1-rasm
O’zbekiston respublikasi ma’muri –hududiy bo’linishi.
Kichik qishloq tumanlari yoki har biri 0,25 ming kv.km-gacha
maydonga
ega bo‟lganlarga Cÿx, Bÿz, Oqoltin, Norin kabi tumanlar ham mavjud. Bu yerda
iqtisodiy geografik qonuniyat shundan iboratki,
tuman maydoni qancha katta
bo‟lsa uning iqtisodiy va demografik salohiyati (“zichligi) shuncha past bo‟ladi
va, aksincha, kichik hududlarning sig‟imi yuqori darajada bo‟ladi.
Kichik
hududlarga qo‟shilib ketish “xavf” tug‟dirsa, katta maydonni egallagan tumanlarda
esa ularning tabiiy resurslarini o‟zlashtirish natijasida bo‟linib ketish imkoniyatlari
mavjud bo‟ladi.
Ayni vaqtda kichik tumanlar (hududlar) tabiatiga antropogen va texnogen
ta‟sir yoki bosim yuqori bo‟lib, bu yerda hududning “zo‟riqish” holati kuzatilishi
mumkin (prof. Yu.Ahmadaliev iborasi).Yuqori toifadagi ma‟muriy
birliklarning
eng kattalari Qoraqalpog‟iston Respublikasi va Navoiy viloyati (ular birgalikda
mamlakat maydonining 61,8 foizini egallaydi), eng
kichiklari esa Andijon va
Sirdaryo viloyatlari hisoblanadi. Bu boradagi hududiy farq yoki geografik
koeffitsient 38,9 ga teng. Bunday mintaqalarning siyosiy geografik o‟rni ham
turlicha. Avvalo ta‟kidlash lozimki, respublikaning
barcha viloyatlari davlat
chegaralariga “chiqishadi”. Jumladan, Toshkent va Surxondaryo viloyatlari 3 tadan
davlatlar bilan, Qoraqalpogiston Respublikasi,
Jizzax Samarqand, Qashqadaryo,
Sirdaryo, Namangan va Farg‟ona viloyatlari 2 tadan davlatlar bilan chegaradosh.
Nazorat savollari
1.O‟zbekiston geografik o‟rnining muhim xususiyatlariga ta‟rif bering.
2.O‟zbekiston geografik o‟rnini makro,mezo,
mikro darajada baholang.
3.O‟zbekiston tashkil topishi va ma‟muriy-hududiy tuzilishiga
baho bering