1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Buxgalteriya hisobi: predmeti va usullari. Hisobga qoyilgan talablar


Download 497.44 Kb.
bet35/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Buxgalteriya hisobi: predmeti va usullari. Hisobga qoyilgan talablar.

«Xo‘jalik yurituvchi subyektlarning moliya-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobi schotlarining rejasi va uni qo‘llash bo‘yicha yo‘riqnoma» — 21-Buxgalteriya hisobi milliy stan- dartlarining ishlab chiqilishi buxgalteriya hisobi sohasida olibborilayotgan islohotlarning asosiy bosqichlaridan biri bo‘ldi.

O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirining 2000-yil 30-martdagi 37-qarori bilan tasdiqlangan va 2000-yil 1-iyunda O‘zbekistonRespublikasi Adliya vazirligida 930-raqam bilan ro‘yxatdan o‘tkazilgan ushbu standart O‘zbekiston Respublikasining «Buxgal- teriya hisobi to‘g‘risida»gi Qonuniga muvofiq hamda buxgalteriya
hisobining xalqaro (IAS) va Amerika milliy (GAAP) standartlariga mos ravishda ishlab chiqilgan bo‘lib, moliya-xo‘jalik faoliyatining buxgalteriya hisobini olib boradigan va takomillashtirilgan schotlar rejasini o‘zida mujassamlashtirgandir.
Hisobot ma’lumotlari ma’lum bir davrda erishilgan haqiqiy natijalarni aks ettiradi, uning asosiy qismi buxgalteriya hisobida ko‘rsatiladi. Hozirgi paytda barcha iqtisodiy axborotning deyarli 34 qismini buxgalteriya hisobi beradi. Subyektlarda buxgalteriya hisobini shunday tashkil etish lozimki, u iqtisodiy ma’lumotlar tizimini iloji boricha to‘la aks ettirishni ta’minlashi kerak.
Buxgalteriya hisobi yordamida mavjud moddiy boyliklar pul mablag‘larining harakati kuzatiladi va nazorat qilinadi, tovar ishlab chiqarish hamda sotish bilan bog‘liq xarajatlar aniqlanadi, xo‘jalik faoliyatining moliyaviy natijalari va subyektlarining umumiy mulki haqidagi ma’lumotlar yig‘iladi.
Buxgalteriya hisobi har qanday tizimda ham quyidagi funk- siyalarni bajaradi:

  1. rejali funksiya;


  2. axborot berish;


  3. nazorat qilish;


  4. boshqaruv yechimlarini ishlab chiqish;


  5. tahliliy funksiya;


  6. hisob.

Buxgalteriya hisobining vazifalarini yaxshi tushunib olish uchun uning obyektlarini bilish lozim bo‘ladi. Dorixona muassa- salaridagi buxgalteriya hisobining obyektlarini quyidagi to‘rt guruhga bo‘lish mumkin:

  1. Subyektning mablag‘lari: mehnat vositalari, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘lari, tayyor tovar, ustav fondi, boshqa har xiljamg‘armalar, kelgusidagi xarajatlar va to‘lovlarning zaxira- lari, subyektlarning jamg‘argan foydasi hisobidan yaratilgan har xil zaxiralar va h.k.


  2. Subyektlarda sodir bo‘layotgan muhimjarayonlar: tovar- moddiy boyliklarni tayyorlash va sotib olish, tovar ishlab chi- qarish, tayyor tovar, bajarilgan ish va ko‘rsatilgan xizmatlarning sotilishi, kapital qurilish va boshqajarayonlar.


  3. Hisoblashish jarayonlari: budjet, mol yetkazib beruvchi va pudratchilar, xaridorlar, ishchi hamda xizmatchilar, banklar hamda boshqa tashkilot va shaxslar bilan hisoblashishlar.


  4. Subyektning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati moliyaviy natija lari: jamoaning olgan daromadi, foydasi va shaxslar bilan hisoblashishlar.


Yuqorida aytilganlarga asoslanib, buxgalteriya hisobining vazifalariga quyidagilarni kiritish mumkin:


  • asosiy fondlar, tovar-moddiy boyliklar, pul mablag‘larining kelib tushishi va ularning harakatini to‘la hamda o‘z vaqtida aks ettirilishini ta’minlash;


  • tovar ishlab chiqarish, ularni sotish, mehnat unumdorligi, foyda, rentabellik, mehnat haqi fondi, kapital xarajatlar, budjet va boshqa tashkilotlar bilan hisoblashish;


  • ishlab chiqarilgan tovar, bajarilgan ish va xizmatlarning iqtisodiyjihatdan asoslangan hisobotini tuzish;


  • subyekt rahbarlarini moliyaviy-xo‘jalik to‘la hamda aniq iqtisodiy axborot bilan ta’minlab turish;


  • ta’sischilar, aksiyadorlar, sarmoya egalari, yuqori tashkilot, moliya, soliq, statistika uchun aniq hisobotlami yaratish va boshqalar.


Buxgalteriya hisobi va uning ma’lumotlaridan kundalik tur- mushda juda keng miqyosda qo‘llaniladi. Bu axborotlardan foydalanuvchilarni uch guruhga bo‘lish mumkin:


  1. subyektning boshqaruvchilari;


  2. subyektdan tashqarida turib, undan moliyaviy manfaatdor bo‘lganlar;


  3. subyektning moliyaviy-xo‘jalik faoliyatiga to‘g‘ridan to‘g‘ri moliyaviy qiziqishda bo‘lmagan shaxslar, guruhlar yoki agentlar.


Buxgalteriya hisobining ma’lumotlaridan foydalanuvchilar- ning solishtirma tarzi quyidagicha shaklga ega:





Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling