Tovar harakatining kanallari. Savdo tarmog‘ining asosiy turlari
Farmatsevtik bozorda tovar harakatining kanallari bir yoki bir necha kompaniyalar bilan amalga oshirilmoqda. Ular dori vositalarini iste’molchiga yetkazib berishda ishtirok etadi va ularni tovar harakatining ulgurji va chakana savdo korxonalari deb ta’riflash mumkin.
Tovar harakatining kanallari — tovar (yoki xizmat)ga bo‘lgan huquqni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga o‘tkazishni ta’min- lovchi tashkilot yoki alohida shaxslarning yig‘indisidir.
Tovar harakatining ikki asosiy turi mavjud:
Agar mahsulot ishlab chiqaruvchidan bevosita iste’molchiga yetib borsa, bu kanalning to‘g‘ri turi hisoblanadi. Bunda faqat ikki qatnashuvchi ishtirok etadi. To‘g‘ri kanallarning yana bir nomi, bu — nol darajali kanal.
Egri (ko‘p darajali) kanal — mahsulotni ishlab chiqaruv- chidan iste’molchiga vositachilar tizimi orqali sotilishi. Agar vositachi 1 ta bo‘lsa, bu birinchi darajali kanal. Agar vositachi 2 ta bo‘lsa, ikkinchi darajali kanal.
Tovar harakati kanallari vertikal va gorizontal bo‘lishi mumkin:
vertikal tovar harakati kanallari yagona tizim sifatida ish ko‘rsatadi, ishlab chiqaruvchi, ulgurji va chakana vositachilar, iste’molchilarni o‘z ichiga oladi. Ular umumiy maqsadlarni ko‘zlaydi va birlashgan nazoratda xizmat ko‘rsatadi;
gorizontal tovar harakati kanallari, bir qancha firmalar birlashmasi bo‘lib, aniq bozorni birgalikda egallash uchun mo‘l- jallangan. Bunday sotish tizimidan dorixona tizimida ham foyda- lansa bo‘ladi. Masalan, keng ko‘lamda reklama kompaniyasini o‘tkazish va o‘z tovarlari savdosini ko‘paytirish maqsadida aniq hudud dorixonalarini birlashtirish.
Dorixona savdo qilish tarmog‘i uchun bilvosita ikkinchi darajali (vositachi bilan) kanallari xos. Ikkinchi darajali kanal qatnashuvchilari: savdo qilish tarmog‘ining asosiy turlari.
Savdo qilish tarmog‘ini tashkillashtirish quyidagi uch asosiy omillarga bog‘liq:
mahsulot turi;
bozorning geografik ko‘lami;
iste’molchining fe’l-atvori.
Ularga muvofiq, savdo tarmog‘ining uch asosiy turi ajra- tiiadi:
Mahsulot turlari bo‘yicha.
Hududlar bo‘yicha.
Iste’molchining fe’l-atvori bo‘yicha.
Do'stlaringiz bilan baham: |