1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Shartnomalar tuzish tartibi
Dori vositalari va tibbiy asboblar ulgurji savdosi qoidalari, standartlari O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining 2002-yil 16-dekabrdagi 547-buyrug‘i bilan tasdiqlangan. Tibbiyot tovarlari ta’minotchi va iste’molchilar o‘rtasida tuzilgan shartnomaga asosan yetkazib beriladi. Uning talablarini bajarish har ikki tomon uchun ham majburiydir. Shartnoma tibbiyot tovarlarini yetkazib berishda qatnashuvchi tomonlar huquq va burchlarini belgilovchi asosiy hujjat hisoblanadi. Ulgurji savdo korxona-tashkilotlar dori vositalari va tibbiy buyumlarni ishlab chiqarish litsenziyasiga ega bo‘lgan ulgurji savdo korxonalaridan ishlab chiqarish maqsadlari uchun ishlab chiqaruvchi korxonalarga, dorixona muassasalariga dori vosita- larini sotishi mumkin. O‘zbekiston Respublikasi hududida, faqato‘rnatilgan tartibda ro‘yxatga olingan dori vositalari, tibbiy buyumlar, sanitariya-gigiyena ashyolari sotilishi mumkin. Ta’minotchi va iste’molchilar o‘rtasida tuziladigan shartno- maning asosini yetkazib berish shartnomasi tashkil qiladi. Butovarni ishlab chiqaruvchi korxona, ta’minotchi bilan iste’molchi o‘rtasida ma’lum xil dori vositalari va tibbiyot buyumlarini qabul qilib, kelishilgan narxlarda uning haqini to‘lashligi haqidagi hujjatdir. Yetkazib berishning alohida shartlari mavjud bo‘lib, unda ta’minotchi va iste’molchilarni, ya’ni tomonlarni qiziqtiruvchi masalalar ko‘zda tutiladi. Shartnomada yetkazib beriladigan tovarning nomi, miqdori, narxi, shartnoma summasi, tovar kelib tushish muddatlari, jo‘natish va hisob-kitob qilish tartibi aniq ko‘rsatilishi shart. Bundan tashqari, tibbiyot tovarlarining o‘ziga xos spetsifika- tsiyalarini hisobga olib, «Tovarlarni yetkazib berish shartlari to‘g‘risida»gi nizomda alohida tartiblar ko‘zda tutilgan, ya’ni tovarlarnijo‘natish tartibi va muddatlari, tovarlar, idishlar va upakovka (o‘rab-joylash) sifatiga talablar, eng kam miqdorda jo‘natish miqdori, qabul qilish tartibi va idishlarni qaytarish to‘g‘risida alohida tartiblar belgilangan. Shartnomalar faqat yozma ravishda, ikki nusxada tuzilib, odatda, bir yilga tuziladi, lekin ular, shuningdek, qisqa muddatli, fasliy, ma’lum bir ishni bajarishga mo‘ljallangan bo‘lishi mumkin. Uning yozma ravishda rasmiylashtirilishi, ta’minotchi bilan iste’molchi o‘rtasida paydo bo‘ladigan nizo va kelishmovchiliklarini ko‘rib chiqishni va ularni hal qilishni yengillashtiradi. Har ikki tomon ham shartnoma tuzishda va uni bajarishlarida, xo‘jalik hisobi qiziqishlarini hisobga olishlari lozim. Ta’minotchi iste’molchilarm keng assortimentdagi mollar biian ta’minlamoqchi bo‘lsa, ular shartnomaga spetsifikatsiya ilova qiladilar va uni ham tomonlar imzo va muhr bilan tasdiqlaydilar. Shartnoma munosabatlari tomonlarning iqtisodiy majburiyati bo‘lgani uchun, ularni bajarmaslik qonun yoki shartnomada belgilangan tartibga ko‘ra, iqtisodiy jazolanadi (jarima, neustoy- ka), majburiyatni bajarmagan korxona o‘z mijoziga yoki sherigiga keltirilgan zarar belgilangan asosda qoplanadi. Hozirgi kunda shartnomalarni tuzishda O‘zbekiston Respub- likasining Fuqarolar kodeksi va 1998-yil 29-avgustda tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasining «Xo‘jalik subyektlari faoliyatining shartnoma-huquqiy bazalari to‘g‘risida»gi Qonuniga asosan tuziladi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling