Dorixona xonalarining tarkibi, ularning faoliyat turiga qarab jihozlanishi
Dorixonalami ochish tartibiga oid Sog‘liqni saqlash vazirligi tomonidan tasdiqlangan «Sanitariya qoidalari va ularning gigiyenik me’yorlari»ga (San PiN N° 0319-15 va San PiN N° 0243-07) asosan, dorixonaning faoliyat ko‘rsatish turiga qarab, unda belgilangan xonalarga qo‘yiladigan asosiy talablar keltirilgan. Undagi ko‘rsatilgan umumiy nizomga asosan, har qanday dorixona San PiN tartib-qoidalari asosida tashkil etiladi va undagi xonalar va jihozlarga hamda ularni joylashtirishga ma’lum talablar qo‘yiladi. San PiN N° 0243-07 ga asosan, tayyor dorilar bilan savdo qiladigan dorixonalarni ko‘p qavatli binolarning birinchi qavatida yoki alohida binolarda tashkil etishga ruxsat etiladi.
Ko‘p qavatli binolarda, dorixonani o‘zining alohida kirish yo‘li, binoning orqa tomonidan bo‘lib, undan har xil tovarlar qabul qilish yoki bo‘sh idishlarni chiqarish va ayrim kishilarni qabul qilish uchun xizmat qiladi.
Tayyor dori vositalari dorixonalari uchun eng kam tarkibdagi xonalar maydonining hajmi
Xonalar
|
Xona maydoni m2.dan kam
bo‘lmasligi
|
1. Savdo zali, shundan:
|
16
|
a) ishchi o‘rinlari zonasi;
|
8
|
b) aholiga xizmat qilish zonasi
|
8
|
2. Tayyor dori vositalarini ochish
va saqlash uchun
|
8
|
3. Termolabil (issiqqa chidamsiz)
dorilarni saqlash uchun
|
4
|
4. Yordamchi xonalar, xodimlarning
shaxsiy kiyim yoki xalatni yechib
kiyinishi yoki ovqatlanishi uchun
|
4
|
5. Hojatxona (qo‘l yuvish uchun
rakovina bilan)
|
4
|
Jami
|
34
|
Xonalarning pol va devorlari dezinfeksiyalovchi vositalar bilan ho‘l lattada artib tozalanishi, oynalarning esa yoz kunlari quyoshdan saqlovchi parda yoki pardaning o‘rnini bosuvchi quyoshdan himoyalovchi buyumlar bilan jihozlanishi, oyna- lardagi darchalar unga tutilgan mayda to‘qilgan to‘r tutish bilan birga, ochilib-yopiladigan bo‘lishi kerak.
Dorixonaning isitish tizimi mavjud bo‘lib, ko‘p qavatli binolarda joylashgan holatlarda markazlashtirilgan isitish sistemasiga ulangan bo‘lishi kerak. Isituvchi radiatorlarning iloji bo‘lsa, ustki qismi silliq va tez artib tozalanadigan bo‘lishi kerak.
San PiN N° 0319-15 asosida esa umumiy tipdagi dorixonalar va shifoxona dorixonalari uchun ishlab chiqilgan bo‘lib, unda dorixona xodimlarining shaxsiy gigiyena qoidalariga, dorixonadagi ishlab chiqaruvchi asbob-anjomlar va dorixona uskunalariga qo‘yiladigan talab ham ko‘rsatilgandir. Bu me’yor va talablarga respublika hududidajoylashgan hamma dorixonalar, ularning mulkchilik shakli va kimga tegishliligidan qat’i nazar bu talablarga rioya qilishlari shart.
Umumiy va shifoxona dorixonalarining xonalari hamda ularning hajm me’yorlari va jihozlanishi San PiN N 0319-15 bo‘yicha beriladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |