1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Yoqilg‘i xarajati
Yoqilg‘i 100 km avtopoygadagi belgilangan texnik me’yorlar asosida avtomashina markasini, ta’mirlash ishlarini, ichki xara- jatlarini hisobga olgan holda xarajatdan chiqariladi. Yoqilg‘i xarajatini hisobdan chiqarish uchun asos bo‘lib, yuk mashina- sining yo‘l varaqasi birlamchi hujjat sifatida xizmat qiladi. Yo‘l varaqalari blanklari hisobini dorixona mudiri «Yo‘l varaqalari harakatini hisobga olish daftari»da rasmiylashtiradi. Yo‘l varaqa- larini raqamlash, dorixona rahbarlariga bergunga qadar, markaziy buxgalteriyada olib boriladi. Transport vositalari haydovchilariga neft tovarlari olish, yo‘l varaqalariniug yoqilg‘i harakati haqidagi bo‘limini to‘ldirish bilan birga talon bermayotganda talonning seriya raqami va muassasasi ko‘rsatilishi kerak. Bunday ma’lumotlar berilmasa, neft tovar- larini berish qat’iyan man qilinadi, bu holda dalolatnoma tuziladi. Yo‘l varaqalaridagi ma’lumotlar asosida yoqilg‘ini berish yoki qaytarish hisobini olib boruvchi qaydnoma bilan solishtirib bo‘lgach, yakka tartibda har bir transport vositasi uchun muvofiq ravishda kartochka to‘ldiriladi. Agar chiqim ko‘payib ketsa yoki yoqilg‘i iqtisod qilinsa, dorixona muassasasi rahbarlariga buning sabablarini bartaraf qilish chora-tadbirlarni ko‘rish uchun axborot beriladi. Yoqilg‘i xarajatini hisobga olish kartochkalari ma’lu-motlari asosida ko‘rsatilgan shakl bo‘yicha haydovchilarning litsenziya kartochkalari olib boriladi. Oylar, choraklardagi ishlar natijalari bo‘yicha har bir haydovchi uchun yoqilg‘ining umumiy jami chiqimi hisoblanadi. Transport vositalarining ba’zi bir haydovchilari benzinni ko‘p miqdorda xarajat qilishadi, qaydnomada xarajatlangan yoqilg‘ining miqdori va qiymati ko‘rsatiladi, chora ko‘rishi uchun muassasa rahbariga xabar beriladi. Spidometri to‘g‘rilan- magan mashinalar bilan ishlashga ruxsat etilmaydi. Oyning oxirida qaydnomalar asosida xulosalar chiqariladi, oyda xarajatlangan yoqilg‘ining umumiy miqdori aniqlanadi. Hisoblar tekshirilib, dorixona rahbariyati imzolaydi. Xarajatlangan yoqilg‘ining qiymati amaldagi avtomashina poygasi bo‘yicha belgilangan texnik me’yorlardan oshmagan holda hisobdan chiqariladi. Avtomashina poygasi haqidagi ma’lumotlar avtomobil shinalari ishini hisobga olish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Joriy ta’mirlash uchun avtomobil qismlarini hisobdan chiqa- rishga asos bo‘lib,joriy ta’mirlash materia.lla.rini hisobdan chiqa- rish dalolatnomasi, kapital ta’mirlash uchun esa, kapital ta’mirlash haqida dalolatnoma asos bo‘ladi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling