1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Mahsulot turlariga qarab savdo tarmog‘i


Download 497.44 Kb.
bet24/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

1. Mahsulot turlariga qarab savdo tarmog‘i. Mahsulot turiga qarab, savdoni tashkil qilishda bir yoki bir necha xil tovar turlariga ixtisoslashtirilgan alohida bo‘linmalar shakllanadi. Qachonki, mahsulot nomlari assortimenti bo‘yicha ajralib tursa va maxsus bilimlarni talab qilsa, shunda bu savdo qilish tarmog‘i afzalroq ko‘riladi.Shunday qilib, dorixona tovarlari ancha farqlanadigan assorti- mentli guruhlarga bo‘linadi: dori vositalari va sanitariya-gigiyenaashyolari, bog‘lov vositalari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan buyumlar; tibbiyot texnikasi, optika va boshqalar.
Shu bilan birga, dorixona tarmog‘ida aniq tovarlar guruhlari savdosi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar shakllanadi (masalan, tibbiyot texnikasi uchun — «Tibtexnika» do‘konlari,
ko‘zoynak, gardish, linzalarni sotish uchun — «Optika» va boshq.).
Keyinchalik bundan ham kengroq ixtisoslashtirish ehtimoli bor. Masalan, tayyor dori vositalari, dorivor o‘simlik xom- ashyosi hamda dori vositalarining aniq guruhlari (sil, diabet, o‘sma kasalliklariga qarshi va boshqa preparatlarni sotish bo‘yicha ixtisoslashgan dorixonalar) savdosi bo‘yicha ixtisoslashgan dori- xonalar, gomeopatik dorixonalar.
2-Hududlar bo'yicha savdo qilish tarmog'i. Hududlar bo‘yicha savdoni tashkillashtirishda hududiy savdo qilish tarmoq bo‘linma- lari shakllanadi. Masalan, hududlarda dori vositalari va tibbiyot
buyumlari savdosini tashkillashtirish uchun shaharlar, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha dorixona tarmog‘I shakllangan.
Savdo faoliyatining mahsulot turlari bo‘yicha hamda hudud (mamlakat)lar bo‘yicha tashkillashtirilgan mustaqil turi, bu eksport — chet el bozorida mahsulotning savdosi.


  1. Iste’molchi fe’l-atvori bo'yicha savdo qilish tarmog'i. Iste’- molchi fe’l-atvoriga qarab, savdoni tashkil qilganda, bir yoki bir nechta iste’molchilar turlarining xizmat qilishiga ixtisoslashti-
    rilgan, alohida bo‘linmalar shakllanadi. Masalan, dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotish uchun quyidagicha tashkiilashtiriladi:
  • faqat aholiga xizmat qiluvchi dorixonalar;


  • bitta davolash-profilaktika muassasasi (shifoxona)ga xizmat qiluvchi dorixonalar;


  • bir nechta davolash-profilaktika muassasalari va boshqa tashkilotlarni ta’minlaydigan dorixonalar.


Dorixona tizimida to‘g‘ri shakllangan sotish tarmog‘i iste’mol-chilarning talablarini to‘liq qondirishga imkon beradi, bu, o‘z navbatida, tovarning optimal harakatini ta’minlab beradi.


Ulgurji vositachilarning vazifalari, funksiyalari va tasnifi
Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berishda tadbirkorlik faoliyati maqsadida tovarlar yoki xizmatlarni sotish va olib sotish maqsadida ulgurji vositachi (tashkilotlar va alohida shaxslar)ning o‘rni katta.
Ulgurji vositachilarning asosiy vazifasi — ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar (dorixonalar bilan) o‘rtasidagi uzilishni yo‘qotib, muntazam aloqalarni va markazlashtirishni ta’min-
lashdir.
Farmatsevtik tovarlar harakati tizimining zarur sharti — ulgurji vositachi (dorixona ombori) aloqalari orqali iste’molchi- larga yetkazish hisoblanadi.
Ulgurji vositachilar Junksiyalari. Farmatsevtika bozorida ulgurji vositachilar quyidagi funksiyalarni bajaradi:
  • Marketing — bozorning kompleks tahlili, tovar siyosati va narx siyosati va boshqalarni amalga oshirish.


  • Axborotli — kerakli axborot bilan ta’minotchilarni va chakana tashkilotlarni ta’minlash.


  • Tovarlarni qabul qilish, saqlash va tovar zaxiralarini bosh- qarish.


  • Tovarni tashish.


  • O‘z xaridorlarini kreditlash — tovarlarni iste’molchilarga kreditga berish.


  • Rejalashtirilmagan xarajatlar xavf-xatarini qayta taqsimlash.


  • Tovarga egalik huquqini olgan holda ulgurji vositachilar, tovarlarning buzilishi, o‘g‘irlanishi, unga qo‘yilgan narxlarning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum xavf-xatardan ishlab


    chiqarishni xalos etadilar.


Ulgurji vositachilar tasnifi. Ulgurji vositachilar bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan vositachilarga bo‘linadi.
Bog‘liq bo‘lmagan vositachilar ta’minotchilardan tovarni sotib oladilar, tovar sotish huquqini olgandan so‘ng ulguiji vositachi- larga xos bo‘lgan hamma funksiyalarni bajaradilar. Ularga distributerlar kiradi — bu firmalar yirik ishlab chiqaruvchi- lardan to‘liq ulgurji sotib olish asosida savdoni bajaradi. Distribu- terlar shaxsiy omborxonalarga ega, ular, odatda, tovar ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli aloqalar o‘rnatadilar.
Bog‘liq bo‘lgan vositachilar — tovarga egalik huquqini olmagan va bevosita savdoda ishtirok etmaydigan firmalar yoki ayrim tadbirkorlar (agent va brokerlar). Ular sotish yoki oldi-sotdi
jarayonlariga ko‘maklashadi, ya’ni sotuvchilar va xaridorlarni birlashtiradi hamda axborot va marketingli funksiyalarni bajaradi.



Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling