11-mavzu. Narx, narxlarning vazifalari, narxlarga ta’sir etuvchi omillar
Narx — muhim iqtisodiy kategoriyalardan biri bo‘lib, u talab va taklif bilan bir qatorda, bozor qurollaridan biridir. Tovar qiymatining asosi mehnat hisoblanadi, qiymat kattaligi esa ushbu sharoitlarda jamiyat zarur deb tan oladigan mehnat xarajatlari bilan belgilanadi. Narx — tovar qiymatining puldagi ifodasidir. Bozor narxida qiymat qonuni, talab va taklif qonuni kabi iqtisodiy qonunlar talablari e’tiborga olinishi kerak, chunki narxlar ijtimoiy-zaruriy mehnat, materiallar, xomashyo xarajatlariga asoslangan (qiymat qonuni), shuningdek, tovarning iste’mol xususiyatlarini e’tiborga olgan (talab va taklif qonuni).
Narx bozorni boshqarish quroli sifatida bir qator vazifalarni bajaradi:
hisob;
rag‘batlantiruvchi;
tartibga soluvchi;
taqsimlovchi.
Dori vositalarining narxi juda ko‘p omillarga bog‘liq. Ularni uch guruhga birlashtirish mumkin: talab, taklif va muhit omillari.
Narx belgilash strategiyasi
Narx belgilash strategiyasini yaratish va tatbiq etish quyidagi bosqichlarni o‘z ichiga oladi:
narx belgilash maqsadini qo‘yish;
narx siyosatini yaratish;
narx strategiyasini tanlash va tatbiq etish;
narxlarni to‘g‘rilash mexanizmini yaratish.
Narx turlari
Tannarx — tovar xomashyosi va korxona xarajatlari.
Ulgurji narx — tannarx qiymati va korxona sof foyda ko‘rsatkichi yig‘indisidir. Bunda ta’minot ustamasi ham bo‘ladi — bu ta’minot savdosi.
Chakana narx — bu o‘z ichiga savdo ustamasini oladi.
Kelishilgan narx — tomonlar kelishuvidan hosil bo‘ladi.
Chegaralangan narx — belgilangan, qat’iy — bu o‘zgarmaydi. Hayotiy zarur dorilarga qo‘yiladi.
Erkin narx — bozor belgilaydi.
Monopol narx — bunda bozorni egallab olgan kompaniya, konsern, firmalar xohlagan narx qo‘yadi.
Transfert narx — chet el firmalari savdosida qo‘llanadi. Bunda bozor infrastruktura va reklama xarajatlari hisobga olinadi.
Eksport narx — chet elga sotganda qo‘llaniladi. U quyida- gilarni o‘z ichiga oladi:
bojxona boji;
tovarni sotish narxi;
aksiz solig‘i;
QQS (qo‘shimcha qiymat solig‘i);
tovarni sertifikatlashtirish bilan bog‘liq xarajatlar.
Do'stlaringiz bilan baham: |