1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Dorixonada boshqa moddiy boyliklar harakatini hisobga olish


Download 497.44 Kb.
bet39/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Dorixonada boshqa moddiy boyliklar harakatini hisobga olish
Dorixonalarda dorivor o‘simliklar xomashyosi, yordamchi materiallar, idishlar, qurilish materiallari, yoqilg‘ilar ham hisobda turadi. Ularning harakati tovar hisobotida yoki oylik hisobotda dastlabki olish narxi bo‘yicha qiymat ko‘rimshida, hisoblari esa nomlari, miqdori, narxi va summasi bo‘yicha natijalari «Ombor- xona hisobvaraqlari»da va oborot qaydnomasida rasmiylashtiriladi.

Dorivor o‘simliklar xomashyosini hisobga olish
Dorixonada dorivor o‘simliklar xomashyosini tayyorlash reja asosida bajarilib, bunda g‘amlanadigan o‘simliklarning miqdori va assortimenti belgilanadi. Aholidan qabul qilingan dorivor o‘simliklar xomashyosi me’yoriy texnik hujjatlar talablariga muvofiq tahlil qilinadi, tortiladi va «Qabul kvitansiyasi» uch nusxada rasmiylashtiriladi.
Qabul kvitansiyasi hisobda turuvchi blank bo‘lib, moddiy javobgar shaxsning hisoboti bo‘yicha dorivor o‘simliklar xom- ashyosini keltirish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi. Uning birinchi nusxasi xomashyoni qabul qiluvchi shaxsda qoladi, ikkinchisi esa xomashyoni topshiruvchi shaxsga beriladi. Uchinchi nusxasi dorixona kassasiga topshiriladi va tayyorlovchiga xarid narxi bo‘yicha xomashyoning qiymati to‘lanadi.
Qabul kvitansiyasida dorivor o‘simlik xomashyosini top- shirayotgan shaxsning pasport ma’lumotlari, familiyasi, ismi, sharifi, manzili, xomashyoning o‘lchov birligi, miqdori, cha- kana, ulguiji, tayyorlov narxlari ko‘rsatiladi.
Dorivor o‘simlik xomashyosi farmatsevtik omborlarga topshi- rilishi va aholiga sotilishi mumkin. Bunda tovar guruhiga o‘tkazilishi bilan aholiga sotishga ruxsat etiladi.
Dorivor o‘simliklar xomashyosini, faqat tahlil uchun dorilar o‘rta namunasini sifat nazorati laboratoriyasiga topshirib va uning sifati haqida ijobiy natijani olgandan so‘ng sotilishini amalga oshirish mumkin.
Dorixonada «Dorivor o‘simlik xomashyosining tovar guruhiga o‘tkazilganligi haqida dalolatnoma»da dorivor o‘simlik xom- ashyosini tovarga o‘tkazilganligi rasmiylashtiriladi. Shu dalolatnoma
asosida dorivor o‘simliklar xomashyosini chiqimga kiritiladi, uning qiymati esa tovar hisobotining «Kirim» bo‘limida Tovar sifatida aks ettiriladi.
Dorivor o‘simliklar xomashyosini saqlash va tashish jarayo- nida uning qisman yo‘qolishi kuzatiladi. Shu munosabat bilan farmatsevtika tashkilotlaridagi saqlanadigan dorivor o‘simliklar
xomashyosiga «tabiiy yo‘qotish me’yorlari» belgilangan: yillik yo‘qotish me’yori — boshlang‘ich og‘irligidan 2 %, shu jumla- dan, choraklar bo‘yicha: birinchisida—0,3 %, ikkinchisida— 0,6 %, uchinchisida—0,7 % va to‘rtinchisida—0,4 %. Bu me’yorlar dorivor o‘simliklar xomashyosi tovarga o‘tkazilganda qo‘lla- nilmaydi.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling