1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Download 497.44 Kb.
bet14/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Fizikaviy nazorat. Bu nazoratda dori shaklining hajmi va umumiy massasi tekshiriladi. Dorixonada tayyorlanadigan va qadoqlanadigan dori vositasining har bir seriyasi, yakka tartibda
tayyorlanadigan dori vositalarining ba’zilari, sterilizatsiya talab qiladigan dori shakllari, sterilizatsiyaga qadar qadoqlangandan so‘ng fizikaviy nazoratdan o‘tadi.
Kimyoviy nazorat. Bunda dori vositalarining (sifatining tahlili)chinligi va miqdori tekshiriladi.
Dorixonada quyidagi dori vositalarining sifati tekshiriladi:
  1. dorixonada qadoqlanadigan dori vositalarining har bir seriyalari;


  2. yakka tartibda tayyorlanadigan dori vositalarining ba’zi birlari (0,1 % farmatsevt analitik lavozimi bo‘lsa, 0,3 % far- matsevt analitik lavozimi bo‘lmasa);


  3. barcha konsentratlar, yarimfabrikatlarning har bir seriya- lari;


  4. shtanglaslardagi va buretka qurilmalaridagi dori vositalari;


  5. omborxonadan dorixonaga keltirilgan dori vositalarining ba’zilari;


  6. tozalangan suv (xloridlar, sulfatlar, kalsiy tuzlarining yo‘qligi).


Dorixonada quyidagi dori vositalarining sifati va miqdori tekshiriladi:


  1. barcha inyeksiya uchun tayyorlanadigan dori vositalari (sterilizatsiyaga qadar va undan so‘ng);


  2. tarkibida giyohvand va kuchli ta’sir etuvchi moddalar saqlagan hamda ko‘z kasalliklarida ishlatiladigan dori vositalari (tomchilar, surtmalar);


  3. atropin sulfat, kumush nitrat, xlorid kislotasi eritmalari (ichish uchun);


  4. barcha konsentrat va yarimfabrikatlar;


  5. dorixonada tayyorlanadigan barcha dori vositalarining har bir seriyalari;


  6. stabilizatorlar;


  7. etil spirtining konsentratsiyasi.


Dorixonada tayyorlangan dorilarning sifatini nazorat qilib bo‘lingach, ularning natijalari tegishli hujjatlarda qayd etiladi.


Aseptik sharoitda tayyorlanadigan dori vositalariga qo ‘yiladigan sanitariya talablari
Aseptik blok havo tortish ventilatsiyasi bilan jihozlanadi. Mikroblar tarqalishini kamaytirish maqsadida harakatlanuvchi resirkulatsion havotozalagichlar o‘rnatilishi tavsiya etiladi. Aseptik
6. Peroksid qorong‘i joyda usti qoplangan ballonlarda yoki qulfda saqlanadi. Peroksidni og‘zi berk idishda tashish mumkin.
Yuvish vositalari o‘ramda yoki polietilen qoplarda quruq joyda saqlanadi.
Yuvilgan idish sifatini tekshirish.
1. Yuvilgan idishning tozalik darajasini aniqlash:
Yuvilgan va quritilgan idish ichki qismini 3—5 ml bo‘yovchi eritma bilan 10 soniya davomida ho‘llanadi. Bundan keyin bo‘yovchi moddani suv bilan yuviladi: idish ichki qismida sariq dog‘lar yoki yog‘ izlari bo‘lmasligi yuvilgan idishning tozalik darajasini bildiradi.
2. Bo‘yovchi vositalar qoldig‘ini aniqlash. Yuvilgan flakon distillangan suv bilan chayiladi. Chayilgan suv bilan paxta namlanib, fenolftalein spirti eritmasidan 1—2 tomchi tomiziladi. Yuvish
vositasining qoldig‘i bo‘lsa, paxta pushti rangga bo‘yaladi.
Dori tayyorlash xonalariga qofiladigan sanitariya-gigiyena talablari
Dori tayyorlash xonalarining joylashtirilishi ish faoliyatiga kerakli ish sharoitini yaratadi. Xonalarning joylashtirilishi ratsional deb hisoblanadi, qachonki, dori vositalari, idishlarning va h.k.
aseptik blokka yetib kelishi qisqa bo‘ladi. Aseptik sharoitda tayyorlash xonalari boshqa xonalardan shluzlar bilan ajratiladi.
DPM dorixonalari tasarrufidagi xonalar dori tayyorlash va moddiy boyliklarni saqlash xonalariga ajratiladi. Dori tayyorlash xonalari asosiy va yordamchilarga bo‘linadi. Asosiy dori tayyorlash
xonalariga quyidagilar kiradi.
  1. retseptura xonasi;


  2. assistentlar xonasi, aseptik blok, refektor xonasi, qadoqlash xonasi.


Retseptura xonasi farmatsevtlarning ish joylari bo‘lib, retsept qabul qilish, dori preparatlarini va tibbiyot buyumlarini berishdan iborat. Ushbu xona assistentlar xonasi, material xonasi bilan chegaradosh bo‘ladi. Assistentlar xonasi, aseptik blok, defaktor, qadoqlash xonalarida assistentlar, farmatsevtlar, qadoqlovchilar ishjoylari joylashtirilgan.


Yordamchi xonalarga analitik, distillash-sterillash, yuvish xonalari kiradi. Bu yerda farmatsevtlar va yordamchi xodimlar ishjoylari bo‘lib, dori moddalari sifatini tekshirish, dorixona idishlarini yuvish, distillangan suvni olish va h.k. ishlar o‘tkaziladi. Dori vositalari va tibbiyot buyumlarini saqlash uchun alohida xona ajratilib, moddiy boyliklarning hamma turi ularning fizik- kimyoviy xossalariga muvofiq saqlanadi.
Assistent xonasi retsept (talabnoma) bo‘yicha DPM va xonalar uchun dori tayyorlash va ularning sifatini tekshirish uchun mo‘ljallangan. Shuningdek, bu yerda qadoqlash ishlari va dorixona
ichki mahsulotini tayyorlash mumkin. Assistentlar xonasida xodimlaming ko‘pchiligi ishlaganligi sababli, ish hajmi va xodimlar soniga mos kelishi kerak. Assistentlar xonasining derazalariga
quyosh nuri to‘g‘ridan to‘g‘ri tushmasligi va shunga qaramay, tabiiy yorug‘lik ham yaxshi bo‘lishi lozim. Xonaning tagiga linoleum yotqiziladi.
Assistent xonasi dorixona anjomlarijihozlari bilanjihozlanadi assistentlar stoli, toza idishlar saqlanadigan javonlar, buretkalarmoslamalari distillangan suv o‘tkazuvchi moslamalar, infirndir
apparatlar, zaharli moddalar saqlash javonlari, har xil og‘irlikdagi tarozilar, maydalagichlar, dozatorlar va boshqalar. Kirish yonida yuvish, zararsizlantirish vositalari to‘plami joylashtiriladi, sovitgich,
bakteritsid yoritgich va boshq. Assistentlar xonasidagi jihozlar ishlash uchun qulay va samarali joylanishi kerak. Ish tugagach, hamma ish joylari, apparatlar yuvish va zararsizlantiruvchi vositalar bilan yuviladi.
Assistentlar xonasining poli kuniga kamida 1 marta yuviladi, devor eshiklari haftada 1 marta, shiplar oyda 1 marta yuvib tozalanadi.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling