Bozor iqtisodiyoti sharoitidagi buxgalteriya hisobining ma'Iumotiaridan foydalanuvchilar
Ichki foydalanuvchilar
|
Tashqi foydalanuvchilar
|
Boshqaruv xodimlari
|
Aksiyadorlar va boshqa mulkegalari
Kreditorlar
Ta’minotchilar
Xaridorlar va buyurtmachilar
Hukumat soliq organlari
Yuqori tashkilotlar, vazirliklar,
uyushmalar
Statistika organlari
Boshqa davlat organlari
|
Hisobga olish jarayonida hujjatlarni rasmiylashtirish
Rasmiylashtirilgan hujjatlar muvofiq ravishda hisobga olishning asosi hisoblanadi. Hisobga olish jarayonida hisobning barcha turlarini tezkor va sifatli olib borish imkoniyatini beradigan ravishda hujjatlashtirishni tashkil etish kerak, bunda dorixonada hisobga olishni tashkil etishda birlamchi hujjatlar asos bo‘lib xizmat qiladi. Hujjjat — bu xo‘jalik jarayoni, joyi va vaqtini aks ettiradigan belgilangan standartdagi blankdir.
Dorixona tizimida hujjat yuritishning asosiy shartlari:
xo‘jalik jarayoni amalga oshgan vaqtida rasmiylashtirilishi;
majburiy rekvizitlari: nomi (dalolatnoma, talabnoma), sanasi, hujjatning mohiyati va asosi, o‘lchov birliklari, hujjatning to‘g‘ri rasmiylashtirilishiga mas’ul xodimlarning lavozimi va imzolari, hujjatning kerakli nusxalari miqdori.
Moliyaviy, moddiy mulkchilik, hisob-kredit mazmunidagi hujjjatlami muassasaning rahbari va bosh buxgalteri imzolaydi.
Moddiy boyliklami qabul qilish yoki berish hujjatlarini esa qabul qilgan yoki berayotgan shaxslar imzolaydi. Hujjatlarda, ayniqsa, bank va kassa hujjatlarida hech qanday o‘zgarishlarga yo‘l qo‘yish mumkin emas. Sifatsiz rasmiylashtirilgan pul hujjatlari «Buzilgan» yozuvi bilan belgilanib, o‘rniga yangisi rasmiylash- tiriladi. Buzilgan hujjatlar yo‘qotilmaydi. Hujjatlar saqlanish muddatiga ko‘ra, vaqtincha saqlanadigan va doimiy hujjatlarga bo‘linadi. Hujjatlar xronologik (jarayon amalga oshgan sana, yiliga asosan) va funksional (xronologik ketma-ketlikda, funksional mazmuniga ko‘ra, bank, kassa, mehnat va h.k.) ravishda toilalanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |