Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik - Kichik biznes va xususiy tadbirkorlik mamlakatimizda o‘rta sinfni shakllantirishda mustahkam zamin bo‘lib xizmat qilmoqda. Aynan mazkur sektorni rivojlantirish hisobidan mamlakatimizda ijtimoiy-iqtisodiy barqarorlikdan manfaatdor, uni taraqqiyot va demokratik tub o‘zgarishlar sari faol harakatlantiruvchi kuch hisoblangan ijtimoiy qatlam shakllanmoqda.
Xaqiqiy mulkdor о‘z tabiatiga kо‘ra oqilona ish olib borishi va о‘ziga qarashli mulkni kо‘paytirishga harakat qilishi kerak. Bordi-yu, shunday bо‘lmasa, demak, mol-mulkni tasarruf qiluvchi subyekt yo о‘zini mulkdor deb hisoblamaydi, yoki о‘zining huquqlarini zarur kafolatlarga ega emas deb hisoblaydi, yoki mol-mulk yangi egasiga saqlash va kо‘paytirish tamoyillariga mutlaqo yordam bermaydigan shartlar bilan tekkan bо‘ladi. - Xaqiqiy mulkdor о‘z tabiatiga kо‘ra oqilona ish olib borishi va о‘ziga qarashli mulkni kо‘paytirishga harakat qilishi kerak. Bordi-yu, shunday bо‘lmasa, demak, mol-mulkni tasarruf qiluvchi subyekt yo о‘zini mulkdor deb hisoblamaydi, yoki о‘zining huquqlarini zarur kafolatlarga ega emas deb hisoblaydi, yoki mol-mulk yangi egasiga saqlash va kо‘paytirish tamoyillariga mutlaqo yordam bermaydigan shartlar bilan tekkan bо‘ladi.
Tadbirkorlik turlari va shakllari - Barcha ko‘rinishdagi tadbirkorlik faoliyatlari turli belgilariga qarab toifalarga ajratiladi: xususan, faoliyat turi, mulkchilik shakli, mulkdorlar soni, tashkiliy-iqtisodiy shakllari, yollanma mehnatdan foydalanish darajasi va hokazolar bo‘yicha. Bulardan ayrimlarini ko‘rib chiqamiz. Turi yoki qo‘llanilishi bo‘yicha tadbirkorlik faoliyatlari - ishlab chiqarish, moliyaviy, tijorat-konsultativ va boshqa turlarga bo‘linadi. Bular barchasi birgalikda yoki alohida faoliyat ko‘rsatishi mumkin.
- Xususiy tadbirkorlik alohida shaxs yoki korxona tomonidan xususiy tashabbus asosida tashkil qilinadi.
- Yakka tartibdagi tadbirkorlik shaxsiy mulkka asoslanadi, ishlab chiqarishni tashkil qilish o‘zi yoki oila a’zolari mehnati asosida amalga oshiriladi.
- Aksiya – bu uning egasi hissadorlik jamiyati kapitaliga o‘zining ma’lum hissasini qo‘shganligiga va uning foydasidan dividend shaklida daromad olish huquqi borligiga guvohlik beruvchi qimmatli qog‘ozdir.
- Dividend (lotincha dividendus - bo‘lishga tegishli) – aksiya egasiga to‘lanadigan daromad. Dividend vositasida aksiya egasi qimmatli qog‘ozning shu turiga qo‘yilgan pul mablag‘lari (kapital) ning tegishli qismiga o‘zining mulkchilik huquqini iqtisodiy jihatdan ro‘yobga chiqaradi.
Tijorat tadbirkorligi - Tovar birjalari. Tijorat tadbirkorligi bilan shug‘ullanuvchi-larning faoliyati tovar birjalari va savdo tashkilotlari bilan bog‘liqdir.
- Tovar birjasi - ulgurji tovar bozorining shunday ko‘rinishiki, unda xaridor oldindan tovar namunasi bilan tanishmagan bo‘ladi. Tovar birjasida tijoratchi vositachilar va birja xizmatlari savdo-sotiq ishlarini birgalikda ishlab chiqilgan tartibga asosan amalga oshirish maqsadida ixtiyoriy birlashadilar.
Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda yetakchi kuchga aylandi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi. - Tadbirkorlikni rivojlantirish, ishbilarmonlikni huquqiy himoya qilish masalasi mamlakatimizda izchil amalga oshirilayotgan islohotlarning eng asosiy yo‘nalishlaridan biridir. Keyingi yillarda ushbu soha jadal sur’atlar bilan ravnaq topib, aholi bandligi va turmush farovonligini ta’minlashda yetakchi kuchga aylandi, desak aslo mubolag‘a bo‘lmaydi.
Mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida soliq imtiyozlari joriy qilinmoqda - Bugungi kunda O‘zbekistonda mikrofirma va kichik korxonalarni qo‘llab-quvvatlash hamda yoshlarni tadbirkorlikka keng jalb etishni rag‘batlantirish maqsadida ko‘plab soliq imtiyozlari berilgan. O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 159-moddasiga muvofiq, yuridik shaxslarning soliq solinadigan foydasi yosh oilalar a’zolari tomonidan uy-joy olish uchun olingan mablag‘lar summasiga kamaytiriladi.
Oila – kishilar hayotining eng muhim qismi, fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasidir. Bu muqaddas maskanda inson dunyoga keladi, aynan mana shu yerda u ma`naviy va axloqiy jihatdan kamol topadi. - Oila – kishilar hayotining eng muhim qismi, fuqarolik jamiyatining tayanch nuqtasidir. Bu muqaddas maskanda inson dunyoga keladi, aynan mana shu yerda u ma`naviy va axloqiy jihatdan kamol topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |