1-Mavzu. O’zbekistonning jahon siyosiy xaritasidagi o’rni, ma’muriy- hududiy bo’linishi. Reja
O’zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy tuzilishi
Download 295.15 Kb. Pdf ko'rish
|
1-МАВЗУ МАЪРУЗА ЎЗБЕКИСТОН ГЕОГ (1)
3.O’zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy tuzilishi
Dunyo siyosiy xaritasiga nazar tashlang, undan oddiy chegara chiziqlariga ega bo‟lgan davlatlarni toping va ularning tarixiy, iqtisodiy va geosiyosiy rivojlanish xususiyatlarini aniqlang. Ayni vaqtda bu ma‟muriy, ko‟rinishlarda sun‟iy ko‟rinishdagi chegara chiziqlarining geografik yaxlit (kompleks), Gumboldtchasiga fikrlash, tabiiy geografik jarayonlarni to‟liq tushunib olishga salbiy ta‟sirini ham unutmang. O‟zbekiston Respublikasining asosiy qismidan deyarli “uzilib” qolgan tor masofada u bilan bog‟lanib turadigan anklav yoki batamom uzilib qolgan, qo‟shni davlat ichkarisida joylashib qolgan eksklav hududlari ham mavjud. Masalan, Farg‟ona vodiysi viloyatlari birmuncha anklav xususiyatga ega bo‟lgan bo‟lsa, Farg‟ona viloyatining So‟x tumani yoki Shohimardon maskani eksklav holatda joylashgan. Tabiiyki, bunday geografik o‟ringa ega bo‟lgan hududlar ijtimoiy- iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida ayrim muammolar yuzaga keladi. O‟zbekiston o‟zining maydoni yoki sof geografik salohiyati bo‟yicha dunyo mamlakatlari orasida o‟rtachadan yuqoriroq pog‟onani egallaydi Yer yuzasining har bir davlatiga o‟rtacha 5,5 mln. kv.km. maydon va 26 mln. atrofida aholi soni tug‟ri keladi. Hududning ko‟lami bo‟yicha mamlakatimiz Shvetsiya, Iroq yoki Marokashga taxminan teng, demografik salohiyati nuqtai nazaridan esa u Saudiya Arabistoni, Nepal, Peru, Venesuela, Malayziya kabi davlatlar qatorida turadi va jahon hamjamiyatida 41-o‟rinni egallaydi Har bir mamlakatning geosiyosiy tuzilmasi, butligi uning ichki ma‟muriy- hududiy qismlari, mintaqaviy boshqaruv sub‟ektlari asosida shakllanadi. Respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayoti hududiy tashkil etish va boshqarish tizimi orqali amalga oshiriladi. Bunday tizim ierarxik (boskichli) ko‟rinishda bo‟lib, u viloyat, tuman, viloyat va respublikaga bo‟ysunuvchi shaharlar, qishloq tumanlari, qishloq fuqarolar yig‟inlari va mahallalardan iborat. Yuqoridagilar orasida eng muhim bo‟g‟in viloyatlar hisoblanadi va bunday darajadaga mintaqalarda xalq xo‟jaligini kompleks rivojlantirishning huquqiy va tashkiliy imkoniyatlari mavjud. Shu bilan birga, viloyat darajasidagi hududiy bo‟g‟inlarda ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy muammolar hal etilsa, quyi bo‟g‟inlarga borgan sari ijtimoiy, ekologik masalalar mahalliy boshqaruv organlari faoliyatida ustuvor hisoblanadi. Demak, eng yuqorida siyosat, eng pastda esa kishilarning kundalik hayoti, ya‟ni sof holdagi sotsial masalalar yetakchilik qiladi. Ma‟muriy hududiy bo‟linishiga ko‟ra respublikamiz viloyatlari va Qoraqalpog‟iston Respublikasida jami 170 qishloq tumanlari, 119 shahar, 1071 shaharcha, 260 ta qishloq fuqarolar yig‟inlari,11015ta qishloq aholi punktlari mavjud.(2019y 1-yanvar) Eng katta - Qo‟ng‟irot (maydoni 76,0 ming kv.km) va eng kichigi Buloqboshi (0,18 ming kv.km) qishloq tumanlari o‟rtasidagi nisbat 422 martaga teng. Bunday yuqori ko‟rsatkich ayni vaqtda mamlakatimizning ichki tafovutlarga boyligi, uning “geografiyligi”dan dalolat beradi. Agar Qo‟ng‟irot tumaniga Uchkuduq (46,6), Tomdi (42,5), Muynoq (37,9) va Taxtako‟pir (21,1 ming kv.km) tumanlarini qo‟shib hisoblasak u holda mazkur qishloq tumanlari mamlakat hududining deyarli yarmini tashkil qiladi (222,6 ming kv.km). Download 295.15 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling