1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Yordamchi materiallarni hisobga olish


Download 497.44 Kb.
bet41/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Yordamchi materiallarni hisobga olish
Dori vositalarini tayyorlash, berish, qadoqlash, retseptura idishni yuvib tozalash va dorixonada sanitar tartibni saqlash uchun yorliqlar, tiqin vositalar, kapsulalar, signaturalar, rezina halqalar, pergament, mumlangan qog‘ozlar, yuvuvchi va dezin- feksiya qiluvchi materiallar ishlatiladi.
Yordamchi materiallarni hisobga olishda dorixona ombori va boshqa tashkilotlarning schoti, yukxati, talabnomasi asos bo‘ladi. Yordamchi materiallarni hisobga olish materiallarini «Omborxona hisob kartochkalari»da va «Oborot qaydnomalari»da summa ko‘rinishida dastlabki olish narxi bo‘yicha qayd qilinadi.
Dori vositalarini tayyorlash, qadoqlash va berish bilan bog‘liq bo‘lgan zaruriyatlar uchun hamda boshqa ishlab chiqarish va xo‘jalik maqsadida yordamchi materiallarni ajratish yuqori tashkilot belgilagan me’yor chegarasida moddiy javobgar shaxs tomonidan bajariladi.
Sarflangan yordamchi materiallar dalolatnoma yoki ma’lu- motnoma asosida hisobdan chiqariladi. Amaliyotda yordamchi materiallarni hisobdan chiqarishning quyidagi usullaridan foydalaniladi: agar chiqim kirimga mos kelsa, yordamchi materiallar kelib tushishi bo‘yicha to‘liq hisobdan chiqariladi.
Boshqa usulda yordamchi materiallarni hisobdan chiqarish, ularni oy, chorakdagi bajarilish chiqimi bo‘yicha aniqlanadi. Buning uchun bu materiallarni ishlarni bajarish uchun berishni qayd qilish lozim. Amaliyotchilarning fikricha, materiallarning amaldagi chiqimini aniqlash usuli murakkab bo‘lsa ham, lekin obyektivdir.
Yordamchi materiallarni berish hisobi ishini yengillashtirish uchun yordamchi materiallarni berish qaydnomasini bosmaxona usulida chop etish maqsadga muvofiq. Qaydnomaning bo‘sh kataklarida berilgan materiallarning miqdori va sanasi ko‘rsatiladi. Oyning oxirida qaydnoma buxgalteriyaga beriladi, u esa oydagi umumiy chiqimlami yordamchi materiallaming nomlari bo‘yicha hisoblanadi.
Shisha idishlarni yuvib tozalashda, xalatlarni yuvishda, qo‘l- larni yuvishda, xonalarni tozalashda foydalanilgan yordamchi materiallar dalolatnoma asosida hisobdan chiqariladi.
Yordamchi materiallarning amaldagi chiqimini yo‘qotishda ularni yil davomida hisobdan chiqarish usullariga bog‘liq ravishda rejani va rejadan tashqari inventarizalsiya vaqtida nazorat qilinadi. Yordamchi materiallami kam topshirgan, umuman, ularni salbiy tomonlari to‘g‘risidagi aybdor shaxslar hisob narxi bo‘yicha ziyonini qoplashlari lozim.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling