1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Idishlarni hisobga olish
Tovarlarni tashish, saqlash va sotishda idishlar juda kata ahamiyatga ega. Idishlarga ehtiyotkorlik bilan munosabat qilinsa, ulardan ko‘p marta foydalanish, ta’minotchilarga o‘z vaqtida qaytarish, idish yig‘uvchilarga topshirish mumkin. Dorixona tarmoqlarida moddiy, mehnat rssurslarini iqtisod qilish muomala xarajatlarini pasaytirish, rentabellikni oshirishga imkon beradi. Bux-galteriya, dorixona ma’muriyati, yuqori tashkilotlar idishjara- yonlari bo‘yicha xarajatlar, foydalarni nazorat qilib turishlari lozim. Idishlar bir marta ishlatiladigan, ko‘p marta ishlatiladigan va inventar turlarga bo‘linadi. Bir marta ishlatiladigan idishlar ta’minotchidan iste’molchigacha bir marta xizmat qilishga mo‘ljallangan bo‘lib, ularga qadoqlovchi qog‘ozlar, shpagat, qog‘oz va yog‘och qutilar, qog‘oz qoplari va h.k. kiradi. Ular ta’minotchiga qaytarilmaydi. Ular dorixonada hisobga olinmaydi, foydalanib bo‘lingach, tashlab yuboriladi yoki eski-tuskilar sifatida topshiriladi. Agar idishning «hisob»da, «yukxati»da narxi va summasi ko‘rsatilgan bo‘lsa, imkoniyatga qarab, u sotilishi yoki dalolatnoma rasmiylashtirilib, yo‘q qilinishi mumkin, bu esa uning qiymati dorixona muomala xarajatlariga kiritilishiga asos bo‘ladi, sotilgan bu idish hisob ma’lumotlarida aks ettirilmaydi, balki u tovar sifatida kirimga kiritiladi. Yog‘ochli, karton idishlardan qayta foydalanish, qaytarish va berish tartibi yo‘riqnomada reglamentlangan. Dorixonada ko‘p marta ishlatiladigan idish ham tovar kelib tushgandagi kabi hujjatlar asosida rasmiylashtmladi. Qabul qilayotganda ularni kuzatuv hujjat- lariga muvofiq ravishda miqdori va sifatiga e’tibor berish kerak. Agar tovarning qiymati hujjatlarda ko‘rsatilmagan bo‘lsa, dalolatnomaga muvofiq o‘rtacha hisob narxi bo‘yicha kirimga kiritiladi. Dalolatnoma ikki nusxada yozilib, birinchisi tovar hisobotiga ilova qilinadi, ikkinchisi esa moddiyjavobgar shaxsda qoladi. Yog‘ochli va karton idishlar ta’minotchiga yoki idish yig‘uvchi tashkilotlarga topshiriladi. Zaharli moddalar, kimyoviy-farmatsevtik va biologik preparatlardan bo‘shagan yog‘ochli va karton idishlarni idish yig‘uvchi tashkilotlarga berish qat’iyan taqiqlanadi, lekin ta’minotchilar bu tovarni iste’molchilar bilan kelishgan holda bevosita qayta foydalanish uchun ta’minotchiga qaytarilishi mumkin. Ta’minotchiga, idish yig‘uvchi tashkilotlarga topshirilgan hamda boshqa sabablarga ko‘ra, balansdan chiqarilgan bir marta ishlatiladigan idishlar o‘rtacha hisob narxi bo‘yicha tovar hiso- botining chiqim qismida rasmiylashtiriladi va hisobdan chiqariladi. Omborxonada idishlarni topshirish schoti orqali amalga oshiriladi. Inventar idishlar mulk sifatida dorixonada hisobga olinib, tovarni saqlash uchun xizmat qiladi. Dorixonalarda dori vosita- larini tayyorlashdagi va qadoqlashdagi shisha idishlar ham tovarlarga kiradi. Inventar idishlar narx birligiga bog‘liq ravishda asosiy vositalar yoki tez eskiruvchi buyumlar sifatida hisobga olinadi. Inventar idishning hisobi inventar kartochkalarda olib boriladi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling