1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Dorixona binosiga qo‘yilgan talablar va undagi asbob- uskunalardan foydalanish qoidalari. Davolash-profilaktika muassasalarining dorixonasi alohida qurilgan binoda yoki davolash- profilaktika muassasasiga qarashli binoning bir bo‘lagida alohida blok holida tashkil etilishi mumkin.
Dorixona amaldagi me’yoriy hujjatlarining sanitariya qoidalari va me’yorlari talabiga mos keladigan hamda dori vositalarini farmatsevtika talablariga asosan saqlanishini ta’minlaydigan binolarda tashkil etiladi. Dorixonaning umumiy maydoni, xona- lar soni va o‘lchamlari shifoxonaning ixtisosi, tuzilishi, fao- liyat turi hamda ish hajmiga qarab belgilanadi. Bunda dorixonaga sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga mos keladigan, bajaradigan ish hajmiga qarab, xonalar ajratiladi hamda kirish- chiqish yo‘llari boshqa bo‘limlardan alohida bo‘ladi. Davolash-profilaktika muassasasi dorixonasi binolari va jihoz- lanishi, faoliyat yuritish me’yor va qoidalari San PiN N° 0078—98 bilan tasdiqlangan. Ishlab chiqarish xonalari texnologikjarayonni hisobga olgan holda uzviy ketma-ket bog‘langan bo‘lishi kerak. Dorixonaning ishlab chiqarish xonalari ichki devorlari yuzasi va shiftlari tekis bo‘lishi, ular dezinfeksiyalovchi hamda yuvish vositalari bilan changdan ho‘llab tozalashga chidamli bo‘lgan materiallar bilan qoplanishi kerak. Jumladan, devorlarning yuzasini qoplash uchun och rangdagi suvga chidamli emal bo‘yoq- lardan, kafellardan foydalanishga ruxsat etiladi. Ushbu xonalarning pollariga plitkalar, kafellar yotqizilishi yoki choklari biriktirilgan lenoleum, relin bilan qoplanishi mumkin. Boshqaruv xodimlari va yordamchi xonalarining ichki devorlari yuzasi, shifti hamda pollarini pardozlashda boshqa qurilish materiallaridan foydalanishga ruxsat etiladi. Dori vositalari va tibbiy buyumlar omborxonasi sanitariya qoidalari hamda me’yorlari talablarigajavob berishi kerak va dori vositalari va tibbiyot buyumlarini Sog‘liqni saqlash vazirining amaldagi buyruqlari, qo‘llanmalari asosida, farmatsevtika talab- lari darajasida saqlash uchun kerakli mebellar, stellajlar, shkaflar, asboblar, uskunalar bilan jihozlangan bo‘lishi kerak. Omborxona pollarining yuzasi dezinfeksiyalovchi va yuvish vositalari bilan ho‘llab tozalashga chidamli bo‘lgan materiallar bilan qoplanishi kerak. Termolabil dori vositalarini saqlash xonasida zarur sharoitlar yaratilgan bo‘lishi, bunda xonaga konditsioner, sovitgichlar qo‘yilishi hamda xona havo harorati va namligini o‘lchash asbobi (termometr, gigrometr yoki psixrometr) bilan ta’minlanishi kerak. Ushbu o‘lchov asbobi poldan 1,5—1,7 metr balandlikda, kirish eshiklari va isitish asboblaridan kamida 3 metr masofada o‘rnatiladi hamda kundalik harorat ko‘rsatkichi maxsus daftarda qayd etib boriladi. Daftar to‘lgandan so‘ng bir yil saqlanadi va o‘rnatilgan tartibda yo‘q qilinadi. Dorixonada ishlab chiqarish xonalari (assistent xonasi, asep- tika bloki) dorixona mebellari, dori turlarini tayyorlashda, ara- lashtirishda, filtrlashda, qadoqlashda, idishlarga quyishda, idishlar og‘zini berkitishda, sterillashda, sifatini tekshirish va baholashda, yorliqlashda ishlatiladigan asbob-uskunalar, shu-ningdek, o‘lchov asboblari, tosh-tarozilar, kimyoviy reaktivlar va boshqa kerakli jihozlar bilan ta’minlanishi kerak. Dorixonada ishlatiladigan o‘lchov asboblari, tosh-tarozilar Davlat qiyoslash markazi tomonidan belgilangan tartibda metrologiya ko‘rigidan o‘tkazilishi kerak. Dorixona mebellarining ustki qismi tekis, dori vositalari va kimyoviy moddalar ta’siriga chidamli bo‘lishi kerak. Ishlab chiqarish xonalari va omborxonalarga faqat mas’ul xodimlar kirishiga ruxsat etiladi, begona shaxslar kirishi man etiladi. Tozalangan suv olish va idishlami yuvish xonalari ish hajmiga qarab, kerakli asbob-uskunalar bilan jihozlanadi hamda amaldagi sanitariya qoidalari va me’yorlari talablariga to‘liq javob berishi kerak. Dorixonada tozalash ishlarini olib borish uchun ishlati- ladigan asbob-anjomlar, dezinfeksiyalovchi va yuvish vositalarini saqlash uchun alohida xona yoki shkaf ajratiladi. Davolash-profilaktika muassasalarining dorixonasiga kirish eshigi oldida idoraviy bo‘ysunishi, ish tartibi ko‘rsatilgan peshlavha osib qo‘yiladi. Dorixona binosi yong‘indan xabar beruvchi va tovushli qo‘riqlash moslama jihozlari bilan ta’min1anishi kerak. Dorixona ish faoliyatini O‘zbekiston Respublikasi Qonunlari, Prezident Farmonlari, Vazirlar Mahkamasining qarorlari, Sog‘- liqni saqlash vazirining buyruq va farmoyishlari hamda boshqa amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida olib boradi. Dorixonada miqdoriy buyum hisobiga olinadigan dori vositala- rining ro‘yxati Sog‘liqni saqlash vazirining amaldagi buyruqlari asosida tasdiqlanadi va ularning hisobi belgilangan tartibda rasmiy- lashtirilgan maxsus jurnallarda olib boriladi. Ushbu jurnallar to‘lgandan so‘ng amaldagi me’yoriy hujjatlar talablari asosida saqlanadi va saqlash muddati tugagandan so‘ng belgilangan tartibda yo‘q qilinadi. Giyohvandlik vositalari, psixotrop moddalar va prekursorlar- ning hisobini olib borish, bo‘limlarga berish, saqlash Sog‘liqni saqlash vazirining 2001-yil 28-noyabrdagi 527-buyrug‘ining tegishli bandlari talablariga muvofiq olib boriladi. Etil spirtining hisobini olib borish, bo‘limlarga berish, saqlash Sog‘liqni saqlash vazirining 1999-yil 26-iyuldagi 462-buyrug‘i talablariga muvofiq olib boriladi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling