1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi
-mavzu Dorixonalarning tashkiliy tuzilishi
Download 497.44 Kb.
|
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org
4-mavzu Dorixonalarning tashkiliy tuzilishi
Bajarayotgan ish hajmiga qarab, mulkchilik shaklidan qat’I nazar, dorixonada o‘z imkoniyatlarini va mahalliy sharoitlarni hisobga olgan holda belgilangan me’yorlar doirasida dorixona hamda uning bo‘limlari tashkil etiladi. Tayyor dorilar bilan savdo qiladigan dorixonalarda, odatda, alohida bo‘limlar tashkil qilinmaydi. Boshqa ko‘pchilik dorixo- nalarda ikki bo‘lim: retseptura ishlab chiqarish va retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dori vositalarining bo‘limlari tashkil etiladi. Hozirgi kunda eng katta dorixonalarda 4 ta bo‘lim bo‘lishi qayd etiladi. Sobiq Ittifoq davrida va hozirgi kunda Rossiya Federatsiyasida bu dorixonalarni 1-guruh dorixonalari deb yuritiladi va yuqorida qayd etilgan bo‘limlardan tashqari, ularda yana bir necha bo‘limlar bo‘lishi mumkin. Bizning respublikamizda ham yuqorida qayd etilgan 4 ta bo‘limdan, ya’ni retseptura ishlab chiqarish bo‘limi, retsept bilan beriladigan tayyor dorilar bo‘limi, g‘amlamalar bo‘limi varetseptsiz sotishga ruxsat etilgan dorilar bo‘limlari mavjud bo‘lgan dorixonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Lekin bu bo‘limlar soni chek- lanadi degan gap emas, dorixonada yana boshqa bo‘limlarni ham ochish mumkin. Masalan, sanitariya-gigiyena bo‘limi, ko‘z- oynaklar bo‘limi, gomeopatik dorilar bo‘limi, fitobar va boshq. Bu bo‘limlarni boshliqlar va ularning yordamchilari boshqa- radi. Bo‘lim boshliqlari va ularning yordamchilari, asosan, oliy ma’lumotli farmatsevtlar bo‘ladi. Lekin sanitariya-gigiyena bo‘limi, ko‘zoynaklar, fitobarlarda bo‘lim boshliqlari va ularning yordamchilari lavozimlarida o‘rta maxsus ma’lumotli farmatsevt assistentlar ishlashlariga ruxsat etiladi. Har bir bo‘lim o‘zining tegishli vazifalarini bajaradi. Retsep- tura ishlab chiqarish bo‘limi aholidan yakka tartibdagi ambula- toriya retseptlari va davolash-profilaktika muassasalarining talab- nomalari asosida ekstemporal yoki tayyor dori vositalarini aholiga tayyorlab berish, sifatini nazorat qilib, ichish va saqlash tartib-qoidalarini ularga tushuntirib berish bilan shug‘ullanadilar. Zarurbo‘lib qolgan taqdirda, dorixona mutaxassislari aholiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish bilan shug‘ullanadilar. G‘amlamalar bo‘limi esa dori vositalariga, tibbiy va boshqa bemorlarni parvarish qilish buyumlariga buyurtma-talabnomalar yozib, dorixona ta’minotchilariga: farmatsevtika korxonalariga yoki ulgurji dorixona muassasalariga, firma va ishlab chiqarish birlashmalariga jo‘natadilar. Shuningdek, bo‘lim mutaxassislari doimiy ravishda dori vositalari va boshqa tibbiy buyumlarga bo‘lgan ehtiyojni o‘rganib, aniqlab boradilar. Bo‘limda dori vositalarini tegishli tartibda saqlash, dorixonaning boshqa bo‘limlariga dori vositalarini berish, shuningdek, shu bo‘limda tez-tez, takrorlanib turadigan retseptlar asosida dorixona yarim fabrikat va standartlarni tayyorlash bilan ham shug‘ullangan holda ularni tegishli tartibda sifatinazorat qilinib, laboratoriya-qadoqlash ishlarini amalga oshiradi. Tayyor dorilar bo‘limi esa aholidan va davolash-profilaktika muassasalaridan tayyor dorilarga kelib tushgan retseptlar asosida, farmatsevtika ishlab chiqarish korxonalaridan keltirilgan dori vositalarini retsept asosida berish bilan shug‘ullanadi. Bu bo‘limda, asosan, oliy ma’lumotli farmatsevtlar faoliyat ko‘rsatadi. Retseptsiz sotishga ruxsat etilgan dorilar bo‘limida O‘zbe- kiston Respublikasi SSV tomonidan retseptsiz sotishga ruxsatetilgan dori vositalari sanitariya-gigiyena va tibbiy buyumlari, yosh bolalar maxsus ovqatlari va bemorlarni parvarish qilishda ishlatiladigan boshqa buyumlar sotish bilan ham shug‘ullanadilar. Ayrim dorixonalar bemorlarga kislorod yostiqlarini berish bilan ham shug‘ullanadi. Download 497.44 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling