1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Download 497.44 Kb.
bet22/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Yaroqlilik muddati — tayyor dori vositasi me’yoriy tahlil hujjatlari talablarining barcha ko‘rsatkichlari bo‘yicha sifat muvofiqligiga kafolat beradigan vaqtning muddati. Bundan tashqari, saqlash muddatiga muvofiq, markirovkada saqlash muddatining tugashi haqida ko‘rsatmasi bo‘lishi kerak.
Dorixona assortimentidagi dori vositalari, tibbiy buyumlar va boshqa tovarlar aksariyati uchun oxirgi hamda kafolatli yaroqlilik muddatlari belgilangan. Dori vositalari yetkazib berishning alohida shart-sharoitlarida qolgan yaroqlilik muddatlari belgilangan bo‘lib, ularga muvofiq ishlab chiqaruvchi omboridan jo‘natish vaqtida yorlig‘ida ko‘rsatilgan yaroqlilik muddatining 80 % qolishi, maxsus yaroqlilik muddati qisqa bo‘lgan bakteriya preparatlari uchun 50 % dan kam bo‘lmasligi kerak.
Yuqoridagi dori vositalarining dorixona omborlaridan chakana savdo shoxobchalariga va davolash-profilaktika muassasalariga jo‘natishda qolgan yaroqlilik muddatining 60 % i, bakteriya preparatlari uchun esa yorliqda ko‘rsatilgan yaroqlilik muddati 40 % dan kam bo‘lmasligiga ahamiyat beriladi. Yaroqlilik muddati qancha qolganligini seriya raqamidan ham aniqlash mumkin.
Seriya — bitta texnologik jarayonda yoki bir qator ketma- ket texnologik jarayonlarda olingan aniq dastlabki ashyo miqdori, qadoqlash materiallari yoki yarimtovarlarni qayta ishlab chiqil- ganda, sifatning xosligi bir xil bo‘lgan tayyor tovar (dori vosi- tasi)ning aniq miqdori.
Seriya raqami arab raqamlarida birga qo‘shilgan holda belgi- lanadi. Bunda oxirgi to‘rt raqam ishlab chiqarilgan oy va yilni belgilaydi. Oxirgi to‘rt raqamdan oldingilari esa ishlab chiqarilgan seriya raqamlari hisoblanadi (raqamlar o‘lchami 5 mm.dan kata bo‘lmasligi kerak).
Saqlash muddati seriya raqamlari rim raqamlarida (arab raqamida ham bo‘lishi mumkin) belgilashda oy ko‘rsatilib, arab raqamlarida esa ikki oxirgi raqam yilni ko‘rsatadi. Yaroqlilik muddatlari quyidagi variantlarda ko‘rsatilishi mumkin: «Yaroq- lilik muddati X.02» yoki «X.02. gacha».
Barcha ishlab chiqaruvchilardan keltirilayotgan tovarlar — Sog‘liqni saqlash vazirligining Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi sinov laboratoriyalari hamda boshqa vakolatli organ tomonidan majburiy nazoratdano‘tkaziladi. Bular farmatsevtika bozori muomaladagi dori vositalarining quyidagi sifat tartibi asosida reglamentga solinadi:
  • O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 28-dekabrdagi «Tovarlar va xizmatlarni sertifikatlashtirish to‘g‘risida»gi Qonuni;


  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 1999-yil 15-martdagi «Dori vositalari sifatini yaxshilash to‘g‘ri- sida»gi 163-buyrug‘i;


  • O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2002-yil 8-apreldagi 162-buyrug‘i bilan tasdiqlangan «Dori vositalari sifat standarti». Tarmoq standarti;


— O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomo- nidan 2002-yil 29-dekabrda tasdiqlangan «Dori vositalarini sertifi- katlashtirish qoidalari».


Sertifikatlashtirish vaqtida hamda saqlashjarayonida aniq- langan sifatsiz dori vositalariga nomuvofiqlik bayonnomasi rasmiylashtiriladi va 3 kun ichida buyurtmachi (ishlab chiqa- ruvchi)ga, «O‘zstandart» agentligiga va Sog‘liqni saqlash vazirligi Dori vositalari va tibbiy texnika sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasiga xat orqali bildiriladi. Sifatsiz dori vositalari belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Laboratoriya tahlillari yoki oxirgi ekspertiza xulosasidan keyin tovar saqlash bo‘limlariga beri- ladi.
Dori vositalari va tibbiy buyumlarni saqlash xonalari o‘z tuzilishi, tarkibi, maydon o‘lchamlari hamdajihozlanishijiha- tidan amaldagi me’yoriy texnik va litsenziyalash hujjatlarida dorixona omborlari hamda dorixonalariga keltirilgan jami talablarga javob berishi kerak. Xonalarning tuzilishi, ekspluatatsiya va jihozlanishi dori vositalari va tibbiy buyumlari butligi, fizik-kimyoviy xossalarini saqlab berishni ta’minlashi zarur. Buning uchun xonalar qo‘riqlash va tegishli yong‘inga qarshi vositalar bilan ta’minlanadi.
Dori vositalarini saqlash xonalarida joylashtirish: stellajlarda, zavod taralarining standart idish tagliklarida, tovar tagliklarida, elevator stellajlarining tarasida (mayda tovarlar) mumkin. Stellajlar tashqi devordan 0,6—0,7 m uzoqlikda; tomdan 0,5 m; poldan 0,20 m uzoqlikda joylashgan bo‘lishi kerak. Stellajlar orasidagi masofa tovarlar oldiga bemalol kelishni ta’minlab beradigan va 0,75 m.dan kam bo‘lmasligi, stellajlar oralig‘i yoritilgan bo‘lishi kerak.
Saqlash xonalari ozoda bo‘lib, sanitariya-gigiyena qoidalariga rioya qilgan holda tozalanadi.
Tayyor preparatlarni stellajlarda, javonlarda, shkaflarda saqlanishi bo‘yicha quyidagi talablarni bajarish kerak:
• dori vositalarinijoylash va o‘rnatishni asl yorliqlarda etiketkasi (markirovkasi) tashqariga qilib amalga oshiriladi;
• dori vositalari yonida dori vositalari nomi, seriya, saqlash muddati, miqdori belgilangan stellaj kartalari o‘rnatiladi. Karta qalin qog‘ozda chop etiladi. U har bir yangi keltirilgan seriyaga keyinchalik o‘z vaqtida tarqatishni nazorati uchun yurgiziladi.
Saqlash bo‘limlarida saqlash muddatlari bo‘yicha kartoteka yurgiziladi. Saqlash muddatlari o‘tib ketgan preparatlar, boshqa dori vositalaridan alohida, tahlil natijalari kelguncha saqlanadi. Dori vositalari va tibbiyot buyumlariningjoylashuv hisobi uchun belgilangan qoidalarga asoslangan holda kompyuter dasturlari va texnologiyalaridan ham foydalanilmoqda.
Saqlash bo‘limlaridan tovarlarni berish dorixona va davolash- profilaktika muassasalari, boshqa sotib oluvchi tashkilotlar tomo- nidan berilgan buyurtmalarga binoan amalga oshiriladi. Buyurtma- talabnomalar 1—2 nusxada (ikkinchi nusxasi dorixonada kirimni nazorat qilish uchun qoladi) alohida har bir bo‘limga yoziladi. Buyurtma-talabnomada dori vositalarning nomi, o‘lchov birligi va talab qilinadigan miqdori ko‘rsatiladi. Zaharli va giyohvandlik vositalari hamda etil spirti uchun miqdori so‘z bilan ko‘rsatilgan holda alohida talabnomalar yoziladi.
Omborxonaga kelib tushgan hamma talabnomalar qayta ko‘rib chiqiladi va kerak holda ayrim o‘zgartirishlar kiritiladi. Bunda dorixona omborida dori vositasining mavjudligi, uni yetkazib berishning bir tekisligi, xizmat qiluvchi davolash-profilaktika muassasalarining ixtisosi, ulardagi o‘rinlar soni inobatga olinadi.
Respublikaga yoki viloyatlarga cheklangan miqdorda keladigan dori vositalari va tibbiy buyumlari tegishli koeffitsiyentlar bo‘yicha taqsimlanadi. Tarqatish koeffitsiyenti — aniq dorixona tomonidan xizmat qiluvchi hudud bo‘yicha statistik ko‘rsatkich (kasallar soni, o‘rinlar miqdori)ning dorixona ombori bilan xizmat ko‘rsatuvchi hududlardagi shu ko‘rsatkichining umumiy soniga nisbati.
Har bir dorixona yoki davolash-proflaktika muassasalari bo‘yicha hamma dori vositalari nomlari buyurtma-talabnomalarni qayta ko‘rib chiqish va o‘zgartirishlar asosida saqlash bo‘limlarida yig‘iladi, tovar yukxatlari bilan solishtiriladi va ekspeditsiya bo‘limiga beriladi.
Ekspeditsiya bo‘limida tibbiyot tovarlarining qadoqlanishi amaldagi qoidalarga rioya qilgan holda bajariladi. Tovarlar qadoqlanishi buyurtmaning hajmiga qarab, ombor bo‘limlarida konteynerlarning har xil o‘lchamli qutilarda amalga oshiriladi. Bunda ekspeditsiya bo‘limi tovarni joylarning miqdori bo‘yicha qabul qiladi. Ekspeditsiya bo‘limida qadoqlovchi tovarni qadoqlashda qo‘shimcha qilinadigan varaqaning ikki nusxasini to‘lg‘izadi va imzolaydi, bir nusxasi qutiga qo‘yiladi. Ikkinchi nusxasi esa yukxati bilan ekspeditsiya bo‘limida qoladi.
Tovarlarning omborxona bo‘yicha hamma bo‘limlaridagi harakati tovarlarni hisobga olish va nazorat qilinishini ta’min- laydigan amaldagi hujjatlarga rioya qilgan holda olib boriladi. Omborxonaning moddiyjavobgar shaxsi buxgalteriya hujjatlarini rasmiylashtirishning belgilangan tartibi asosida tovarlarning kirimi va chiqimini belgilashi kerak.
Tovarlarni jo‘natish sanasi, dorining nomi (dori shakli va dozasini), yetkazilgan miqdor, berilgan dorining narxi, qiymati, ta’minotchi hamda oluvchining nomi va manzili, muvofiqlik sertifikatining raqami hamda berilgan sanasini aniqlab beradigan hujjjatlar bilan birgalikda yetkazib beriladi.
Dori vositalarini yuk jo‘natishdagi javobgar shaxslarga quyida- gilar yuklatiladi:
  • dori vositalari va tibbiy buyumlarning har bir buyurtmani belgilangan holda kuzatuv hujjatlari bilan ta’minlab berish;


  • tovar-kuzatuv hujjatlarida barcha zarur axborotning mavjud- ligini nazorat qilish;


  • dori vositalari va tibbiy buyumlarni tashish jarayonida butligi, lizik-kimyoviy xususiyatlari buzilmasligini ta’minlash.


Omborxonadan tovarni olib ketish maxsus ruxsatnoma bilan rasmiylashtiriladi. «Tovar-moddiy boyliklarni olib chiqish uchun ruxsatnoma» ekspeditsiya bo‘limida tovarlar yuklatilgan va


ko‘chirgich qog‘oz orqali ikki nusxada yozilgandan so‘ng beriladi. Ikkinchi nusxasi oluvchining imzosi bilan ekspeditsiya bo‘limida qoladi. Ruxsatnoma faqat berilgan kunida o‘z kuchiga ega.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling