1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
Tovar harakatining kanallari. Savdo tarmog‘ining asosiy turlari
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
Tovar harakatining kanallari. Savdo tarmog‘ining asosiy turlari
Farmatsevtik bozorda tovar harakatining kanallari bir yoki bir necha kompaniyalar bilan amalga oshirilmoqda. Ular dori vositalarini iste’molchiga yetkazib berishda ishtirok etadi va ularni tovar harakatining ulgurji va chakana savdo korxonalari deb ta’riflash mumkin. Tovar harakatining kanallari — tovar (yoki xizmat)ga bo‘lgan huquqni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga o‘tkazishni ta’min- lovchi tashkilot yoki alohida shaxslarning yig‘indisidir. Tovar harakatining ikki asosiy turi mavjud: to‘g‘ri; egri.
Agar mahsulot ishlab chiqaruvchidan bevosita iste’molchiga yetib borsa, bu kanalning to‘g‘ri turi hisoblanadi. Bunda faqat ikki qatnashuvchi ishtirok etadi. To‘g‘ri kanallarning yana bir nomi, bu — nol darajali kanal.
vertikal tovar harakati kanallari yagona tizim sifatida ish ko‘rsatadi, ishlab chiqaruvchi, ulgurji va chakana vositachilar, iste’molchilarni o‘z ichiga oladi. Ular umumiy maqsadlarni ko‘zlaydi va birlashgan nazoratda xizmat ko‘rsatadi; gorizontal tovar harakati kanallari, bir qancha firmalar birlashmasi bo‘lib, aniq bozorni birgalikda egallash uchun mo‘l- jallangan. Bunday sotish tizimidan dorixona tizimida ham foyda- lansa bo‘ladi. Masalan, keng ko‘lamda reklama kompaniyasini o‘tkazish va o‘z tovarlari savdosini ko‘paytirish maqsadida aniq hudud dorixonalarini birlashtirish. Dorixona savdo qilish tarmog‘i uchun bilvosita ikkinchi darajali (vositachi bilan) kanallari xos. Ikkinchi darajali kanal qatnashuvchilari: savdo qilish tarmog‘ining asosiy turlari. Savdo qilish tarmog‘ini tashkillashtirish quyidagi uch asosiy omillarga bog‘liq: mahsulot turi; bozorning geografik ko‘lami; iste’molchining fe’l-atvori. Ularga muvofiq, savdo tarmog‘ining uch asosiy turi ajra- tiiadi: Mahsulot turlari bo‘yicha. Hududlar bo‘yicha. Iste’molchining fe’l-atvori bo‘yicha. 1. Mahsulot turlariga qarab savdo tarmog‘i. Mahsulot turiga qarab, savdoni tashkil qilishda bir yoki bir necha xil tovar turlariga ixtisoslashtirilgan alohida bo‘linmalar shakllanadi. Qachonki, mahsulot nomlari assortimenti bo‘yicha ajralib tursa va maxsus bilimlarni talab qilsa, shunda bu savdo qilish tarmog‘i afzalroq ko‘riladi.Shunday qilib, dorixona tovarlari ancha farqlanadigan assorti- mentli guruhlarga bo‘linadi: dori vositalari va sanitariya-gigiyenaashyolari, bog‘lov vositalari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan buyumlar; tibbiyot texnikasi, optika va boshqalar. Shu bilan birga, dorixona tarmog‘ida aniq tovarlar guruhlari savdosi bo‘yicha ixtisoslashtirilgan bo‘linmalar shakllanadi (masalan, tibbiyot texnikasi uchun — «Tibtexnika» do‘konlari, ko‘zoynak, gardish, linzalarni sotish uchun — «Optika» va boshq.). Keyinchalik bundan ham kengroq ixtisoslashtirish ehtimoli bor. Masalan, tayyor dori vositalari, dorivor o‘simlik xom- ashyosi hamda dori vositalarining aniq guruhlari (sil, diabet, o‘sma kasalliklariga qarshi va boshqa preparatlarni sotish bo‘yicha ixtisoslashgan dorixonalar) savdosi bo‘yicha ixtisoslashgan dori- xonalar, gomeopatik dorixonalar. Hududlar bo'yicha savdo qilish tarmog'i. Hududlar bo‘yicha savdoni tashkillashtirishda hududiy savdo qilish tarmoq bo‘linma- lari shakllanadi. Masalan, hududlarda dori vositalari va tibbiyot buyumlari savdosini tashkillashtirish uchun shaharlar, viloyatlar va Qoraqalpog‘iston Respublikasi bo‘yicha dorixona tarmog‘I shakllangan. Savdo faoliyatining mahsulot turlari bo‘yicha hamda hudud (mamlakat)lar bo‘yicha tashkillashtirilgan mustaqil turi, bu eksport — chet el bozorida mahsulotning savdosi. Iste’molchi fe’l-atvori bo'yicha savdo qilish tarmog'i. Iste’- molchi fe’l-atvoriga qarab, savdoni tashkil qilganda, bir yoki bir nechta iste’molchilar turlarining xizmat qilishiga ixtisoslashti- rilgan, alohida bo‘linmalar shakllanadi. Masalan, dori vositalari va tibbiyot buyumlari sotish uchun quyidagicha tashkiilashtiriladi: faqat aholiga xizmat qiluvchi dorixonalar; bitta davolash-profilaktika muassasasi (shifoxona)ga xizmat qiluvchi dorixonalar; bir nechta davolash-profilaktika muassasalari va boshqa tashkilotlarni ta’minlaydigan dorixonalar. Dorixona tizimida to‘g‘ri shakllangan sotish tarmog‘i iste’mol-chilarning talablarini to‘liq qondirishga imkon beradi, bu, o‘z navbatida, tovarning optimal harakatini ta’minlab beradi. Ulgurji vositachilarning vazifalari, funksiyalari va tasnifi Tovarlarni ishlab chiqaruvchidan iste’molchiga yetkazib berishda tadbirkorlik faoliyati maqsadida tovarlar yoki xizmatlarni sotish va olib sotish maqsadida ulgurji vositachi (tashkilotlar va alohida shaxslar)ning o‘rni katta. Ulgurji vositachilarning asosiy vazifasi — ishlab chiqaruvchilar va chakana sotuvchilar (dorixonalar bilan) o‘rtasidagi uzilishni yo‘qotib, muntazam aloqalarni va markazlashtirishni ta’min- lashdir. Farmatsevtik tovarlar harakati tizimining zarur sharti — ulgurji vositachi (dorixona ombori) aloqalari orqali iste’molchi- larga yetkazish hisoblanadi. Ulgurji vositachilar Junksiyalari. Farmatsevtika bozorida ulgurji vositachilar quyidagi funksiyalarni bajaradi: Marketing — bozorning kompleks tahlili, tovar siyosati va narx siyosati va boshqalarni amalga oshirish. Axborotli — kerakli axborot bilan ta’minotchilarni va chakana tashkilotlarni ta’minlash. Tovarlarni qabul qilish, saqlash va tovar zaxiralarini bosh- qarish. Tovarni tashish. O‘z xaridorlarini kreditlash — tovarlarni iste’molchilarga kreditga berish. Rejalashtirilmagan xarajatlar xavf-xatarini qayta taqsimlash. Tovarga egalik huquqini olgan holda ulgurji vositachilar, tovarlarning buzilishi, o‘g‘irlanishi, unga qo‘yilgan narxlarning pasayishi bilan bog‘liq bo‘lgan ma’lum xavf-xatardan ishlab chiqarishni xalos etadilar. Ulgurji vositachilar tasnifi. Ulgurji vositachilar bog‘liq bo‘lgan va bog‘liq bo‘lmagan vositachilarga bo‘linadi. Bog‘liq bo‘lmagan vositachilar ta’minotchilardan tovarni sotib oladilar, tovar sotish huquqini olgandan so‘ng ulguiji vositachi- larga xos bo‘lgan hamma funksiyalarni bajaradilar. Ularga distributerlar kiradi — bu firmalar yirik ishlab chiqaruvchi- lardan to‘liq ulgurji sotib olish asosida savdoni bajaradi. Distribu- terlar shaxsiy omborxonalarga ega, ular, odatda, tovar ishlab chiqaruvchilar bilan uzoq muddatli aloqalar o‘rnatadilar. Bog‘liq bo‘lgan vositachilar — tovarga egalik huquqini olmagan va bevosita savdoda ishtirok etmaydigan firmalar yoki ayrim tadbirkorlar (agent va brokerlar). Ular sotish yoki oldi-sotdi jarayonlariga ko‘maklashadi, ya’ni sotuvchilar va xaridorlarni birlashtiradi hamda axborot va marketingli funksiyalarni bajaradi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling