1-Mavzu. O’zbekistonning jahon siyosiy xaritasidagi o’rni, ma’muriy- hududiy bo’linishi. Reja


O’zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy tuzilishi


Download 295.15 Kb.
Pdf ko'rish
bet3/4
Sana24.01.2023
Hajmi295.15 Kb.
#1115407
1   2   3   4
Bog'liq
1-МАВЗУ МАЪРУЗА ЎЗБЕКИСТОН ГЕОГ (1)

3.O’zbekiston Respublikasining ma’muriy hududiy tuzilishi 
Dunyo siyosiy xaritasiga nazar tashlang, undan oddiy chegara chiziqlariga 
ega bo‟lgan davlatlarni toping va ularning tarixiy, iqtisodiy va geosiyosiy 
rivojlanish xususiyatlarini aniqlang. Ayni vaqtda bu ma‟muriy, ko‟rinishlarda 
sun‟iy ko‟rinishdagi chegara chiziqlarining geografik yaxlit (kompleks), 
Gumboldtchasiga fikrlash, tabiiy geografik jarayonlarni to‟liq tushunib olishga 
salbiy ta‟sirini ham unutmang. 
O‟zbekiston Respublikasining asosiy qismidan deyarli “uzilib” qolgan tor 
masofada u bilan bog‟lanib turadigan anklav yoki batamom uzilib qolgan, qo‟shni 
davlat ichkarisida joylashib qolgan eksklav hududlari ham mavjud. Masalan, 
Farg‟ona vodiysi viloyatlari birmuncha anklav xususiyatga ega bo‟lgan bo‟lsa, 
Farg‟ona viloyatining So‟x tumani yoki Shohimardon maskani eksklav holatda 
joylashgan. Tabiiyki, bunday geografik o‟ringa ega bo‟lgan hududlar ijtimoiy-
iqtisodiy va siyosiy rivojlanishida ayrim muammolar yuzaga keladi. 
O‟zbekiston o‟zining maydoni yoki sof geografik salohiyati bo‟yicha dunyo 
mamlakatlari orasida o‟rtachadan yuqoriroq pog‟onani egallaydi Yer yuzasining 
har bir davlatiga o‟rtacha 5,5 mln. kv.km. maydon va 26 mln. atrofida aholi soni 
tug‟ri keladi. Hududning ko‟lami bo‟yicha mamlakatimiz Shvetsiya, Iroq yoki 
Marokashga taxminan teng, demografik salohiyati nuqtai nazaridan esa u Saudiya 
Arabistoni, Nepal, Peru, Venesuela, Malayziya kabi davlatlar qatorida turadi va 
jahon hamjamiyatida 41-o‟rinni egallaydi 
Har bir mamlakatning geosiyosiy tuzilmasi, butligi uning ichki ma‟muriy-
hududiy qismlari, mintaqaviy boshqaruv sub‟ektlari asosida shakllanadi. 
Respublika ijtimoiy-iqtisodiy hayoti hududiy tashkil etish va boshqarish tizimi 
orqali amalga oshiriladi. Bunday tizim ierarxik (boskichli) ko‟rinishda bo‟lib, u 
viloyat, tuman, viloyat va respublikaga bo‟ysunuvchi shaharlar, qishloq tumanlari, 
qishloq fuqarolar yig‟inlari va mahallalardan iborat. 
Yuqoridagilar orasida eng muhim bo‟g‟in viloyatlar hisoblanadi va bunday 
darajadaga mintaqalarda xalq xo‟jaligini kompleks rivojlantirishning huquqiy va 
tashkiliy imkoniyatlari mavjud. Shu bilan birga, viloyat darajasidagi hududiy 
bo‟g‟inlarda ijtimoiy- iqtisodiy, siyosiy muammolar hal etilsa, quyi bo‟g‟inlarga 
borgan sari ijtimoiy, ekologik masalalar mahalliy boshqaruv organlari faoliyatida 


ustuvor hisoblanadi. Demak, eng yuqorida siyosat, eng pastda esa kishilarning 
kundalik hayoti, ya‟ni sof holdagi sotsial masalalar yetakchilik qiladi. 
Ma‟muriy hududiy bo‟linishiga ko‟ra respublikamiz viloyatlari va 
Qoraqalpog‟iston Respublikasida jami 170 qishloq tumanlari, 119 shahar, 1071 
shaharcha, 260 ta qishloq fuqarolar yig‟inlari,11015ta qishloq aholi punktlari
mavjud.(2019y 1-yanvar) Eng katta - Qo‟ng‟irot (maydoni 76,0 ming kv.km) va 
eng kichigi Buloqboshi (0,18 ming kv.km) qishloq tumanlari o‟rtasidagi nisbat 422 
martaga teng. Bunday yuqori ko‟rsatkich ayni vaqtda mamlakatimizning ichki 
tafovutlarga boyligi, uning “geografiyligi”dan dalolat beradi. Agar Qo‟ng‟irot 
tumaniga Uchkuduq (46,6), Tomdi (42,5), Muynoq (37,9) va Taxtako‟pir (21,1 
ming kv.km) tumanlarini qo‟shib hisoblasak u holda mazkur qishloq tumanlari 
mamlakat hududining deyarli yarmini tashkil qiladi (222,6 ming kv.km). 

Download 295.15 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling