1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Download 497.44 Kb.
bet32/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Dorixona muassasasidan dori vositalari va tibbiy buyumlarni berish tartibi. Davolash-profilaktika muassasalarining bo‘limlari dori vositalari va tibbiy buyumlarni talabnoma asosida dorixonadan oladi. Talabnomada muassasaning shtampi, muhri bosilgan bo‘lishi va u rahbar yoki davolash ishlari bo‘yicha rahbar muovinining imzosi bilan tasdiqlanadi. Talabnomada dori vositasining nomi, dozasi, turi (tabletka, ampula, surtma, qalamcha va boshq.), umumiy miqdori va o‘ram turi (quti, llakon va boshq.) yoziladi. Talabnomada dori vositasining nomi lotin tilida yoziladi va qo‘llash usuli ko‘rsatiladi (ichish uchun, inyeksiya uchun, sirtqi, ko‘z tomchisi va boshqalar). Agar talabnoma (dori vositasi) ma’lum bir bemor uchun yozilsa, unda bemorning familiyasi, ismi, sharifi, kasallik varaqasi raqami ko‘rsatiladi. Dorixonadan dori vositalari mas’ul xodim tomonidan davolash-profilaktika muassasa bo‘limi hamshirasiga talabnoma asosida beriladi. Talabnoma ikki nusxada to‘ldiriladi, bittasi dorixonada hisobot uchun olib qolinadi, ikkinchisi berilgan tovar bilan bo‘limga qaytarib beriladi.
Giyohvandlik, psixotrop vositalari, prekursorlarga hamda zaharli moddalar va etil spirtiga alohida-alohida talabnomalar yoziladi. Talabnomada davolash-profilaktika muassasasining shtampi, yumaloq muhri bosilgan bo‘lishi hamda bosh shifokor yoki davolash ishlari bo‘yicha muovinining imzosi bilan tas- diqlanadi. Ushbu dori vositalari bir martalik ishonchnoma asosida beriladi.
Davolash-profilaktika muassasa bo‘limlari tomonidan talab- nomalar yozish va to‘ldirish Sog‘liqni saqlash vazirining 2002-yil 26-iyundagi 297-buyrug‘i 3-ilovasi — «Dorixona muassasalaridan dori vositalarini berish tartibi»ning tegishli bandlariga muvofiq rasmiylashtiriladi.
Davolash-profilaktika muassasalari va aholini dori vositalari ta ’minoti bo ‘yicha nazorat qiluvchi faoliyatdagi hay’at
Davolash-profilaktika va dorixona muassasalarining dori prepa- ratlarga bo‘lgan ehtiyojini ilmiy asosda ta’minlash, rejalash- tirish, to‘g‘ri taqsimlash va ularni qo‘llash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan respublika davolash-profilaktika muassasalarini dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalarni sotib olish, taqsimlash va ulardan unumli foydalanishni nazorat qiluvchi doimiy komissiya tuzilgan.
Komissiya tarkibiga O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saq- lash vazirligining xodimlari, «Dori-darmon» AK, Dori vosita- lari va tibbiy texnik sifatini nazorat qilish bosh boshqarmasi boshlig‘i, tibbiyot institutlarining bosh mutaxassislari, davolash- profilaktika muassasalarining yetakchi mutaxassislari kirishadi. Hay’atni O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining birinchi muovini boshqaradi. Doimiy ish ko‘radigan hay’at o‘z faoliyatida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmonlari va Farmoyishlariga, boshqa qonunchilik hujjatlariga, shuningdek,
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirining buyruq va farmoyishlariga amal qiladi.
Hay'at aholining kasallanish dinamikasini, tibbiyot maskan- laridagi kasallik o‘rinlari, dorixonalar va boshqa ko‘rsatkichlar bilan ta’minlashni hisobga olgan holda dori vositalari haqiqiy iste’molining natijalari tahlilini ko‘rib chiqadi. Bu ko‘rsatkichlarni istiqbolli asosda ijtimoiy-demografik, iqlimiy va boshqa omillarni hisobga olib, dori vositalariningjoriy va kelajakdagi ehtiyoji bo‘yicha hayht o‘z tavsiyanomalarini chiqaradi. U yangi preparat- larning ehtiyoji bo‘yicha tavsiyanomalarni muhokama qilib, kam samarali, eskirgan preparatlarni ro‘yxatdan chiqarish haqida respublika Sog‘liqni saqlash vazirligiga asoslangan takliflar beradi. Shuningdek,
  1. Dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalariga bo‘lgan talabni o‘rganadi va buyurtma tuzadi. Kerak bo‘lganda, soha bo‘yicha yetakchi mutaxassislar jalb etilishi mumkin.


  2. Dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalarni sotib olishda va qabul qilishda ishtirok etadi. Ta’minotchilardan faqat respublika hududida qo‘llanishi ruxsat etilgan dori vositalari Davlat reyestriga kiritilgan hamda sifati vakolatlangan nazorat-tahlil laboratoriya- larida nazoratdan o‘tkazilgan dori-darmonlarning xarid qilini- shini nazorat qiladi. Dori vositalariga bo‘lgan talabni aniqlashdan tashqari, hay’at dori vositalarini ratsional taqsimlash bo‘yicha ham katta ish olib boradi. Shu maqsadda onalar va bolalar davolash-profilaktika yordamining bosh boshqarmalari birgalikda davolash-profilaktika bazalarini aniqlab, ularda yangi dori vositalarini tibbiyot amaliyotida qo‘llashda, tibbiyot xodimlariga ular haqida keng axborot berish, cheklangan miqdorda kelgan dori vositalarini ko‘rib chiqib va koeffitsiyent bo‘yicha ularni taqsimlash uchun o‘z tavsiyalarini beradi.


  3. Doimiy faoliyatdagi hay’at tomonidan budjet, budjetdan tashqari, muruvvat, kredit va tender asosida olingan barcha dori vositalari va tibbiy anjomlarni saqlash amalga oshiriladi. Dori preparatlarining sifati, zararsizligi, ularni to‘g‘ri qo‘llashda aholiga qulaylik tug‘dirish maqsadida respublikada ishlab chiqarilgan va xorijdan keltirilgan dorilarning sifat tahlilini o‘tkazishning yagona davlat tizimini komissiya a’zolari ishlab chiqishadi.


  4. Taqsimot vaqtida bo‘limlarning dori vositalariga bo‘lgan haqiqiy talablarini hisobga olib, shu bilan birga, birinchi nav- batda, quyidagi bo‘limlarga taqsimlansin: shoshilinch tibbiy yor- dam bo‘limlariga, reanimatsiya neonatal-tibbiy yordam bo‘lim- lariga, tug‘uruq bo‘limlariga, bo‘limlardagi shoshilinch postlarga, dori vositalari va tibbiy asbob-uskunalarning harakatsiz turib qolish hollariga chek qo‘yib, ular qayta taqsimlanadi.


  5. Davolash muassasalari ichki dorixonalarida va bo‘limlarida miqdoriy hisob yuritiluvchi dori vositalari va tibbiy asbob-uskuna- larining qoldig‘ini aniqlash hamda ular bo‘yicha hisobning to‘g‘ri yuritilishini tekshiradi. Bundan tashqari, komissiya dori vositalarini va tibbiyot buyumlarini sotishda savdo ustamasiniham nazorat qilib turadi.


Giyohvand, psixotrop dori vositalari va prekurslarning saqlanishi, hisobining yuritilish va maqsadga muvofiq ishlatilishi ustidan doimiy nazorat o‘rnatadi.


Giyohvand dori vositalarining olinish hisobining yuritilishi, bemorlarga to‘g‘ri tayinlanishi va maqsadga muvofiq ishlatilishi hamda amaldagi qoldig‘ini aniqlash bo‘yicha davolash muassasasi dorixonasida va bo‘limlarda har oyda kamida bir marta tekshiruv o‘tkazilishi kerak.
Yilning har choragida qilingan ishlar bo‘yicha hisobot tay- yorlash va ularni yuqori tashkilotlarga topshirish shart.



Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling