1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Download 497.44 Kb.
bet37/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Savdo hajmini rasmiylashtirish
Chakana savdo hajmini hisobga olish o‘z ichiga ambulatoriya va statsionar retseptlari orqali savdoni va retsepsiz savdoni oladi. Bu faoliyatni dorixonalar, filiallar ham olib boradi. Bu savdo hajmiga retseptlar asosida bepul dori vositalar berish ham kiradi. Ambulatoriyaga qatnab davolanuvchi bemorlarga dori vosita- larini berish ambulatoriya retseptlarining miqdoriy hisobini olib borish uchun mo‘ljallangan «Retseptura daftari»da olib boriladi.
Statsionar sharoitda davolanuvchi bemorlarga dori vositalari berish talabnoma-buyurtma asosida olib boriladi. Narxlari qo‘yilgan talabnoma-buyurtmalari «Mayda ulgurji va xaridorlar bilan hisob-kitobni qayd qilishjurnali»da rasmiylashtiriladi. Bu jurnal yakka tartibda, statsionar retsepturani hisobga olish uchun ham xizmat qiladi.
Retseptsiz beriladigan dori vositalari va boshqa farmatsevtik tovarlarini sotish uchun alohida bo‘lim tashkil qilinadi. Agar bo‘lim bo‘lmasa, bu tovar tayyor dori vositalar bo‘limida sotiladi.
Tibbiyot muassasalariga tayyor dori vositalari dorixonadan statsionardan kelgan talabnoma-buyurtma asosida beriladi. Ulgurjisavdo hajmini «Xaridorlar bilan hisob-kitobni qayd qilish daftari»da rasmiylashtiriladi.
Ambulatoriyaga qatnab davolanuvchi bemorlarga bepul beriladigan dori vositalari tegishli retsept blanklari asosida beriladi. Dorixonada har bir davolash-profilaktika muassasasi uchun doimiy ravishda «Bepul beriladigan dori vositalari retseptlari yig‘ma reyestri» tuziladi. Reyestr ikki nusxada tuzilib, dorixona boshqaruvchisi, farmatsevt va hisobchi tomonidan imzolanadi. Reyestrning birinchi nusxasi, to‘lash uchun schot va tovar- transport yukxati bilan birga tuman sog‘liqni saqlash bo‘limiga to‘lash uchun jo‘natiladi. Reyestrning ikkinchi nusxasi retseptlar va tovar-transport yukxati bilan birga dorixonada qoladi.
Dorixonaning savdo puli hisobi «Kassa mashinasini nazorat qilish daftari»da rasmiylashtiriladi. Filiallarning savdo puli har kuni dorixonaga yuboriladi yoki inkassatsiya qilinib, «Kirim- kassa orderi» bilan rasmiylashtiriladi. Barcha ma’lumotlar moddiy javobgar shaxsning tovar hisobotida rasmiylashtirilad
Har oyning oxirida «Mayda ulgurji savdo va xaridorlar bilan hisob-kitobni qayd qilish jurnali» ma’lumotlari asosida har bir xaridor uchun «Tekshirish dalolatnomasi» tuziladi. Unda oyning boshiga qarzdorlik, oy davomida sotilgan tovar- moddiy boyliklar qiymati va oy oxiri uchun qarzdorliklar ko‘r- satiladi.
Bu dalolatnoma dorixona va xaridorlar o‘rtasidagi o‘zaro hisob-kitobni tekshirish uchun xizmat qiladi. Natijada oy oxiri uchun debitor-kreditor qarzdorliklar aniqlanadi va tasdiq- lanadi.


Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling