1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish


Download 497.44 Kb.
bet64/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Hisob-kitoblarni inventarizatsiya qilish
Banklar bilan qarzlar bo‘yicha, budjet, xaridorlar, mol yetkazib beruvchilar, hisobdor shaxslar, ishchi va xizmatchilar, deponentlar hamda boshqa debitor va kreditorlar bilan hisob- kitoblarning inventarizatsiyasi tegishli hujjatlar bo‘yicha qoldiq- larni aniqlash va buxgalteriya hisobi hisobvaraqlarida qayd etilgan summalarning asosliligini sinchiklab tekshirishga asos- lanadi. Hay’at debitor va kreditorlar hisobvaraqlari bo‘yicha qarzlarning paydo bo‘lishi, ularning haqiqiyligi va shunday bo‘lgan taqdirda, da’vo etish muddatlarini o‘tkazib yuborishda aybdor shaxslarni aniqlaydi.
«Tovar yetkazib beruvchilar va pudratchilar bilan hisob- kitoblar» hisobvarag‘ining yo‘ldagi tovarlar va faktura qilinmagan tovar bo‘yicha tovar yetkazib beruvchilar bilan hisob-kitoblar summalariga doir qismi alohida sinchiklab tekshirilishi kerak.
Bunda faktura qilinmagan tovarlar tarkibida to‘lanishi «Turli debitor va kreditorlar bilan hisob-kitoblar» hisobvarag‘ida aks ettirilgan summalar yoki haqiqatda to‘langan va olingan, lekin yo‘lda deb hisoblanuvchi materiallar va tovarlar summalari aks ettirilgani yoki ettirilmagani aniqlanadi.
Tovar yetkazib beruvchilarning hisobvaraqlarida schot ras- miylashtirilmagan mollar bo‘yicha qolgan summalarga, ana shu hisobvaraq buxgalteriya tomonidan tekshirilgach, mol yetkazib beruvchilardan hisobvaraq-schotlar talab qilinishi kerak. Mol yetkazib beruvchilar xaridorlarga hisobvaraq-schotlar taqdim etishlari yoki ularning taqdim etilmaslik sabablarini ma’lum qilishlari shart. Agar mol yetkazib beruvchida qarz bo‘lmasa, u buni xaridorga ma’lum qilishi kerak.
Ishchi va xizmatchilarga qarzlar bo‘yicha o‘z vaqtida talab qilib olinmagan, deponentlar hisobvarag‘iga o‘tkazilishi kerak bo‘lgan ish haqi summalari, shuningdek, ishchi va xizmatchilarga ortiqcha to‘lashlar summalari va buning paydo bo‘lish sabablari aniqlanishi kerak.
Hisobot beriladigan summalar inventarizatsiya qilish maq- sadli foydalanilishini hisobga olgan holda hisobdor shaxslarning berilgan bo‘naklar bo‘yicha hisobotlari, shuningdek, har bir hisobdor shaxs bo‘yicha berilgan bo‘naklar summalari, ularni berish sanalari va maqsadli foydalanilishi tekshiriladi.
Ishchi inventarizatsiya hay’ati hujjatli tekshirish yo‘li bilan quyidagilarni ham aniqlashi kerak:


  • banklar, xo‘jalik yurituvchi subyekt qismlari bilan hisob-kitoblarning aynanligi;



  • balans bo‘yicha qayd etilgan kamomad summalari to‘g‘riligi hamda ana shu qarzni undirish uchun qabul qilingan choralar;



  • balans bo‘yicha qayd etilgan debitorlik, kreditorlik va deponentlik qarzlari summalarining to‘g‘riligi va asoslangani, shuningdek, debitorlik qarzini majburiy tartibda undirishga da’volar taqdim etilgan yoki etilmagani;



  • muddati o‘tgan debitorlik qarzi mavjudligi sabablari.




Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   58   59   60   61   62   63   64   65   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling