘ljal- langan, me’yordan ortiq naqd pul mablag‘larini bank tomonidan belgilangan tartib va muddatlarda savdo hajmi bo‘yicha maxsus hisob raqamiga yoki hisob raqamiga topshirishi kerak. Dorixonada kassa jarayonlarini olib borish kassirga yuklati- ladi, uning lavozimi dorixona xodimlari ro‘yxatiga kiritiladi. Ishga qabul qilish vaqtida kassir bilan «To‘liq moddiy javobgarlik» haqida shartnoma tuziladi va uni lavozim yo‘riqnomasi bilan tanishtiriladi. Kassa jarayonlarini olib borish qoidalariga ko‘ra, dorixonaga tegishli bo‘lmagan pullarni saqlash man etiladi.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   53   54   55   56   57   58   59   60   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling