1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


-mavzu. Xususiy dorixonalarni boshqarish


Download 497.44 Kb.
bet18/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

5-mavzu. Xususiy dorixonalarni boshqarish

O‘zbekiston Respublikasidagi o‘tkazilgan dorixona muassasalarini davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirishdan ko‘zdatutilgan asosiy maqsad aholini dori vositalari, tibbiyot buyumlari bilan to‘xtovsiz va to‘liq ta’minlashdan iboratdir. Bunda har bir muassasa-korxona rahbari va boshqa xodimlarining ishbilarmonliklari, tadbirkorligidan to‘liq foydalangan holda ishlab chiqarishni rivojlantirishga yo‘naltirilgandir.



Ma’lumki, bozor iqtisodiyotiga o‘tishning birinchi sharti —bu davlat mulkini xususiylashtirishdan iboratdir. Bozor iqtiso- diyoti — bu xususiy mulkchilikka asoslangan iqtisodiyotdir. Bozor iqtisodiyotining hayotligi, samaradorligi va uning afzalligini jahondagi rivojlanib borayotgan barcha mamlakatlar tajribasi ko‘rsatmoqda.
Dorixonalarni boshqarish uning ustavi asosida olib boriladi. Xususiy dorixona o‘z oldida turgan barcha vazifalarni muvaf- faqiyatli bajarishi, ko‘pjihatdan uni boshqarishga va uning rahbariyatiga bog‘liqdir. Dorixona egasi mustaqil ravishda boshqaruv tizimini, dorixona shtatini belgilaydi. Dorixona egasi dorixonani o‘zi bevosita yoki farmatsevt-menejer orqali boshqaradi.
Dorixona egasi dorixona faoliyati masalalarini mustaqil hal qilib, dorixona nomidan ishonchnomasiz harakat qiladi. Vata- nimiz va chet el korxonalarida uning manfaatlarini ifodalaydi. Shartnomalar, shu jumladan, mehnat shartnomalari tuzadi, ishonchnomalar beradi, banklarda hisob-kitob varag‘i ochadi, vositalardan foydalanish huquqini joriy etadi, dorixona shtatini tasdiqlaydi, buyruqlar chiqaradi va barcha xodimlar uchun majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar beradi.
Dorixonalardagi farmatsevtik va boshqa xodimlarni ishga qabul qilish va ularni egallab turgan lavozimidan bo‘shatish dorixona mudirining huquq doirasiga kiradi. U xodimlarni ishga qabul qilishda bitim va shartnomalar tuzadi, bunda ularning huquq va vazifalari, mehnat sharoitlari va egallagan lavozimidan bo‘shatish
shartlari O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlar maj- muasida e’tiborga olingan kafolatlari hisobga olgan holda ko‘rsatiladi.
Dorixona egasi o‘zining o‘rinbosarlari, bosh hisobchi va boshqa hisobchi xodimlarni mustaqil ravishda ishga oladi va bo‘shatadi.
Dorixona o‘z faoliyatini mustaqil rejalashtiradi, resurslarini, dori vositalari va idishlarini borligidan kelib chiqib va ishlab chiqarilayotgan mahsulotga bo‘igan ehtiyojni e’tiborga olgan holda kelgusidagi rivojlanish yo‘nalishlarini belgilaydi. Dorixona dori vositalarini ishlab chiqarish, ularni sotish va shartnoma asosida
davlat ehtiyojlari uchun xizmat ko‘rsatish bo‘yicha ish olib boradi.
Dorixona boshqa muassasa, tashkilot va fuqarolar bilan xo‘jalik faoliyatining barcha sohalaridagi munosabat shartnoma asosida o‘rnatiladi. U shartnoma turini, majburiyatlar va xo‘jalik munosabatlarining qonunga zid bo‘lmagan boshqa ko‘pgina shartlarini erkin holda tanlashi mumkin.
Dorixona farmatsevtik bozorning holati, muayyan sherik- larning imkoniyatlarini o‘rgangan holda o‘z ishlab chiqarishini mustaqil ta’minlaydi, mahsulotlarni to‘g‘ridan to‘g‘ri yoki vosi- tachilar yordamida sotadi. Dorixona mollarni shartnoma asosida ta’minotchi belgilangan narxda sotib oladi, dori vositalari va turli xizmat ko‘rsatishni belgilangan tartibda ustamani qo‘llagan holda, agar boshqasi shartnomada ko‘rsatilmagan bo‘lsa, kelishilgan erkin narxda amalga oshiradi.
Sotiladigan dori vositalari va tibbiyot buyumlari sifati uchun mas’uliyat dorixona egasiga yuklatiladi. Dorixonada tayyorlana- digan va sotiladigan dori vositalari sifati ustidan nazorat olib borish «Dori-darmon» aksiyadorlik kompaniyasi qoshidagi nazorat xizmati va uning joylardagi birlashmalari tomonidan amalga oshiriladi.
Dorixonada buxgalter hisoboti va balans, soliqlar bo‘yicha hisoblar, boshqa zaruriy hujjatlar va ma’lumotlarni soliq tashki- lotlariga taqdim etadi.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   14   15   16   17   18   19   20   21   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling