1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha tarixi


Farmatsevtning axloq-odob kodcksi


Download 497.44 Kb.
bet6/66
Sana02.06.2024
Hajmi497.44 Kb.
#1834206
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66
Bog'liq
1-mavzu. O‘zbekistonda farmatsevtika rivojlanishining qisqacha t-fayllar.org

Farmatsevtning axloq-odob kodcksi

Farmatsevtning urf-odat, xulqiy sifatlari uning kasbiy burchigamunosabati to‘g‘risidagi masalalar muhim o‘rin tutmoqda va farmatsevtik axloq va deontologiya to‘g‘risidagi ta’limotda o‘z aksini topdi. Kishilarning o‘zaro munosabatlarini boshqarishda jamiyatning ma’lum bir bosqichida ma’lum qoidalarni tuzish kerakligi fe’l-atvor va axloq-odobning paydo bo‘lishiga olib keldi.



Etika — bu qandaydirjamiyatning yoki kasbiy guruh kishi- larining axloqi to‘g‘risidagi fan sifatida tushuniladi. Odamzodrivojlanishining dastlabki bosqichlarida qachonki, farmatsiya tibbiyotning ajralmas qismi bo‘lib, qadimgi Sharq mamlakatlari (Xitoy, Hindiston)da tibbiyot xodimlarining axloq normalari qoidalarida o‘zini to‘liq aks ettirgan.
Bir necha asrlardan buyon barcha tibbiyot va farmatsevtika o‘quv yurtlari bitiruvchilari o‘zlarining amaliyot faoliyatlarini boshlashdan avval, tanlagan kasblari bo‘yicha Gippokrat qasam- yodini qabul qiladilar. Bu qasamyod Galen, Ibn Sino vaboshqalarning ijodiy ishlari va faoliyatlarida o‘z aksini topganligi ma’lum va hozirgi vaqtda barcha xalqaro va milliy tibbiyot kodekslari va majburiyatlari Gippokrat qasamyodiga yaqin va bir xil ohangda aks etadi.
Farmatsevtik axloq farmatsevtik faoliyatining turli xil holat- larida farmatsevtik xodimlarning o‘zaro munosabatlari va o‘zlarini tutish normalarini aniqlaydi. Farmatsiya rivojlanishining barcha bosqichlarida yuksak axloq normalari va odob-axloq qoidalari dorixona xodimlariga talablar qo‘yib kelmoqda.
Dorixona xodimlari dorixonaga kelgan xaridorlarga diqqat- e’tiborli bo‘lib, ularga dorilar yo‘q bo‘lgan holatda asossiz javobni bermasligi va dorilarni vaqtida berish muddatlarinibuzmasliklari lozim. Xodimlar dorixonalarning ichki mehnat tartib-qoidalariga qat’iy amal qilishlari hamda xaridorlar bilanhar doim do‘stona aloqa o‘rnatish yo‘lini topishlari kerak.
Dorixona xodimlari bemorlar bilan muloqotda bo‘lganda, ehtiyotkor bo‘lishlari lozim, ularga kasalliklari haqida ma’lumotlar bermasliklari kerak, aks holda, ularda kasallikdan sog‘ayib ketishlariga bo‘lgan ishonch yo‘qolishi va ruhiy tushkunlikka tushishlari mumkin.
Har qanday yozilgan yoki rasmiylashtirilgan retseptlar bo‘yicha tushunmovchiliklar faqat shifokor bilan hal qilinadi. Dorixona xodimlari shifokor tomonidan yozilgan dori vositalari dorixonada yo‘q bo‘lgan holatda shu dorilarni topib berish bo‘yicha barcha choralarni ko‘radilar.
Farmatsevtik deontologiyaning yo‘nalishlari mavjud bo‘lib,o‘z ichiga quyidagi o‘zaro munosabatlarni oladi:
  1. farmatsevtningjamiyat bilan;


  2. farmatsevtning shifokor bilan;


  3. farmatsevtning bemor bilan;


  4. farmatsevtning farmatsevt bilan.


Bu yo‘nalishlar farmatsevtlarning axloq-odob kodeksida o‘z aksini topadi.


Mutaxassis o‘z mustaqilligini saqlash va bajargan ishlarining javobgarligini his etmoq — farmatsevtlarning kasbiy burchidir. Ular o‘z sohalarining nuqsonsizligiga amal qilish va unga dog‘ tushirmaslik bo‘yicha shaxsiyjavobgarlikni o‘z zimmasiga oladilar.
Farmatsevtik deontologiyada ko‘p hollardajamoadagi shaxslar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlar, kasbiy tayyorgarlik darajasi, muassasadagi ahil sharoit, ma’lum holatda rahbar shaxsi, uning uslubiy tomonidan belgilanuvchi axloqiy muhit alohida o‘rin tutadi.
Jamoada talab darajasidagi o‘zaro munosabatlar xodimlar qo‘nimsizligi, kelishmovchilik kabi ko‘ngilsiz hodisalarning oldini olib, ishchilarning salomatligiga ijobiy ta’sir ko‘rsatadi.

Download 497.44 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   66




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling