1-Mavzu.O’zbekistonning jahon siyosiy xaritasidagi o’rni, ma’muriy-
hududiy bo’linishi.
Reja:
1.O‟zbekiston Respublikasining geografik o‟rni,maydoni,chegaralari
2.O‟zbekiston Respublikasi geografik o‟rnining muhim xususiyatlari
3.O‟zbekiston Respublikasining ma‟muriy
hududiy tuzilishi
4.Tabiiy sharoit va tabiiy resurslar haqida tushuncha.
5.Relefi
6. Mineral resurslar va ularning geografik joylashishi.
7.Iqlimi va suv resurslari
8.Yer va tuproq resurslari.
9.O‟simlik va hayvonot dunyosi
10.Tabiatdan oqilona foydalanish va atrof muhit muhofazasi.
Tayanch so’zlar:
Geografik o’rin, mikro, mezo, makro geografik o’rni, siyosiy-iqtisodiy geografik o’rin,
ma’muriy hududiy tuzilishi,tabiiy sharoit va resurslar,yoqilg’i-energetika resurslari,rudali va
noruda resurslari,agroiqlimiy, yer va suv, biologik resurslar, tabiiy resurslardan oqilona
foydalanish.
1.O’zbekiston Respublikasining geografik o’rni,maydoni,chegaralari.
O‟zbekiston Respublikasi mustaqil davlat sifatida 1 sentyabr 1991 yilda
tashkil topgan. Maydoni 448,9 ming kv.km., aholisi 35 mln 271,3
ming kishi
(1.01.2022 y.). Ma‟muriy jihatdan Qoraqalpog‟iston Respublikasi, Andijon,
Buxoro, Jizzax Navoiy,
Namangan, Samarqand, Sirdaryo,
Surxondaryo,
Toshkent, Farg‟ona, Xorazm va Qashqadaryo viloyatlari va Toshkent shahridan
iborat. Respublika poytaxti - Toshkent shahri.O‟zbekiston dunyo hamjamiyati va
siyosiy haritasida o‟ziga xos mavqega ega. U Birlashgan Millatlar Tashkilotiga
a‟zo bo‟lgan 190 dan ortiq davlatlarning biri. O‟zbekiston Respublikasi BMT ga
2 mart 1992 yilda qabul qilingan.Mamlakatimiz Yevrosiyo va Markaziy
Osiyoning deyarli qoq o‟rtasida joylashgan. Davlat
chegaralarining umumiy
uzunligi 6221 km bo‟lib, shundan 2203 km yoki 1/3 qismi Qozog‟iston
Respublikasiga, 1721 km Turkmanistonga, 1161 km Tojikistonga, 1069 km
Qirg‟izistonga va 137 km Afg‟oniston Respublikasiga to‟g‟ri keladi.Respublika
hududi g‟arbdan sharqqa 1425 kilometrga cho‟zilgan, shimoldan janubga bo‟lgan
masofa esa - 930 km. Eng baland nuqtasi Hazrati Sulton cho‟qqisi (Hisor tizmasi)
- dengiz sathidan 4643
m balandlikda, eng past nuqtasi Mingbuloq cho‟kmasi
(Qizilqum cho‟li) - minus 12 m. Mamlakatimizning eng shimoliy nuqtasi Ustyurt
platosining Orol dengiziga tutash qismida, 45
0
Z6
1
sh.k., janubiy nuqtasi Termiz
shahri yaqinida - 73° 10„ sh.k., g‟arbiy nuqtasi Ustyurtda - 56° 00
1
shq.u. va
sharqiy nuqtasi Andijon viloyatining chekkasida 73° 10„ shk. uzoqlikda
joylashg
an.